Fanning maqsad va vazifalari Kimyo fanining paydo bo'lish tarixi. Modda va materiya tushinchalari



Download 0,69 Mb.
bet24/69
Sana14.07.2021
Hajmi0,69 Mb.
#119015
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69
Atom tuzilishiga oid hodisalar. Katod nurlari. Ichidagi havosi so‘rib olingan nayning bir uchiga katod, ikkinchi uchiga esa anod kavsharlanib, ular orqali katta kuchlanishli tok o‘tkazilsa, (havo bosimi 0,01 mm simob ustuni bosimidan kam bo‘lganda) katoddan anodga tomon ko‘zga ko‘rinmas nurlar o‘ta boshlaydi. Bu nurlar katodiy nurlar deb, bunday nay esa katodiy nay deyiladi. Katodiy nurlar yo‘liga oson harakatlanuvchi jismlar qo‘yilsa, ular harakatga keladi, bu nurlar magnitaviy va elektrik maydonlarda yo‘nalishidan og‘adi.

Katodiy nurlar manfiy zaryadli va katta tezlik bilan harakatlanuvchi juda mayda zarrachalar — elektronlar oqimi ekanligi aniqlandi. Elektronning massasi 0,0055 kislorod birligiga tengligi ma’lum bo‘ldi, bu esa vodorod atomi massasining 1/1840 qismiga teng.

Elektronning zaryadi eng kichik elektr zaryadi bo‘lib, elektr- ning bundan kichik zaryadi mavjud emas, elektronlar katoddan elektr zaryadi ta‘sirida otilib chiqadi.

Elektr va magnit maydonida bu nurlar dastlabki yo'nalishdan musbat qutbga og'di. Bu esa ularning manfiy zaryadlanganini ko'rsatadi. Katod nurlar katta tezlikda harakatlanayotgan manfiy zarrachalar oqimidir. Bu zarrachalar keyinchalik elektronlar deb ataldi.

Elektronlar barcha moddalardan ajralib chiqa oladi, binobarin, elektronlar barcha atomlar tarkibiga kiradi. Bundan, atomlar juda mayda zarrachalardan tuzilgan murakkab zarrachadir, degan xulosa kelib chiqadi.

Anodiy nurlar. Katodiy naydagi siyraklangan gazning atomlari yoki molekulalaridan katodiy nurlar holida elektronlar ajralib chiqib, atom yoki molekulalarning o‘zi musbat zaryadli ionlarga aylanadi; natijada ko‘zga ko‘rinmas boshqa tur nurlar hosil bo‘ladi. Bu nurlar bitta yoki bir necha elektronini yo‘qotgan zarrachalar oqimi bo‘lib, ular musbat zaryadlidir. Ular katod nurlarga qarama-qarshi harakat qiladi, ya‘ni anod-dan katodga tomon boradi va anodiy nurlar deb ataladi.



Rentgen nurlari

Katodiy nurlar ta‘sirida shisha shu‘lalanadi. Rentgen ana shu hodisani tekshirish natijasida, nurlarning yangi turini kashf etdi va ularni X nurlar deb atadi. X nurlar keyinchalik, rentgen sharafiga, rentgen nurlari deb ataladigan bo‘ldi.

Rentgen nurlari fotog‘rafiya plastinkasiga ta’sir etadi va ko‘pgina moddalarni Shu’lalantiradi. Rentgen nurlari metallardan, ayniqsa og‘ir metallardan va boshqa jismlardan o‘ta oladi.

Rentgen nurlari manbai sifatida katodiy nurlar ta‘sir etadigan har qanday qattiq jism, asosan, volfram, platina kabi og‘ir metallar ishlatilishi mumkin.

Rentgen nurlari hosil qilish maqsadida maxsus naylar — rentgen naylari

ishlatiladi . Bu naylarda katodiy nurlar metall plastinkaga — antikatodga yuboriladi. Plastinka katoddan chiquvchi tez uchar zarrachalar (elektronlar) zarbi ta‘sirida rentgen nurlari chiqara boshlaydi. Rentgen nurlari, katodiy nurlarning aksicha, magnitaviy maydonda ham, elektr maydonda ham og‘maydi. Binobarin, rentgen nurlari zaryadsiz zarrachalardir.




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish