Falsafada haqiqat muammosi reja: Haqiqat tushunchasi. Haqiqatning asosiy shakllari



Download 88,5 Kb.
bet9/12
Sana17.01.2022
Hajmi88,5 Kb.
#381255
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Falsafada haqiqat muammosi

Bilishning ma'naviy qadriyatlari. Har qanday ilmiy tadqiqotda ma'naviy qadriyatlar va me'yorlar mavjuddir. Ilmiy metod negizini ob'ektivlik va oqilonalik kabi an'anaviy ma'naviy qadriyatlar tashkil etishi lozim. Ob'ektivlik olim tadqiqot me'yorlarini tanlashga nisbatan vijdonan yondashishi, shaxsiy manfaatdorlikni siqib chiqarishi, haqiqatni guruh manfaatlaridan ustun qo‘yishini nazarda tutadi.

Ayrim ilmiy konsepsiyalar eskirishiga qarab o‘ziga xos «timsol» belgilarini kasb etadi. Eskirgan konsepsiyalardan voz kechish ko‘pincha ularni yaratuvchilarning qarshiligini bartaraf etish bilan bog‘liq. Olim ba'zan fanda inqilobga yo‘l ochuvchi yangi g‘oyalarni afzal ko‘rishga o‘zida kuch topa olmay, eskicha yondashuvlar asiri bo‘lib qolishi mumkin.

Bilim va haqiqat amalda ayniy tushunchalardir. Bilish – narsalarning haqiqiy holatiga mos keluvchi ishonchli axborotga ega bo‘lish demak. Haqiqiy bilimga erishish mumkinmi? Qanday bilimni haqiqiy deb hisoblash mumkin? Bilim haqiqiyligining ob'ektiv va mutlaq mezonlari mavjudmi? Bu savollarga javoblar fan va falsafaning rivojlanishiga doimo yo‘ldosh bo‘lgan. Masalan, Aristotel haqiqatni borliq bilan tenglashtirgan. Uning fikricha, o‘zgarmas narsalargina haqiqiydir, haqiqat borliqning oliy shaklidir.

Skeptitsizm vakillari, aksincha, bilimning predmetga muvofiqligi masalasi bahsli bo‘lib, uni isbotlash mumkin emas, chunki bilishni chalg‘ituvchi yoki unga monelik qiluvchi omillar mavjud, deb hisoblaganlar. Bilimning nomuvofiqligi sabablari bilish ob'ektining tarkibida bo‘lishi mumkin. Dunyo shu darajada cheksizki, inson o‘z tafakkuri bilan uni qamrab olishga qodir emas. Haqiqiy bilimga erishishga biluvchi sub'ektning xossalari ham monelik qilishi mumkin. Inson sezgi a'zolarining aldamchiligi va ishonchsizligi antik davrdayoq qayd etilgan edi. Keyinchalik Yum, Berkli va uning izdoshlari insonning sezgilar dunyosini mutlaqo sub'ektiv deb ko‘rsatdilar va shu yo‘l bilan insonning sezgi a'zolariga ishonchsizlik bildirdilar.

Bilishning taraqqiyoti jarayonida olimlar bilimlar haqiqiyligining ishonchli mezonlarini topish yo‘lida ham izlanishlar olib bordilar. Haqiqatning mutlaq mezonlari mavjudmi? Bu mezonlarni bilimning barcha turlariga nisbatan tatbiq etish mumkinmi yoki u faqat ilmiy bilimga nisbatan amal qiladimi? Falsafada bilimning barcha turlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan mezonlar, shuningdek faqat ilmiy bilim talablariga javob beradigan mezonlar yaratilgan. Ular orasida quyidagilar qayd etilgan: umumiy ahamiyatga moliklik mezoni (ko‘pchilik qabul qiladigan narsa haqiqiydir); g‘oyaning foydaliligi, amaliy samaradorligi va ishga yaroqliligi, uning u yoki bu maqsadga erishish uchun foydaliligi mezoni (pragmatizm). Odamlar ishonadigan narsalar, olimlar o‘rtasidagi shartli kelishuvga mos keladigan narsalar va hodisalar (konvensionalizm), mavjud nazariyaga muvofiqlik mezoni talablariga javob beruvchi narsalar va hodisalar haqiqiy deb atalgan.

Verifikatsiya tamoyiliga binoan dunyo haqidagi har qanday fikrning haqiqiyligi pirovard natijada uni sezgi a'zolari orqali olingan ma'lumotlarga taqqoslash yo‘li bilan aniqlanishi lozim. Shu nuqtai nazardan parapsixologiyaning «energiya», «biomaydon» kabi tushunchalari mantiqqa ega emas, chunki ular verifikatsiyalanmaydi. Bu tamoyilni e'lon qilgan pozitivistik falsafa go‘yoki bilishda ahamiyatga ega bo‘lmagan falsafiy tushunchalarni ilmiy muomaladan chiqarishga harakat qilgan. Biroq mazkur tamoyil izchil qo‘llanilgan holda sezgi a'zolari orqali olingan ma'lumotlar bilan tasdiqlanmaydigan ko‘pgina nazariy qoidalarni ham ilmiy muomaladan chiqarish kerak bo‘ladi.

Falsifikatsiya tamoyiliga ko‘ra amalda sinash va rad etish mumkin bo‘lgan nazariyalar ilmiy hisoblanadi. Nazariy tizimlarning falsifikatsiyalanish mezonini Karl Popper taklif qildi. U verifikatsiya bilan falsifikatsiya o‘rtasida nomutanosiblikning mavjudligini mezon sifatida qaragan: agar verifikatsiya qilish uchun oqibatlarning cheksiz soni tasdiqlanishi lozim bo‘lsa, falsifikatsiya qilish uchun bitta qarshi misolning mavjudligi kifoya. Amalda falsifikatsiyalanish talabi inson bilimi natijalariga nisbatan tanqidiylik talabining muayyanlashtirilishidir. Krititsizm fan ruhini eng oqilona ko‘rinishda ifodalaydi.

Yolg‘on haqiqatning qarama-qarshisi. Yolg‘on odatda noto‘g‘riligi ayon bo‘lgan tasavvurlarni bila turib haqiqat darajasiga ko‘tarish sifatida tushuniladi.

Yolg‘on kundalik va ijtimoiy hayotda keng tarqalgan bo‘lib, odamlar o‘zaro aloqa qiluvchi hamma joyda uchraydi; u individlar va ijtimoiy guruhlar manfaatlarining «uchrashuvi» yuz beradigan har qanday insoniy munosabatlar funksiyasidir. Gap yolg‘on mavjud yoki mavjud emasligida emas (oddiy hayot tajribasi uning mavjudligidan dalolat beradi), balki har bir muayyan holda uning ulushi qanchaligidadir.

Beruniy fikricha”Shunday kishilar bo‘ladiki, ularning tabiatiga yolg‘on xabar tarqatish o‘rnashib qolib, go‘yo unga shu vazifa yuklatilgandek bo‘ladi va yolg‘on xabar tarqatmasdan turolmaydi...Ba'zan kishi yolg‘on xabar tarqatuvchiga taqlid qilib, bilmasdan yolg‘on xabar tarqatadi. Bu xabarchilar birinchi marta ataylab yolg‘on xabar tarqatgan kishi bilan eng keyin yolg‘on xabarni eshituvchi oralig‘ida vositachi bo‘ladilar. Yolg‘onchilik kishini adolatdan yuz o‘girtiradi, zulm, yolg‘on guvohlik, omonatga xiyonat qilish, boshqalar mulklarini hiyla bilan bosib olish, o‘g‘irlik, dunyo va xalqning buzilishiga sabab bo‘ladigan boshqa yomon xulqlarni kishilar yaxshi qilib ko‘rsatadilar”4. Beruniy insonni rostgo‘ylik qolib, yolg‘onchilik yo‘lidan yurmasligi, boshqalarga yaxshilik qilish, yaxshilik qilish imkoniyati bo‘lmasa, yaxshi tilaklar izhor qilishga chorlaydi. Rostgo‘ylik, odillik Beruniy fikricha, yuksak ma'naviyat, go‘zal odob – axloq belgisidir.

Insonning individual rivojlanish jarayonida yolg‘on bolada jazodan qutulib qolishga harakat qilish, kattalar o‘rnagi va shu kabilar orqali shakllanadi. Keyinchalik bunga jamiyat kuchliroq ta'sir ko‘rsatadi. Insonni bu tomonga itaruvchi omillar majmui orasida ehtiroslar, shu jumladan muhabbat tobora kengroq o‘rin egallay boshlaydi. Muhabbat «son-sanoqsiz yolg‘onni vujudga keltiradi. Oshiq odam o‘zining narxini oshirish uchun yolg‘on so‘zlaydi, o‘z raqibining obro‘sini tushirish uchun, rashk o‘tini yoqish uchun... sovib borayotgan muhabbat otashini qayta o‘t oldirish uchun aldaydi, nihoyat, muhabbat yo‘qolgan holda yolg‘on gapiradi»5. Yolg‘on takabburlik, irodasizlik, muvaffaqiyatga intilish, pulga, hokimiyatga o‘chlik va hokazolar zaminida yuzaga keladi.

Yolg‘on individlar uchun ijobiy ma'noda ham muhimdir (bu jihatdan o‘layotgan odam to‘shagi oldida yolg‘on gapirish hollari diqqatga sazovor). Lekin yolg‘on ko‘pincha o‘zgalar hisobidan va ularning manfaatlariga zid ravishda qandaydir afzalliklarni qo‘lga kiritish bilan bog‘liq. Yolg‘onni yashash uslubiga aylantirgan odamlar ham bor.

Shunga qaramay, halol, vijdonli odamlar ko‘proq. Ularni yolg‘onchilardan qanday farqlash mumkin? Chinakam samimiyat ikki asosiy belgi: «achchiq haqiqat bilan birovga ozor yetkazishga va o‘z xatolarini ochiq-oydin tan olishga qodirlik» bilan ajralib turadi. «Xayrixoh bo‘lgan holda, yolg‘on gapirmay sizga ozor yetkazishi mumkin bo‘lgan odamni, siz xohlagan va kutgan javobni berish o‘rniga, sizni xafa qilishdan cho‘chimay, haqiqatni yuzingizga aytgan odamni samimiy deb hisoblash mumkin. Lekin samimiy odamni uning o‘z xatolarini tan olish jasoratiga ko‘ra farqlash mumkin, ya'ni rostgo‘y odam o‘zining nomaqbul qilmishiga hyech qanday vaj-korsonlarsiz iqror bo‘ladi, deb aytish mumkin. Yolg‘onga bunday iqror bo‘lishni afzal ko‘rish – rostgo‘ylikning shak-shubhasiz mezonidir»6.




Download 88,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish