Falsafa asoslari



Download 428,67 Kb.
bet89/435
Sana07.03.2021
Hajmi428,67 Kb.
#61049
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   435
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

82





Neotomizm — XX asrdagi eng yirik diniy-falsafiy oqim bo‘lib, u o‘rta asrlardagi (XIII asr) Foma Akvinskiyning ta’limotini qay- tadan tikladi. U (neo — yangi, tomizm — «foma», transkripsiya- da «toma» bo‘lib o‘zgargan) Foma Akviniyning yangi, zamonaviy ta’limoti demakdir. Bu ta'limotga ko‘ra, ilm va e’tiqod o‘rtasida to‘la muvofiqlik, uyg‘unlik bor. Ular bir-birini to‘ldirib turadi, har ikkisi ham Xudo tomonidan berilgan haqiqat. Neotomizm vakillari fikricha, ilm yetmagan joyda e’tiqod qo‘llanishi kerak. Lekin bu e'tiqod ko‘r-ko‘rona, shunchaki ishonch bo'lmay, balki mantiqan teran anglangan e'tiqod bo'lishi kerak. Xudoning mav- judligini falsafa turli mantiqiy usullar orqali isbot qilishi lozim. Neotomizm hozirgi dunyoda sivilizatsiyalashgan ta’limot sifatida maydonga chiqmoqda. 0‘z navbatida bu demokratiya ustuvor bo‘lgan hayot tarziga muayyan darajada mos keladi.


Neokantchilik XIX asr o‘rtalarida shakllangan va XX asr boshlarida rivojlangan ta’limotdir. Uning vakillari I. Kant o‘z davrida qo‘ygan ilmiy bilishning umumiyligi va zaruriyati haqi- dagi hamda tajribaviy aql haqidagi muammolarni tahil etadilar. Bu ta’limotga ko‘ra, inson dunyoga bir marta keladi, shuning uchun har bir insonning hayoti o‘zi uchun eng oliy maqsaddir. Shunday ekan, inson hayotidan kimdir o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun vosita sifatida foydalanishi mumkin emas. Erkin mavjudot deganda, Kant izdoshlari o‘zi xohlagan ishlarni qiluvchi kishini emas, balki jamoatchilik manfaatiga qarshi yurmaydigan, unga zid ish qilmaydigan, ammo o‘z haq-huquqlarini yaxshi bila- digan insonni nazarda tutadilar.

XX asrga kelib, fan va texnika taraqqiyoti bilan ilmiy tafakkur va til muammolarini falsafiy tahlil qilishga qiziqish nihoyatda ortdi. Bu yo‘nalishda ishlayotgan eng yirik oqimlarga neopoziti- vizm, strukturalizm va germenevtika kabi falsafiy qarash namo- yandalari misol bo‘ladi.

Neopozitivizm oqimining yirik namoyandalari Karnap, Ayer, Rassel, Vitgenshteyn va boshqalardir. Neo — yangi; pozitiv — ijobiy degan ma'noni anglatadi. Nepozitivizm G‘arbda XIX asr- ning 20-yillarida paydo bo‘lgan, asoschisi XIX asrda yashagan Ogyust Kontdir. Neopozitivistlar verifikatsiya prinsipini ilgari su-



Download 428,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish