Falsafa asoslari



Download 428,67 Kb.
bet395/435
Sana07.03.2021
Hajmi428,67 Kb.
#61049
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   435
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

346





avvaldan shakllanib kelgan turmush tarzi muhim o‘rin tuta- di. Kiyinishidan tortib, oilaviy an’analar, oilaviy makongacha bo‘lgan hodisalarda odamlarning narsalar dunyosiga, go‘zallik va ulug‘vorlik orqali qarashlari, estetik didga, ijtimoiy ideallarga o‘ziga xos munosabatlari namoyon bo‘ladi va bu pirovard natijada turmush madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladi.


Mustaqillik yillarida madaniy-hordiq infrastrukturasidagi is- lohotlar, bolalar uchun sport maktablari, madaniyat saroylari va barkamol avlod saroylari, fitnes klublar, tikish-bichish, kasb-hu- nar o‘rganish bilan bog‘liq to‘garaklar aholi turmush estetikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsata boshladi. «Ma’lumki, aholining turmush sha- roitini yaxshilash, hayotdan rozi bo‘lib yashashiga erishish bu- gungi zamonaviy davlatchilik taraqqiyotidagi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Yaqinda ayni shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida AQSHning Kolumbiya universiteti sotsiologlari tomondan ijtimoiy so‘rov va tadqiqotlar o‘tkazilib, shu asosda «Butunjahon baxt indeksi»ning («World Happi- ness index») yangi reytingi e’lon qilindi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, ushbu ro‘yxatda 0‘zbekiston 158 mamlakat orasida 44-pog‘onada, Mustaqil Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar orasida birinchi o‘rinda qayd etildi»'.

Turmushning ijtimoiy-estetik mohiyatini tahlil qilish uch nar- saga e’tibor berishni taqozo qiladi. Bular — inson hayot kechira- digan rang-barang predmetlar olami; insonning boshqalar bilan muloqotda o‘zligini namoyon qilish holatlari; insoniy munosa- batlarning odob-axloqda aks etish imkoniyat va xususiyatlari. Bulardan birinchisi bevosita dizayn bilan bog‘liq.

Turmush estetikasining muhim jihati insonni o‘rab turgan narsa va buyumlar yaratish va unga bo‘lgan munosabatida aks etadi. Qadimgi odamlar turli narsalardan loy, yog‘och, tosh va tabiatning boshqa predmetlaridan o‘ziga xos mo‘jizalar yaratgan- ligi ma’lum. Bu narsalar dizayn faoliyati jarayonida yaratila borib turmush madaniyatining muhim xususiyatini tashkil qiladi. 1


1 Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish — eng oliy saodatdir. — T.: 0‘zbekiston. 2015. -12 b.



Download 428,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish