Radioaktivlik hodisasi. 1896 yilda A. Bekkerel uran birikmalarining ko‘zga ko‘rinmas nurlar chiqarishini va bu nurlar qora qog‘oz ichidagi fotoplastinkaga ta’sir etishini aniqladi. 1898 yilda Mariya Kyuri - Skladovskaya bilan Per Kyuri uran rudasida radiy va poloniy elementlarini topdilar va ularning shiddatli ravishda nurlar chiqarishini aniqladilar. Ular davriy sistemaning VI davridagi toriy va aktiniy ham nurlar chiqarish xossasiga ega ekanligini topdilar. Bu hodisa, ya‘ni elementlarning o‘z-o‘zidan nur chiqarish hodisasi radioaktivlik hodisasi - deb ataladi; o‘z-o‘zidan nur chiqaruvchi elementlar esa radioaktiv elementlar deb ataladi. Radioaktivlik hodisasi atomning tuzilishiga oid ta’limotning yanada rivojlanishiga asos bo‘ldi. Radioaktiv elementlarning emirilish jarayoni. Radioaktiv elementlardan asosan uch xil nur chiqadi. Qo‘rg‘oshin bu nurlarni o‘tkazmaydi. Ana Shundan foydalanib, radioaktiv elementlardan nur chiqishini aniqlash mumkin. Buning uchun Yuqorisidan kichkina teshik qo‘yilgan qo‘rgoshin idishga radioaktiv preparat solinib, idishning teshigiga qora qogozga o‘ralgan fotog‘rafiya plastinkasi tutiladi. Shundan keyin fotoplastinkada uchta dog‘ hosil bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Bu dog‘lar radioaktiv preparatdan uch xil nur chiqqanligini ko‘rsatadi. Bu nurlarning biri elektr maydonida manfiy qutb tomon burikadi va c-nurlar deb ataladi, ikkinchisi elektr maydonida musbat qutb tomon buriladi va -nurlar deyiladi, nurlarning uchinchisiga esa elektr maydon ta’sir etmaydi, Shuning uchun o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmaydi va - nurlar deb ataladi.
3.2-rasm. Radioaktiv
preparatdan c, j va nurlarining elektr maydonida yo‘nalishi.
Birinchi xil —nurlar musbat 2 zaryadli zarrachalar bo‘lib, massasi 4 uglerod birligiga teng. Bu esa c- nurlarning geliy ionlari ekanligini ko‘rsatadi. r-zarralar moddalarga boshqa zarrachalardan ko‘ra osonroq yutiladi. -nurlarning tezligi 15000 km/sek dan 30000 km/sek gacha etadi. Ularning ionlanish xususiyati kuchli. -nurlar turli elementlarning atomlaridan elektronni urib chiqarib, ularni ionlantiradi va har bir .:- zarracha o‘ziga ikkita elektron biriktirib olib, geliyning neytral atomiga aylanadi.Ikkinchi xil nurlar —a -nurlar katod nurlari kabi elektronlardan iborat, Shuning uchun ular elektr maydonida musbat qutbga tomon buriladi. Bu nurlarning tezligi va energiyasi turlicha bo‘lib, 300 ming km/sek ga yaqin.
-nurlarning moddalardan o‘tish xususiyati .--zarrachalarnikidan Yuqori, ammo energiyasi ularnikidan kichikroq.
Uchinchi xil nurlar —•. -nurlar zaryadsiz zarrachalar bo‘lib, to‘lqin uzunligi rentgen nurlarinikidan ham kichik, binobarin, turli moddalardan o‘tish xususiyati rentgen nurlarinikidan Yuqori. Radioaktiv nurlanish jarayoni natijasida radioaktiv elementlar- ning atomlari hamisha emirilib, boshqa elementga aylanib turadi. Masalan, radiy a nurlar chiqarib, radonga aylanadi. Shunday qilib, radioaktiv emirilish jarayoni ham atomning murakkab tuzilganligidan dalolat beradi.
Atom yadrosi
Katodiy nurlarning elektronlar oqimidan iborat ekanligi aniqlangandan va elektronning zaryadi bilan massasi hisoblab topilgandan keyin atomning tuzilishi o‘rganila boshladi.
Xilma-xil moddalardan elektronlar ajralib chiqishi elektronlarning barcha atomlar tarkibiga kirishini ko‘rsatdi, Ammo atom, umuman olganda, elektr jihatidan neytral bo‘lganligi uchun unda musbat zaryadli boshqa bir qism bo‘lishi va uning zaryadi shu atomdagi barcha elektronlar zaryadlari yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak, degan fikr tug‘ildi.
a zarrachalarning atom ichidan o‘tishi
Atomning musbat va manfiy zaryadli zarrachalari bir-biriga nisbatan qanday joylashganligini ingliz fizigi Rezerford quyidagicha tajriba o‘tkazib aniqladi: u yupka metall plastinkaga juda katta energiyali c--zarrachalar tutamini yubordi, bunda c- zarrachalarning ko‘pchiligi plastinkadan o‘tgach, to‘g‘ri yo‘lini (3.3- rasm), c- zarrachalarning atom ichidan o‘zgartirmaganligini, ba’zilarining turli qiyalikda burilganligini, juda kam qismining esa orqa tomonga qaytganligini aniqladi..
Atom yadrosining zaryadi. Mozli qonuni. Yuqorida aytib o‘tilganidek, atom, umuman olganda, elektr jihatidan neytral. Shu sababli yadrodagi protonlarning umumiy zaryadi elektronlarning umumiy zaryadiga teng. Protonning zaryadi bilan elektronning zaryadi qarama-qarshi ishorali, ammo miqdor jihatidan o‘zaro teng bo‘lganligi uchun atomda protonlarning soni elektronning soniga baravar bo‘lishi kerak. Odatda, yadro zaryadi aniqlanib, undan elektronlar soni topiladi.
Biror element atomi .--zarrachalar bilan bombardimon qilinganda o‘z yo‘lini o‘zgartirgan c:-zarrachalar soni va burilish burchagi yadroning zaryadiga proporsional bo‘ladi; ana Shundan foydalanib, yadro zaryadini aniqlash mumkin. Rezerford ana Shu usulni tadbiq etib, yadro zaryadi atom og‘irligining taxminan yarmiga tengligini ko‘rsatdi. Ikkinchi tomondan, elementning davriy jadvaldagi tartib raqami ham element atom og‘irligining taxminan yarmiga teng (engil elementlar uchun). Demak, atomdagi elektronlar soni elementning davriy jadvaldagi tartib raqamiga; elementlarning tartib raqami esa Shu elementlar atomi yadrosining zaryadiga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |