Farg’ona-2019 umumiy pedagogika o’quv-uslubiy majmua



Download 4,45 Mb.
bet75/245
Sana08.02.2022
Hajmi4,45 Mb.
#436313
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   245
Bog'liq
УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА МАЖМУА 2019 У Максудов

ADABIYOTLAR

  1. Hashimov K, Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T.: “O‘zbekiston milliy kutubxonasi” nashriyoti, 2005.

  2. Hoshimov K., Ochil S. O‘zbek pedagogikasi antalogiyasi. – T.: “O‘qituvchi”, 1999.

  3. Hoshimov K., Ochil S. O‘zbek pedagogikasi antalogiyasi. – T.: “O‘qituvchi”, 2010.

  4. Niyozov G‘., Axmedova M. Pedagogika tarixidan seminar mashg‘ulotlari. – T.: “NOSHIR”, 2011.

19- mavzu. Sharq Uyg‘onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi.
Sharq Uyg‘onish davrida ta’limiy- axloqiy fikrlar rivoji
REJA

    1. IX-XI asrlar – Sharq Uyg‘onish davri.

    2. Abu abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari.

    3. Abu Nasr Farobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar.

    4. Abu Rayxon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari.

    5. Abu Ali ibn Sino tarbiya va ta’lim xaqida.

    6. Sharq Uyg‘onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar rivoji. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atut-turk” asarida ta’lim-tarbiya masalari.

    7. Yusuf Xos Xojibnining”Qutadg‘u bilig”asari-pandnoma asar sifatida.

    8. Axmad Yugnakiyning “Hibat ul- haqoyiq” asarida didaktik qarashlar.

    9. Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati.

Tayanch iboralar: IX-XI asr, Abu abdulloh Xorazmiy,Abu Ali ibn Sino,Maxmud Qoshg‘ariy, “Qutadg‘u bilig”,”Hibat ul- xaqoyiq”, “Qobusnoma”.




Arab xalifaligida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar yagona islom dinining tarkib topishi madaniy, ma’naviy hayotga ham ta’sir etdi. Unda katta ko‘tarinkilik ruhini paydo qildi. Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan uyg‘onish davri xalifalikning Bog‘dod, Damashq va boshqa shaharlarida boshlanib barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatning ham madaniy rivojlanishiga zamin tayyorlagan. Xalifalik emirilishi natijasida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davrdagi madaniy rivojlanishning davomi bo‘ldi.
Xalifa Xorun ar-Rashid va uning o‘g‘li Ma’mun davrida Bag‘dodda «Baytul xikma» (Donishmadlik uy) (Hozir akademiya ma’nosida) tashkil etildi. Mazkur akademiya barcha ilm sohiblari to‘plangan markazga aylandi. Uning qoshida jahon kutubxonasi tashkil etildi, rasadxona ham qurildi, keyinchalik Yangi kutubxona barpo etildi. Bag‘doddagi mazkur ilm markazi, o‘z navbatida sharq va g‘arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, ma’naviy hayotning yuksalishiga ta’sir etgan. Bu o‘rinda xalifa al-Ma’munning ilm-fan ravnaqida ko‘rsatgan xomiyligini alohida ta’kidlash mumkin. Xalifa al-Ma’mun ilm-fanni juda qadrlagan. U IX asr boshlarida xalifalikning Xurosondagi noibi bo‘lgan vaqtida ham Movoraunnaxr va Xurosondagi olimlarni to‘plab ularning ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular orasida al-Xorozmiy, al-Farg‘oniy, al-Javxariy kabi vatandosh olimlarimiz bo‘lgan. Al-Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tirgach, u olimlarni barchasini Bag‘dodga chaqirib oldi.
Shuningdek, qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar ular xox yunon, hoh arab, hoh Movoraunnahr va Xuroson xalqining eng qadimgi antik davrlar madaniyati bo‘lsin, uyg‘onish davri madaniyatining va rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qildi.
Agar Arablar O‘rta Osiyoni bosib olib bu erda ilgari mavjud bo‘lgan fan va madaniyat o‘choqlarini yo‘qotgan bo‘lsalar ko‘p o‘tmay qadimiy, ilmiy an’ana asta- sekin tiklanib, natijada ilm-fanning etuk siymolari etishib chiqa boshladi. Bularning barchasi bir-biriga qo‘shiluvi natijasida sharqda bir butun madaniyat tarkib topadi va rivojlana boshlaydi.
YAqin va O‘rta SHarqda, jumladan Eron, Kavkaz orti va O‘rta Osiyoda savdo aloqalarining rivojlanganligi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, iqtisodiy va madaniy aloqalarining barchasi umumiy rivojlanishga ta’sir etdi. YAqin va O‘rta SHarq mamlakatlaridagi madaniy yuksaklikka olib kelgan asosiy sabab feodal munosabatlarning Yangi bosqichi bo‘ldi. Bu davr madaniy taraqqiyotida arab xalifaligiga bo‘ysungan mamlakatlarning xo‘jalik iqtisodiy aloqalarning kuchayishi va buning oqibatida turli madaniyatlar Xind, O‘rta Osiyo, Eron, Arab, YUnon, Rim madaniyatlarining yaqindan o‘zaro aloqasi va bir-biriga ta’sir etib borishi katta rol o‘ynaydi.
Bu davrda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan er maydonlari kengaydi, ko‘plab sug‘orish inshootlari tiklandi va Yangilari qurildi, paxta, zig‘ir, kanop ekilib ular tolasidan mato to‘qildi. Qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik sanoat mahsulotlarining ishlab chiqarilishi savdoning rivojlanishiga yo‘l ochdi, natijada YAqin va O‘rta SHarq mamlakatlar ining chet davlatlar: Ispaniya, Xindiston, Xitoy, Vizantiya bilan savdo ishlari ko‘lami ortib bordi. SHarq va g‘arbning hayotida Yangi davr boshlandi. Bu jarayonning ayniqsa Evropa uchun ahmiyati beqiyos bo‘ldi. SHarq faqatgina Evropa madaniyatining rivojiga ta’sir etibgina qolmay balki umuman Evropalik odamning psixologiyasi, tafakkuri, harakteri, hayot tarzini, tarixiy jarayonini tubdan o‘zgartirib yubordi va matematika, falsafa, astronomiya, tibbiyot, xulq-odob, turmush tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotga yuqori darajada ta’sir etdi.
X asrdan boshlab Movoraunnaxr va Xurosonda mustaqil feadal davlatlar Tohiriylar, Samoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshoxlar davlatlarining paydo bo‘lishi ham madaniy hayotning Yanada ravnaq topishiga olib keldi. Bu davrda pul muomalasi rivojlandi. Jamiyat siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hayotdagi o‘zgarishlar albatta madaniy hayotga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
Somoniylar davlatida Marv, Buxoro, Samarqand va Urganch o‘sha davrning madaniy markazlaridan sanaladi. Maktablarda darslar arab tilida olib borilar edi. Rasmiy hujjatlar, she’riyat qoidalari arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar ham arab tilida yozilar edi. X asr o‘rtalariga kelib, fors-tojik tilida ham ish yuritila boshladi, ammo yoziladigan hujjatlar, ishlar fors-tojik tilida bo‘lsa ham arab imlosida yozilar edi. O‘sha davrda Buxoroda katta kitob bozori bo‘lgan, kitob do‘konlarida olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy bahs, munozaralar o‘tkazganlar.
SHarq uyg‘onish davrida ilm-fan rivojlanishi uch yo‘nalishda bo‘ladi.
Birinchi yo‘nalish, matematika, tibbiyot yo‘nalishi bo‘lib, Bularga matematika, astronomiya, kimyo, geodeziya, minerologiya, tibbiyot, farmokologiya va boshqa fanlar kiritilib, Axmad Farg‘oniylar matematikaga oid, Ibn Sino tibbiyot va falsafa, Abu Rayxon Beruniy tibbiyotga oid yirik asarlar yaratdilar.
Ikkinchi yo‘nalish ijtimoiy-falsafiy yo‘nalish bo‘lib, bunda falsafa, tarix, mantiq, fiqx, ruhShunoslik, notiqlik va boshqa fanlar bo‘lib, bu sohada Farobiy, Ibn Sino, Muhammad Narshaxiy va boshqalar faoliyat ko‘rsatganlar.
Uchinchi yo‘nalish-ta’limiy-axloqiy yo‘nalish bo‘lib, bu sohada qomusiy olimlar o‘z qarashlarini ijtimoiy-falsafiy va ilmiy asarlari tarkibida yoki axloqiy asarlarida bayon etganlar.
Sharq uyg‘onish davrida inson muammosi ma’naviyat sohasidagi asosiy masala bo‘lgan. Shuning uchun ham ta’lim-tarbiya masalalariga katta e’tibor berilgan, yaratilgan asarlarda Sharqqa xos bo‘lgan insonning axloqiy-ruhiy kamolotini ulug‘lash etakchi o‘rin tutgan. Insonparvarlik g‘oyasini amalga oshirishning asosiy vositalari sifatida yuksak axloqiy odatlar, insoniy munosabatlar va xislatlarni tarkib toptirishga olib keluvchi ta’lim-tarbiYani amalga oshirish muhim masala qilib qo‘yilgan. Axloq masalasi faylasuflarning, buyuk mutafakkirlarning, ham tarixchi, shoir va adiblarning ham birdek diqqat markazida bo‘ladi. Ta’limiy-axloqiy risolalar paydo bo‘lib, axloqning ham nazariy, ham amaliy masalalari tahlil etildi. «Fozil odamlar shaxri», «Baxt saodatga eriShuv haqida», «Axloq haqida risola», «Ishq risolasi», «Qutadg‘u bilig», «Hibbatul xaqqoyiq», «Qobusnoma», «Guliston», «Bo‘ston», «Maxbub ul-qulub» kabi Farobiy, Ibn Sino, Yusuf xos Xojib, Axmad YUgnakiy, Tusiy, Davoniy, Koshifiy, Kaykovus, Jomiy, Alisher Navoiylarning ta’lim-axloqiy asarlari inson shaxsini ma’naviy-axloqiy muammosini hal etishda sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga ega.
SHarq uyg‘onish davri ta’limiy-didaktik asarlarida inson shaxsining kamol topishi yo‘llari, usullari bayon etildi. Bu davr pedagogikasida kasb hunar o‘rganish ilm o‘rganish bilan bab-barobar talab etildi. Insonni kamolotga etkazishda yozuvchi axloqiy xislatlar sifatida do‘stlik, sadoqat va vafo, sevgi va muhabbat, vatanparvarlik, samimiylik, saxovat, muruvvat, erkinlik, irodalilik, jasurlik kabilar ilgari suriladi. Salbiy xislatlar sifatida rashk, riyokorlik, xudbinlik, ochko‘zlik, xirs, sotqinlik kabilar qoralanadi.
O‘rta asr ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Farobiy nomi bilan bog‘liq bo‘lib, uning inson kamoloti haqidagi ta’limot ta’lim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur yunon faylasufi Arastudan keyin SHarqda o‘z bilimi, fikr doirasini kengligi bilan nom chiqargan Farobiyning yirik mutafakkir- «Muallimi soniy» - «Ikkinchi muallim» deb ataydilar.
Farobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida ta’lim-tarbiYaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berishrish zarurligi ta’lim-tarbiya usullari va uslublari xaqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shaxri», «Baxt- saodatga eriShuv to‘g‘risida", "Ixso-al-ulum", "Ilmlarning kelib chiqishi", Aql ma’nolari to‘g‘risida" kabi asarlarida ijtimoiy tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan.
Forbiy "Baxt- saodatga eriShuv to‘g‘risida" asarida bilimlarni o‘rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu-olam asoslari haqida ilmdir. Uni o‘rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o‘rganish lozim. Undan so‘ng, umuman, jonli tabiat-o‘simlik va xayvonlar haqidagi ilm o‘rganiladi, deydi.
Forobiy inson kamolotga yolg‘iz o‘zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo‘lish, ularning ko‘maklaShuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo‘ladi, deb hisoblaydi.
Forobiy ta’lim-tarbiYaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va Shu jamiyat uchun xizmat qiladigan etuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim-degan so‘z insonga o‘qitish, tuShuntirish asosida nazariy bilim berish; Tarbiya-nazariy fazilatni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va amaliy malakalarini o‘rgatishdir, deydi olim.
Abu Nasr Forobiy Yana aytadi: «Ta’lim-degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa Shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir».
Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni Shu xalq, Shu millatning amaliy malakalardan iborat bo‘lgan ish -harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishi, o‘rganishdir", -deydi.
Forobiy ta’lim-tarbiyada rag‘batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga etkazish maqsadini ko‘zlaydi.
Xulosa qilib aytganda Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil topgan insonni, shakllantirish insonning o‘z mohiyati bilan ijtimoiyligi, ya’ni faqat jamiyatda, o‘zaro munosabatlar jarayonida komillika erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi.
Insonning kamolga etishida ham aqliy, axloqiy tarbiYaning o‘zaro aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda Forobiy tavsiya etgan ta’lim va tarbiya usullari hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi bilan diqqatga sazovordir.
Sharqda "Shayx ar - Rais" nomi bilan mashhur bo‘lgan allomalardan biri o‘rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, doriShunoslik, ruhShunoslik ,fiziologiya, falsafa, filologiya, ta’lim-tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhyp yirik asarlar meros qoldirgan olim.
Abu Ali Ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona kishlogida kichik amaldor oilasida dunyoga keladi. Keyinroq uning oilasi Buxoroga ko‘chib o‘tgach, u boshlang‘ich maktabda o‘qiy boshlaydi. Undagi tug‘ma qobiliyat, o‘tkir zehn, kuchli xotira o‘zaro birikib ketgan edi. Ibn Sinoning otasi Abdulloh xamda uning do‘stlari bilimdon kishilar bo‘lib, ularning ilmiy munozara o‘tadigan oilaviy muhit yosh Ibn Sinoga ham ta’sir etadi. Shu bilan birga uning bolalik va o‘smirlik yillari o‘tgan Buxoro shahri Somoniylar davrining yirik madaniy markazi hisoblanar edi. Buxoroda ko‘plab madrasa, kasalxona nodir kitoblar saqlanadigan kutubxona bo‘lgan. Jaxonning turli mamlakattalaridan kelgan olimlarning munozaralarida yosh Ibn Sino ham qatnashib, turli fanlarga bilimlarini chuqurlashtirib borgan. U ustozlaridan xind hisobi, fiqxdan bilim olgan. Keyin esa faylasuf Abu Abdullox Notiliydan falsafa mantiq, handasa va boshqa fanlardan ta’lim oladi. Shundan so‘ng Ibn Sino o‘zi mustaqil holda barcha fanlar bilan Shug‘ullana boshlaydi. U ayniqsa tib ilmini chuqur egallab oladi, bu sohada unga ta’lim bergan kishi buxorolik Abu Mansur Qamariy bo‘ldi. Ibn Sino so‘ngra falsafani o‘rganishga kirishadi. Ayniqsa, Arestotel falsafasini, uning “Metafizika" asari mohiyatini buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiyning yozgan sharhi tufayli to‘liq o‘zlashtirib oladi.
X asr oxiri - XI asr boshlariga kelib, o‘lkada siyosiy-ijtimoiy vaziyat murakkablashadi. Shu tufayli Ibn Sino Xorazmga - Urganchga ko‘chib o‘tadi. Xorazmda u bir qator olimlar bilan hamkorlikda Abu Rayxon Beruniy boshqarayotgan "Ma’mun akademiyasida" ilmiy ish bilan Shug‘ullana boshlaydi. Xorazmda o‘zining yirik asari - "Tib qonunlari" , "Ash-SHifo kitoblari ustida ish olib boradi.
Ma’lumki, Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlariniijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog‘liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talqin etgan. Shuningdek, fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o‘ringa tibbiyot fanlarini qo‘yadi. Falsafani esa ikki guruhga , ya’ni nazariy va amaliy guruhlarga bo‘ladi. Nazariy guruh kishilarni o‘zidan tashqaridagi borliq holati haqidagi bilimlarni egallashga yo‘llasa, amaliy qism bizga bu dunyoda nima qilishimiz kerakligini o‘rgatadi deydi.
U birinchi o‘ringa etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika, dunyo qonuniyatlarini o‘rganuvchi barcha fanlarni kiritadi.
Abu Ali Ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma’rifatni egallashga dav’at etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonuniyatlarini ochib avlodlarga etkazishi kerak. Bu maqsadga etishish uchun inson kiyinchiliklardan qo‘rqmasligi zarur, deydi. "Ey birodarlar! “Odamlarning botiri mushkulotdan qo‘rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo‘rqog‘idir".
Talabaga bilim berish o‘qituvchining mas’uliyatli burchidir. Shunga ko‘ra Ibn Sinoo‘qituvchining qanday bo‘lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, Shunday yo‘l-yo‘riqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat:
- bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish;
- berilayotgan bilimning talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e’tibor berishi.
-ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish;
- talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;
- fanga qiziktira olishi;
- berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;
- bilimlarni talabalarga tuShunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi;
- Har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishish zarur, deydi olim.
Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng o‘rin berilgan. Chunki inson avvalo oilada kamolotga etadi. Olim oilada ota-onaning vazifasi va burchiga katta e’tibor beradi. Oila munosabatlariga to‘xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o‘rgatishi borasida muhim fikrlar bayon etadi. Insonning xulqi va ruhiga mehnatning ijobiy ta’sirini ta’kidlash bilan bir qatorda turli kasb egalari hunarmand, dexqonlar mehnatini ulug‘laydi va qimorboz, sudxo‘r kabilarni qoralaydi. U mehnatsiz hayot kechirish insonga ham ruhiy tomondan salbiy ta’sir etishini to‘g‘ri talqin etadi.
Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaviy qarashlarida insonning ham aqliy, ham axloqiy-estetik hamda jismoniy tomondan rivojlanishi uning kamolga etishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi.Tarbiya tizimiga jismoniy tarbiYaning kiritilishi esa Ibn Sinoning tarbiya sohasidagi katta xizmatlaridan bo‘lib hisoblanadi.
Ibn Sino inson kamolotida aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiYaning o‘zaro aloqada amalga oshirishning ilmiy ta’limotini, usullarini yaratib,ta’lim-tarbiya sohasida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.
Olimning buyuk xizmatlaridan biri Shundaki u insonning mehnati, qobiliyati, aql-zakovatini ulug‘laydi, undagi qudratga ishonadi, inson tafakkurining tantana qilishi kerakligini tinmay targ‘ib qildi.
Ibn Sinoning inson kamolotida ta’lim-tarbiYaning ahamiyatiga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarkibidagina emas, balki mustaqil risolalarida axloqiy masalalarni chuqur ilmiy-amaliy jihatdan ifodalagan , ilm-fan sohasida tarbiyaShunos olim sifatida ham tadqiq etish, o‘rganish navbatdagi vazifalardan hisoblanadi.
Yusuf Xos Xojib Bolasog‘unda tug‘ilgan, o‘z asarini yoshi ellikdan o‘tganda yozgan. Asarning xijriy 462 (1069 - 1070) yozib tugallanganligi, uni o‘n sakkiz oyda, ya’ni 461 yilning birinchi yarmida boshlab , 462 yilning o‘rtalarida tugatganligi, agar bu davrda Yusuf Xos Xojib 50 yoshlar atrofida bo‘lsa, 410 (1019 milodiy) yillarda tug‘ilganligi taxmin etiladi. Yusuf Xos Xojibning "Qutadg‘u bilig" asari 6500 baytdan yoki 13000 misradan iborat. Buyuk mutafakkir asarni yozib tugatgach, qoraxoniylar xukmdori Tavg‘achxon, kitobda Tavg‘ach Ulug‘ Bug‘ra Qoraxon (Xoqon), Abo Ali Xasan binni Sulaymon Arslon Qoraxon (xoqon) nomlari bilan zikr etilgan huzuriga kelib, unga taqdim etadi. Kitob xonga manzur bo‘lib, uning muallifiga Xos Xojiblik unvonini beradi. "Qutadg‘u bilig" asari katta Shuxrat kozonadi. Shuning uchun ham "Qutadg‘u bilig”ni chinliklar(Xitoy) "Adab ul - muluk" ("Xukmdorlar odobi"), mochinliklar (SHarqiy Turkiston) "Anis ul-mamolik" ("Mamlakatning tartib usuli"), eronliklar "SHohnomai turkiy", SHarq elida "Ziynat ul-umaro", ("Amirlar ziynati"), turonliklar"Qutadg‘u bilig" ba’zilar esa "Pandnomai muluk" ("Xukmdorlar nasihatnomasi") deb atagani kitobmuqaddimasiga keltiriladi.
Mazkur asarning Shuhrat topishi bejiz emas edi. Chunki Yusuf Xos Xojib o‘z davrining etuk mutafakkiri, chuqur bilimli, donishmand kishisi edi. Buni asarning mundarijasi va mazmunidan ham bilsak bo‘ladi. U o‘z asarida tibbiyot, falakiyot, tarix, tibbiyot, geografiya, riyoziyot, xandasa, falsafa, adabiyot, ta’lim-tarbiya, fiqxga oid fikrlarni bayon etib, faylasuf va qomusiy olim sifatida o‘zini namoyon etdi. CHunonchi, u barcha ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi muomala, munosabatlarni yoritish bilan diplomatiyaga oid qoidalar tizimini yaratdi, turli kasb egalarining kasb-koriga oid talablar va jamiyatning axloqiy tamoyillarini tarannum etish bilan ta’lim-tarbiya sohasida o‘ziga xos uslubni yaratdi.
"Qutadg‘u bilig" - baxt va saodatga eltuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak, asar nomidan ham uning pand-nasihatlar, ta’lim-tarbiyaga oid, har tomonlama komil insonni tarbiyalaydigan etuk didaktik asar ekanligi yakqol ko‘rinib turibdi.
"Qutadg‘u bilig"ning tadqiqotchilaridan biri B.To‘xliev ta’kidlaganidek, Yusuf Xos Xojib "Komil inson haqida gapirar ekan, kamolotning kator belgilarini ko‘rsatib o‘tadi. Ularning eng asosiysi alohida shaxsning o‘z manfaatlari, shaxsiy istaklari doirasini yorib chikib, boshqalar g‘ami bilan yashashi, ko‘pchilik manfaati uchun fidoyi bo‘la bilishdir". Hozirgacha "Qutadg‘u bilig"ning Xirot, Koxira, Namangan nusxalari ma’lum bo‘lib, Venaga keltirilgan Xirot nusxasini Xerman Vamberi nashr qildi va tarjimasini berdi. 1913 yilda esa uning uchinchi nusxasi Namanganda topilib, keyinchalik olimlar bu asarni tadqiq etishga kirishdilar.
Demak, Yusuf Xos Xojibning "Qutadg‘u bilig" asarini ilmiy jihatdan o‘rganishga juda ko‘p olimlar hissa qo‘shgan. Asarning mukammal nashrini tayyorlashda hamda uni tadqiq etishda o‘zbek olimlarining xizmati, ayniqsa diqqatga sazovor.
Birinchi bo‘lib professor Fitrat 1924 yilda Namangan nusxasini olib kutubxonaga keltiradi va u xaqda maqola e’lon qiladi. "Qutadg‘u bilig"ning mukammal nashri o‘zbek olimi K. Karimov tomonidan amalga oshirildi va tadqiq etildi. Yusuf Xos Xojib X asrning tashkil topgan Qoraxoniylar xukmronligi davrida yashab ijod etdi. Qoraxoniylar Sirdaryodan Ettisuvgacha, SHimoliy Farg‘ona va butun SHarqiy Turkistonda xukmronligini o‘rnatgandan so‘ng Movarounnaxrning ichki hududlariga ham kirib borib, Koshg‘ardan tortib Kaspiygacha bo‘lgan keng maydonda o‘z davlatini tarkib toptirgan edi. Uning markazi Koshg‘ar (O‘rdukent) bo‘lib, shimolda Bolasog‘un (Quzurdu), G‘arbda Samarqand markazidagi O‘zgand yirik shaharlardan hisoblanardi. Har bir davlatda bo‘lganidek Qoraxoniylar davlatining ham idora qilish usuli, yurgizadigan siyosati, qonunlari, tarbiya tamoyillari ifodalangan qomus- nizomnoma zarur edi.
"Qutadg‘u bilig" asari ham Shunday zururiyat tufayli yaratildi. Bu asarda qoraxoniylar davlatini mustahkamlash, uning idora usullarini yaratish, barcha tabaqa, toifadagi kishilarning xulq-atvori, jamiyatda tutgan o‘rni, davlatni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jihatdan mustahkamlash, davlat mustahkamligining bosh taYanchi - insonni ma’naviy kamolga etkazish masalalari qamrab olinadi."Qutadg‘u bilig"dagi bosh g‘oya - insonni hayotda baxt-saodatga eltuvchi asosiy qarashlari to‘rt ramziy qahramon Kuntug‘di Elig podsho, adolat timsoli, Oyto‘ldi - vazir, davlat timsoli, O‘gdulmish - vazir, aql timsoli, O‘zg‘urmish - vazirning karindoshi, qanoat timsolining hayoti va davlatni boshqarishi jarayonidagi xatti - harakatlari va fikrlari orqali berilganki, bular inson kamolotining muhim mezonlari sanaladi.
YUqorida eslatganimizdek, Yusuf Xos Xojibning asarida inson kamoloti masalasi markaziy masala bo‘lib hisoblanadi. Mazkur asarda insonning jamiyat va hayotda tutgan o‘rni, burch va vazifalari haqidagi muammolar o‘ziga xos bir tarzda bayon etiladi.
Mutafakkir kitobning an’anaviy boshlanmasidan keyinroq insonning xaqikiy baxti bilimda ekanligini bayon etadi. Yana ilm-zakovatning ahamiyati haqida qator boblarda ham fikr yuritishi bilan birga unga alohida boblar ham bag‘ishlangan. Lekin olim faqat ilm-ma’rifatning ahamiyatini ko‘rsatibgina qolmaydi, u va zakovatning amaliyotdagi o‘rnini ham yoritadi.U bilimni buyuk, o‘quvni ulug‘ deb ta’riflaydi.Chunki zakovatli inson ulug‘ bo‘ladi, bilimli kishi buyuk bo‘ladi, deb, ilmli kishilarni asl toifadagi kishilarnga qo‘shadi. Olim egu ishlarning barchasi ilm tufayli amalga oshirilishi mumkinligini aytadi.O‘sha davrdayoq olim ”Bilim hatto osmon sari yo‘l ochur”deb bashorat qiladi.
U dunyoda odam paydo bo‘libdiki, faqat bilimli kishilargina ezgu ish qilib,adolatli ish yurizib kelgan, deb, inson yaratilgandayoq unga bilim ,uquv-zakovat berilganligi, ana Shu bilim va zakovati tufayli kishilar razolatdan poklanganligini uqtiradi. Hatto hukmdorlar xam yurtni, davlatni aql, ilm,zakovat bilan idora etsa, el-yurt farovon bo‘ladi, to‘q va tinch hayot kechiradi, deydi. U kuch va qurolni aql va bilimdan keyingi ikkinchi o‘ringa qo‘yadi. Yusuf Xos Xojib ilmli,ma’rifatli kishilarni qadrlash kerak,Chunki ular mash’al kabi yo‘lni yoritib, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, yaxshi-yomonni farq etishni o‘rganadi.
Dunyoda inson bilim va zakovatning qadriga faqat xuddi o‘zlariga o‘xshagan va zakovatlilir etadi,johil va nodonlar, bunday xislatlarga ega emas, deydi.Chunki jamiyatdagi barcha xatolar bilimsizlik, nodonlik, jaholat tufayli sodir bo‘lishidan u qayg‘uga tushadi, hayotda nodon va johillar ko‘payib ketganligidan afsuslanadi. Yusuf Xos Xojibning biz tahlil etgan mazkur asari insonni har tomonlama kamolga etkazishning barcha masalalari o‘zining badiiy ifodasini topgan yirik ta’limiy - axloqiy dostondir. Olim insonni kamolga etishi uchun quyidagilarni nazarda tutadi:
1. Aqliy kamolot - bilim va zakovat, o‘quvga ega bo‘lish.
2. Axloqiy kamolot.
3. Jismoniy kamolot.
Yusuf Xos Xojib insonning, kamolga etishining yo‘l-yo‘riqlari, usullari, chora-tadbirlarini yuksak badiiy mahorat bilan yoritib beradi. Uning uchun ham bu asar o‘zining ilmiy , ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyatini Shu paytgacha saqlab kelmoqda.
Kaykovus 412 xijriy yilda (milodiy 1021-1022) tug‘ilgan. Uning avlodlari gilon kabilasidan bo‘lib, Tabaristonda (hozirgi Kaspiy dengizining janubidagi hudud) yashaganlar.
Ammo biz Kaykovus haqida batafsil ma’lumotlarga ega emasmiz. Kaykovus o‘z hayoti davomida ko‘rgan-bilganlari asosida o‘zining buyuk "Qobusnoma" asarini yaratdi. Kitobni u o‘g‘li Gilonshoxga bag‘ishlagan. Bu paytda Kaykovus taxminan oltmish yoshlarda edi. "Qobusnoma" SHarqda, xususan Eronning o‘zida ham saqlanib kelayotgan an’anaga ko‘ra pand-nasihat tarzida yozilgan bo‘lib, mana bir necha asrlardan beri xalqlarni, jumladan yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda, ularni har tomonlama etuk inson qilib tarbiyalashda muhim qo‘llanma bo‘lib kelmoqda.
"Qobusnoma" murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Sho‘ro mafkurasi davrida asarning insonni aqliy, axloqiy tarbiyalashdagi ahamiyati xokim sinf axlokini targ‘ib qilish deb baholandi. Qaykovusning Vatan haqidagi, kasb-hunarni ulug‘lovchi, bilimlarni egallash haqidagi fikrlari, diniy qarashlari siyosiy nuqtai nazaridan koralanadi. Asarning qimmati faqat uning adabiy-badiy, til xususiyati va tarixiy jihatlarida deb ta’kidlanadi."Qobusnoma asariga davr va shart-sharoitlar, siyosiy qarashlar ta’sirida qay darajada soya tashlanmasin, bu asar mashhur xind asari "Kalila va Dimna", Nizom ul-Mulkning "Siyosatnoma, Nosir Xisravning "Saodatnoma, Yusuf Xos Xojibning "Qutadg‘u bilig", Maxmud Qoshg‘ariyning "Devonu lug‘atit- turk", "Sa’diyning "Guliston", Axmad Yugnakiyning "Hibatul xaqoyiq", Alisher Navoiyning "Maxbub ul-qulub", Voiz Koshifiyning "Axloqiy muxsiniy", Davoniyning "Axloqi Jaloliy" kabi axloqiy-ta’limiy asarlari bilan bir qatorda SHarq pedagogik fikr taraqqiyotida inson kamolotini shakllantirishda muhim o‘rinni egallaydi.
Unda SHarq pandnomalaridagi an’anaga binoan va X asrda paydo bo‘lgan yoshlar jamoasi juvonmardlik tarbiyasi ifodalanadi.
Insondagi boshqa barcha xislatlar Shu uch narsaga bog‘liq, deydi Kaykovus. Juvonmardlik (yoki iyorlik)ning ustunlarini (ruknlari) quyidagilarda deb ko‘rsatadi: jasurlik, mardlik, sabr-matonat, va’daga vafo qilmoq, pok dil va pok zabon bo‘lmoq; asirlarga ziyon etkazmaslik, bechora kishilarga madad berib, yomonlarning yomonligini yaxshilardan yiroq tutish, rostgo‘ylik, yaxshiga yomonlik kilmaslik, ziyon-zaxmatdan saqlash odamlarga ham ziyon-zaxmat etkazmaslik. Juvonmard sipohiylar esa sabr-bardosh bilan ish tutishi, kamtarlik va mehmondo‘stlik, saxiylik, xaqShunoslik pok kiyinish, yaxshi qurollanishi zarurligini qayd etadi.
Shuningdek, mazkur bobda Kaykovus aql haqida ham fikr bildirib inson qobiliyatining bir xil emasligini, inson aqlining tug‘ma, azaliy aql (tabiy aql) va kasbiy aql kabilariga bo‘linishini bayon etadi. Kasbiy aqlni donish derlar, deydi.
Kaykovusning o‘zi ta’kidlaganidek, butun bir asar ana Shu oxirgi bobida ta’rif bergan juvonmardlar tarbiyasiga bag‘ishlangan. Qaykovus unda "... barcha fikr va tushunchalarimni sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, ham hunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirq to‘rt bobda etdim", deyish bilan har bir yoshning aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog‘lagan holda kamolga etkazish yo‘llar usullarini bayon etgan. Kitobda juvonmardlar egallashi zarur bu, quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim-tarbiya berish nazarda tutilgan:
1. Kaykovus bilim olish haqida.
2. Hunar va turli kasb egalari haqida.
3. Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.
4. Jismoniy etuklik haqida.
Kaykovus bilim va aqlning ahamiyatini ulug‘lar ekan, uni mol-dunyo, ham yuqori qo‘yadi: "Agar molsizlikdan qashshoq bo‘lsang, aqldan boy bo‘lmoqka sa’yi ko‘rguzgilki, mol bila boy bo‘lg‘ondan, aql bila boy bo‘lg‘on yaxshiroq, nedinkim aql bila mol jam etsa bo‘lar, ammo mol bila aql o‘rganib bo‘lmas. Bilgil, aql bir moldirki, uni o‘g‘ri ololmas, u o‘tda yonmas, suvga oqmas" - deb ta’riflar ekan, inson adabi ham aqlning belgisi, (adab-suratil aql") deya xulosa chiqaradi.
Kaykovus jamiyat taraqqiyotida ilm bilan birga kasb-hunarning zururligini ta’kidlaydi: "Agar kishi har qancha oliy nasab va boy bo‘lsa-yu, ammo hunari bo‘lmasa, u xaloyiqning izzat va hurmatidan noumid bo‘lur. Ulug‘lik aql va bilim biladur, nasl-nasab bila emas. Otni senga ota va onang qo‘ymishlar, sen unga garra bo‘lmagil . . . Ammo sen hunar bila bir nomga ega bo‘lgil". Shuning uchun ham asarda turli kasb egalari ulug‘lanadi. Kasb-hunar o‘rganishni bilim olish bilan qo‘shib olib borishni tavsiya etadi.
Kaykovusning "Qobusnoma" asari XI asrda yuzaga kelgan yirik tarbiyaviy asardir. Bunda o‘sha davrga xos har bir yosh egallashi zarur bo‘lgan aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan bog‘liq faoliyat turlari: otda yurish, merganlik, suvda suzish, harbiy mashqlar san’ati, ifodali o‘qish, hattotlik san’ati, she’r yoza olish, musiqiy bilimga ega bo‘lish, shatranj va nard o‘yinini bilish kabilar ham o‘z ifodasini topgan.
Kaykovusning katta xizmati Shundaki, u yoshlarni hayotga tayyorlashda har tomonlama kamolga etkazishning nazariy masalalarini amaliy faoliyatga tatbiqi nuktai nazaridan ifodalashi bilan hamma zamonlarda, xar qanday tuzumda ham o‘z qimmatini yuqotmadi va amaliy hayot dasturi sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.



Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish