puxta o‗zlashtirgan har tomonlama sog‗lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish
borasidagi ishlarning mantiqiy davomi bo‗ldi. Ushbu qaror ilm-fanni yanada
rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni, jumladan, qizlarni intellektual
salohiyatini ro‗yobga chiqarish uchun yanada keng sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Mustaqillik yillarida yosh iqtidorli qizlarning adabiyot, madaniyat, san‘at, fan
va ta‘lim yo‗nalishlarida o‗z iste‘dodini, salohiyat va qobiliyatlarini namoyon
etishlariga imkoniyat yaratib bergan O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-
yilda qabul qilingan «Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta‘sis etish bo‗yicha
takliflarni qo‗llab-quvvatlash to‗g‗risida»gi farmoni jamiyat hayotida yetuk
mutaxassislar, yetakchi va iqtidorli qizlarning shakllanishiga zamin yaratdi. 80
nafarga yaqin xotin-qizlarning mumtoz qo‗shiqchilik, akademik ijro, estrada, opera,
balet, cholg‗u ijrochiligi, an‘anaviy ijrochilik, raqs yo‗nalishlarida «Nihol» mukofoti
bilan taqdirlangani tom ma‘noda ularga ko‗rsatilayotgan yuksak e‘tibor va
g‗amxo‗rlikning yorqin ifodasidir.
Harbiy xizmatning yoshlar uchun mustahkam hayotiy prinsiplar, harbiy
xizmatni tugatayotgan yoshlarni rag‗batlantirishning ahamiyatini, ularning o‗qishni
davom ettirishi va mamlakat oliy o‗quv yurtlariga o‗qishga kirishi uchun imtiyoz va
sharoitlar yaratishni e‘tiborga olib, 2005-yilda O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining «O‗zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy
xizmatni o‗tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida» qarori e‘lon qilindi. Ushbu qarorga
muvofiq, O‗zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni
o‗tab bo‗lgan fuqarolar uchun respublika oliy o‗quv yurtlariga o‗qishga kirishda test
sinovlarida to‗planadigan eng ko‗p ballning 25 foizi miqdorida qo‗shimcha ball
shaklidagi imtiyoz berish belgilandi.
Istiqlol yillarida yoshlarning har tomonlama yetuk, barkamol voyaga yetishi
uchun mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Xususan, 23 ta qonun va 100 dan
ortiq me‘yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda.
Bundan tashqari, yillarga nom berishda ham yoshlarning manfaatlari alohida
e‘tiborga olindi. Xususan, 2000-yil «Sog‗lom avlod yili», 2001-yil «Onalar va bolalar
yili», 2008-yil «Yoshlar yili», 2010-yil «Barkamol avlod yili», 2014-yil «Sog‗lom
bola yili», 2016-yil «Sog‗lom ona va bola yili», deb e‘lon qilinib, yaxlit chora-
tadbirlar dasturlari amalga oshirilgani fikrimiz tasdig‗idir.
Do'stlaringiz bilan baham: