Fiskal
siyosat
Davlatning, turg‘un fiskal siyosati (fiskal restriksiya) qisqa davrda iqtisodiyotning “qizib ketish”ni bartaraf etish maqsadiga ega bo‘ladi. U davlat xarajatlarini taqazo etib iqtisodiy o‘sish va talab inflyasiyasi sur’atini pasaytirishga imkon beradi.
Davlat fiskal siyosati - bu davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari tarkibiy qismini o‘zgartirish orqali milliy iqtisodiyotga ta’sir qilishni anglatadi.
Fiskal siyosatning iqtisodiy mazmuniga doir turli xil qarashlarni tahlil qilish, aniq iqtisodiy-ijtimoiy tizimlar sharoitida amal qilish xususiyatlarini hamda davlatning iqtisodiyotga samarali ta’sir qilish dastaklaridan ekanligini asoslash va milliy iqtisodiyotning muvozanatligini ta’minlashdagi ustuvor yo‘nalishlarini, aniq iqtisodiy tamoyillarini belgilash zarur bo‘ladi. Chunki, davlat paydo bo‘lishi bilan fiskal siyosat jamiyatdagi turli xil iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning zaruriy tarkibiy qismi va jamiyat rivojlanishini taqazo qiladigan talablaridan biri bo‘lib kelgan. Davlatning iqtisodiy siyosatiga mos ravishda moliyaviy siyosat dastaklari o‘zgarib va to‘xtovsiz takomillashib borgan.
Davlat fiskal siyosati – bu davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari tarkibiy qismini o‘zgartirish orqali milliy iqtisodiyotga ta’sir qilishni anglatadi.
“Fiskal” lotincha “fiscus” so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni bildiradi. Bu o‘z navbatida “xazina siyosati” degan tushunchani ham yuzaga keltiradi. Fiskal, ya’ni xazina siyosatiga insoniyat tarixida o‘tgan yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur katta e’tibor qilgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan xazinani to‘ldiruvchi soliqlarga tayangan.
Bu davrning moliyasi iqtisodiy tizimning eng muhim unsurlaridan biri bo‘lib, u davlat boshqaruvida markaziy o‘rinni egallagan. Ammo, moliyaviy munosabatlar bu davrda o‘z rivojida yuqori darajaga etmagan bo‘lib, u aholi soliq to‘loviga nisbatan faqat o‘z mohiyatini xazinada topgan. Xazina har qanday tizimda ham davlatni boshqarish vositasi bo‘lib xizmat qilgan.
Shu bois “Temur tuzuklari”da “davlatu saltanat uch narsa bilan: mulk, xazina va lashkar bilan tirikdir. Dono vazir bularning uchalasini yaxshi ahvolda saranjom tutadi”, - degan fikr ilgari suriladi.
Fiskal siyosatdan iqtisodiyotni tartibga solish va uning muvozanatligini ta’minlash dastagi sifatida foydalanish haqidagi fikr ingliz iqtisodchisi D.M.Keynsga mansubdir2. U jamiyat taraqqiyot darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning 3 guruhini ajratib ko‘rsatib, birinchi guruhga: ishchi kuchining miqdori va malaka darajasi, mavjud uskunalar soni va sifati, tadbiq etiladigan texnologiya, raqobatning etuklik darajasi, iste’molchining didi va odatlari, turli jadallikdagi mehnatning og‘irligi, nazorat va ishlab chiqarishni tashkil etishning ahamiyati, shuningdek jamiyatning tarkibiy tuzilishini kiritadi, D.Keyns ikkinchi guruhga mustaqil o‘zgaruvchan omillarni: iste’molga moyillik, kapitalning samaradorligi va foiz normasini, uchinchi guruhga bandlik va milliy daromad hajmini kiritgan.
D.Keyns iqtisodiyotga davlatning aralashuvni mustaqil o‘zgaruvchan omillarga ajratib, u bandlik va milliy daromad hajmiga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblangan. Bunda xal qiluvchi shart sifatida davlat fiskal va pul kredit siyosati investitsiyalarni rag‘batlantirishda namoyon bo‘ladi, deb ko‘rsatadi.
Coliqlar fiskal siyosatning bir qismi sifatida namoyon bo‘lishini K.Makkonell va S.Bryu ko‘rsatib uni rag‘batlantiruvchi va to‘sqinlik qiluvchi siyosatlar sifatida ifodalashga alohida e’tibor qaratadi.
“Fiskal siyosatning asosiy maqsadi, -deb yozishadi ular, ishsizlik va inflyasiyani tugatishdan iboratdir. Tanazzul davrida kun tartibida rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat to‘g‘risidagi masala paydo bo‘ladi.
U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: (1) davlat xarajatlarining ko‘payishi yoki (2) soliqlarning pasayishi, yoxud (1) va (2)ni birga qo‘shib olib borish.
Agar iqtisodiyotda ortiqcha talab tufayli paydo bo‘lgan inflyasiya sodir bo‘lsa, bunga to‘sqinlik qiluvchi fiskal siyosat mos keladi. Bunday fiskal siyosat quyidagilarni o‘z ichiga oladi: (1) xukumat xarajatlarining kamayishi, yoxud (2) soliqlarning ko‘payishi, yoxud (1) va (2)ning birga qo‘shib olib borilishi. Fiskal siyosat bashartida iqtisodiyot oldida inflyasiya ustidan nazorat qilish muammosi turadigan bo‘lsa, xukumat byudjetining ijobiy qoldig‘iga tayanishi lozim”3.
XX asrning 20-yillariga kelib, davlat moliya siyosati neoklassik oqim vakillarining konsepsiyasiga asoslangan, uning asosiy yo‘nalishi quyidagilardan iborat bo‘lgan: davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi; erkin raqobatga asoslangan xo‘jalik faoliyatini tartiblashda bozor mexanizmidan samarali foydalanish.
Davlat monopolistik kapitalizmining rivojlanishi oqibatida, 30-60 yillarga kelib moliyaviy siyosat negizida asosan keynischilik va neokeynschilik oqim maktablarining iqtisodiy konsepsiyalari joy oldi.
Keyinchalik yo‘nalishining moliyaviy konsepsiyasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar ustuvorlikni egallagan;
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonining barcha muhim muammolarini resurslar taklifini o‘rganish bilan emas, balki resurslarning sotilishini ta’minlovchi talab nuqtai nazaridan qarab chiqish zarur;
Do'stlaringiz bilan baham: |