Farg’ona-2019 umumiy pedagogika o’quv-uslubiy majmua


Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivojiga ta’siri



Download 4,45 Mb.
bet77/245
Sana08.02.2022
Hajmi4,45 Mb.
#436313
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   245
Bog'liq
УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА МАЖМУА 2019 У Максудов

Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivojiga ta’siri.

  • So‘fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri. Movarounnahrda Amir Temur tomonidan markazlashgan davlat barpo etilishi va uning fan, madaniyatva ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi.

  • Mirzo Ulug‘bekning pedagogik g‘oyalari.

  • Ulug‘bek davrida maktab islohoti.

  • Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari.



    Tayanch iboralar: so‘fiylik, ilm, fan, madaniyat,tasavvuf, Mirzo Ulug‘bek, Zaxiriddin Muhammad Bobur.

    XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnaxrning feodal tarqoqligiga barham berildi, mamlakat mug‘ul bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri va XV asrda Markaziy Osiyo feodal munosabatlar Yanada rivoj topa boshladi. Soxibqiron Temur va dastlabki temuriylar xukmronlik qilgan davr Mavorounnaxr tarixida alohida o‘rin egalladi. Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movarounnaxr Yanada fan va madaniyat, maorif, qaytadan ravnaq topa boshladi. Temur va uning izdoshlari,temuriylar davrida fan va madaniyat rivojlandi. Ayniqsa Samarqand va Xirot shaharlari madaniyat,ilm-ma’rifat markaziga aylandi. SHoxizinda,Go‘ramir maqbarasi,Bibixonim jome masjidi, Registon maydoni va Shu singari,ko‘plab madrasa va masjidlarning me’morchilik namunalari bunyod etildi.


    Ulug‘bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya, kabi fanlar ayniqsa rivoj topdi. Tibbiyot,tarix,adabiyot va Shular bilan barobar diniy bilimlarning ham ravnaq topishiga katta e’tibor berildi. Oliy maktab-madrasalar ko‘rildi. Buxoro, Samarqand va G‘ijduvonda ko‘rilgan uch madrasa fan taraqqiyotida ilmiymarkaz bo‘lib keldi.
    Buxorodagi madrasa peshtoqiga bitilgan quyidagi yozuvlar haligacha yaqqol ko‘zga tashlanadi: «Ilm olmoqqa intilmoq. Har bir muslim va muslima uchun qarzu -farzdir”.
    Shular XIV asrning ikkinchi yarimi va XV asr Markaziy Osie tarixida uyg‘onish davri bo‘lib tarixga kirgan deya olishimizga asos bo‘la oladi. Bu davrda o‘zbek adabiyotida ancha siljish ro‘y berdi. Ulug‘bek olimlarga xomiylik qilib, fan ahlini rahbatlantirdi, uning o‘zi, ayniqsa, astronomiya, matematika fanlari bo‘yicha muhim ishlarni amalga oshirdi. Samarqandda Rumiy, Ma’sudiy, Mansur Koshiy, Muhammad Birjoniy va boshqalar ijod etdilar. Xirotda esa Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, ulug‘ rassom Bexzod tarixShunos Xondamir va boshqalar ijodiyot cho‘qqilariga ko‘tarildilar.
    Ulug‘bekning shogirdi Muhammad Qushchi Samarqandiy o‘sha davrda Movarounnaxrning madaniy va ilmiy hayotida katta rol o‘ynadi. Astronomiya to‘g‘risida «Risolai dar falakiyot» degan kitob yozgan Ali Qushchini o‘z davrining Ptolemeyi deb atashardi. Uning mazkur asarida geometrik bilimlarning asoslari bayon qilindi, nukta, chizik yuza, aylana va Shu kabi tushunchalar to‘la ta’riflab berildi. Tibbiyot fanlari va Shuning singarilar sohasida boshlang‘ich bilimlar bayon qilindi. Bu asarda hamma narsa oddiy va murakkab narsalarga bo‘linib ta’riflandi.
    Sulton Xusayn Boyqaro davrida olimlar va shoirlar Samarqanddan Xirotga ko‘chib o‘tdilar. Xirot ilmiy-madaniy markazga aylantirildi. Alisher Navoiy Xirotda fan, madaniyat, ma’rifat ishlarini yo‘lga qo‘yishda, u erlarni obodonlashtirishda katta xizmatlar qildi. Zaxiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» asarida Xirot to‘g‘risida yozar ekan, butun dunyoda bunday obod shaharni ko‘rmaganligini aytadi.
    Xirotda masjid va madrasalarning muazzam binolarini, ijtimoiy foyda inshootlar: hammomlar, shifoxonalar, xovuzlar, bog‘-rog‘lar, ko‘priklar karvon yo‘llaridagi rabotlar va boshqa arxitektura inshootlarini ko‘rishga Alisher Navoiy tashabbuskor bo‘ldi.
    Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy til, adabiyot, musiqa, tarix, falsafa, astronomiya, tarbiya nazariyasi sohasida juda ko‘p ilmiy asarlar yaratdi. U fan va maorifni birinchi darajadagi muhim ish deb hisoblab, ularni rivojlantirish uchun tinmay kurashdi.
    Alisher Navoiy davrida kitoblarni bezash san’ati, avvalo, hattotlik va miniatyura yuksak darajaga etdi. Hirotda xashamatli arxitektura inshootlar yaratildi. Ilmiy munozaralar o‘tkazish keng yo‘lga qo‘yildi.
    Bu davrda Movarounnaxrda ham san’at,arxitektura,bunyodkorlik texnikasi ancha ravnaq topdi. Musiqa,tasviriy san’at,arxitektura,madaniyat adabiyot,ta’lim-tarbiyaga oid qator asarlar yaratildi. Tarixiy va adabiy yodgorlik bo‘lgan «Boburnoma» asari ham o‘sha davrda yaratilgan asarlar orasida o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi. Amin Axmad Roziy «Xaft iqlim» (etti iqlim) degan geografik bibliografik lug‘at tuzdi.
    XVI asrda hatotlik san’ati yuksak darajaga etdi. Sulton Ali Mirali Xalaviy va boshqalar ustoz xattot nomini qozondilar. Muhammad Buxoriy hatotlik san’atining nazariyasi to‘g‘risida asar yaratdi.
    Bu davrda bir qator ilm maskanlari bunyod etildi. Jumladan SHayboniyxon madrasasi, Abduraxim Sadr madrasasi, Mirarab madrasasi, masjidi kalon va boshqa inshootlarning qurilishi ta’lim-tarbiya jarayonida muhim bosqich bo‘ldi.
    Aholining savodxonligini oshirish, bolalarga ta’lim tarbiya berish borasida ham ma’lum darajada imkoniyatlar yaratildi. Xususiy maktablar yuzaga keldi, muallim minglab bolalarni uyda o‘qitish tadbirlari odat tusiga kirdi.
    SHahar va qishloqlarda, ovullarda ochilgan maktablarda bolalarni o‘qitish 6 yoshdan boshlandi. Olti yoshli bolalar maktabga borib, alifbeni o‘rganar, uning ayrim harflarini chizishni mashq kilar edilar. O‘quvchilar maktablarda savod chiqarganlaridan keyin madrasaga kirib ham diniy, ham dunyoviy fanlardan bilim olar edilar.
    Shulardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, XIV- XVI asrlarda Movarounnaxrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar ancha yuksak taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi deb hisoblash mumkin.

    Download 4,45 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   245




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish