MAISHIY XIZMAT KO’RSATISH KORXONALARI - Maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari ish o’rinlari soni (qabul qiluvchilarni qo’shib) bo’yicha hisoblanadi va quyidagi xonalarni o’z ichiga oladi:
- mijozlar uchun: dahliz, buyurtmalar qabuli va ulashish xonasi, sartaroshxona salonlari, namoyish va ko’rgazmalar zallari, kiyib ko’rish xonalari, suratxonalar va boshqalar;
- atelьe va ustaxona ishlab chiqarish (ish) xonalari, boshqalar;
- yordamchi-omborxonalar (ash’yolar, inventarlar, tayyor buyumlar);
- ma’muriy va maishiy xonalar: idora, kiyim-kechak almashtirish xonalari va maishiy xonalar, dushi bilan xojatxonalar.
- Dahliz va mijozlarning qabul qilish xonalari maydonlari bir nafar qabul qiluvchiga kamida 12 m2, qabul qilishni va buyurtmani bajarishni bir xonada amalga oshirilsa - 15 m2 bo’lishi shart.
- Kutib turish joylari bir nafar mijozga 2-3 m2 maydon to’g’ri kelishi hisobidan nazarda tutiladi. Atelьelarda dahliz qoshida kiyib ko’rish kabinasini joylashtirish ko’zda tutilishi kerak (1.7x2.0 m).
Do'stlaringiz bilan baham: |