Fan: Kasbga yo‘llash



Download 0,81 Mb.
bet52/120
Sana31.12.2021
Hajmi0,81 Mb.
#251906
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   120
Bog'liq
8-sinf Texnologiya (Qizbollar)

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  3. Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilarni o‘zlarining iste’moli uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko‘rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir. Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning ko‘rinishini o‘zining iste’moli uchun muvofiq holga keltirish uchun qilingan mehnat faoliyatidan iboratdir. Ana shu mehnat jarayonida kishilar, eng avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan hamda bir-birlari bilan o‘zaro ma’lum munosabatda bo‘ladilar. Kishilar o‘zlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat moddalarining shakllarini o‘zgartiradilar va iste’moli uchun zarur bo‘lgan mahsulotni vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar bilan tabiat o‘rtasida moddalar almashinuvi bilan birga insonning o‘zi ham har tomonlama kamol topib boradi, ya’ni kishilar o‘zining mehnatga bo‘lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda qo‘llashni kengaytirib boradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayoni iste’mol qiymatlarni vujudga keltirish uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni kishi iste’moli uchun o‘zlashtirib olishdir, kishi bilan tabiat o‘rtasidagi modda almashuvining umumiy shartidir, kishi hayotining abadiy tabiiy sharoitidir. Ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlanadigan mahsulot turlari, takrorlanuvchanlik darajasi va korxonani biror mahsulotni ishlab chiqarishiga ixtisoslashtirilishiga ko‘ra yakka, seriyali va ommaviy ishlab chiqarish turlariga bo‘linadi. Yakka ishlab chiqarish turida bir-biridan farq qiladigan buyumlar donalab tayyorlanadi. Ishlab chiqarishning bu turiga atelyelar va yakka tartibda buyurtma bilan kiyim tikuvchi ustaxonalar kiradi, ya’ni ishlab chiqariladigan mahsulot turi 1-2 donadan oshmaydi. Bunday ishlab chiqarish turida tayyorlanadigan buyumlar konstruktiv va texnologik jihatidan bir-biriga o‘xshamaydi. Ularni tikishda qo‘llaniladigan gazlama turlari, buyumni mavsumbopligi, o‘lcham va boylari, tashqi qo‘rinishi boshqa modellardan farq qilib turadi. Buyumni yakka tartibda ishlab chiqarish uchun quyidagi ishlar olib boriladi: buyurtmachidan o‘lcham olish, unga mos modelni tanlash, asos konstruksiyasini tuzish, modellash, andoza tayyorlash, bichish, tikish usullarini tanlash va tartibini aniqlash, buyurtmachini gavdasiga moslash va ishlab chiqarish jarayoniga tushirish. Yakka ishlab chiqarishda texnologik jarayon ikki bosqichga ajratiladi: bichish va tikish. Bichish jarayonida buyum yakka holda donalab bichiladi. Bu usulni kamchiligi shundaki, andozalar orasidagi chiqindilar ko‘p bo‘lib, gazlamadan rasional foydalanish imkoniyati bo‘lmaydi. Bu esa buyumni tannarxiga ta’sir etadi. Yakka tartibda ishlab chiqariladigan buyumlarni tannarxi ommaviy ishlab chiqariladiganiga nisbatan ancha katta bo‘ladi. Tikish jarayoni bitta ishchi yoki bir-nechta ishchilar tomonidan bajariladi. Avval buyum birinchi o‘lchab ko‘rishga tayyorlanadi. Detallar ko‘klab olinadi va buyurtmachi gavdasiga moslanadi, to‘g‘rilanadi va uning iltimosini hisobga olgan holda tayyorlanadi. Tikish jarayonida yuqori unumli mashinalar, avtomat va yarimavtomatlarni qo‘llash chegaralanadi, chunki ularning quvvatlaridan rasional foydalanish imkoniyati bo‘lmaydi, qo‘l mehnati ko‘p ishlatiladi. Mehnatni mexanizasiyalashtirish darajasi past bo‘ladi. Natijada buyumni yakka tartibda tikish vaqti ommaviy tikish vaqtiga qaraganda 3-5 marta ko‘p bo‘ladi. Yakka tartibda ishlab chiqaradigan jarayonlarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, mehnat unumdorligi past bo‘ladi. Seriyali ishlab chiqarish turida ma’lum vaqt ichida bir necha xil bir turli buyumlarni kichik seriyalarda navbatma-navbat ishlab chiqariladi. Buyumlarni seriyali tayyorlashda avval bir kiyim to‘pi ishlab chiqariladi, so‘ng keyingi to‘pga o‘tiladi. Masalan, ayollar koylagi tikilgandan so‘ng, ayollar kostyumi tikiladi. Bir to‘p kiyimlarni tikib bo‘lguncha texnologik jarayon o‘zgarmaydi. Ishlab chiqarishning bu turida universal va maxsus mashinalar, presslar, moslamalar, zamonaviy asbob-uskunalar keng ishlatiladi, materiallardan va asbob-uskunalardan unumli foydalaniladi. Buyumlarni yakka tartibda ishlab chiqarishga nisbatan andozalar orasidagi va boshqa chiqindilar miqdori kamayadi, mehnat unumdorligi oshadi. Bu esa mahsulotning tannarxini kamayishiga olib keladi va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqoriroq bo‘ladi. Bunday ishlab chiqarish turiga hozirgi kunda tashkil etilayotgan qo‘shma korxonalar, xususiy tadbirkorlar tomonidan ochilayotgan kichik ishlab chiqarish korxonalari kiradi. Ommaviy ishlab chiqarish turida doimiy ravishda ko‘p miqdorda bir xil turdagi buyumlar ishlab chiqariladi. Ommaviy ishlab chiqarishda ishlab chiqarish jarayoni ixtisoslashtiriladi. Bunda ishlab chiqarishni har bir bosqichi alohida sexlarda bajariladi: tajriba, tayyorlov, bichish, tikish va pardozlash sexlari. Bu esa barcha texnologik jarayonlarida yuqori unumli texnika va texnologiyadan keng foydalanish, avtomat va yarim avtomatlarni qo‘llash, ishchilar orasida mehnatni rasional taqsimlash, qo‘l mehnatini qisqartirish, og‘ir jismoniy mehnatni yengillashtirish, ishlab chiqarishni barcha bosqichlarini mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish imkonini yaratadi. Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar yuqori darajada bo‘ladi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqarishning seriyali turi ko‘p qo‘llanilmoqda. Chunki bunday ishlab chiqarish natijasida aholining zamonaviy buyumlarga bo‘lgan ehtiyoji ko‘proq qondiriladi hamda ishlab chiqariladigan mahsulotlar savdo peshtaxtalarida ko‘p turib qolmaydi.




Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish