Falsafa asoslari



Download 428,67 Kb.
bet213/435
Sana07.03.2021
Hajmi428,67 Kb.
#61049
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   435
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

184





  1. Kantning mashhur savollarida ko‘rish mumkin: «Inson nima? Men nimani bilishim mumkin? Men nimaga umid qila olaman? Men nima qilishim kerak?» Bular umuminsoniy muammolar ro‘yxatiga kiritilgan umumiy olamshumul savollardir. Ammo ya- shash jarayonida vaziyatga qarab muayyan savollar tug‘ilishi ham mumkin.

Inson har safar o‘z ahamiyatini teran his etganida muayyan qobiliyatlarini faollashtiradi. Inson mohiyati befarqlik holatida bo‘lganida (inson ko‘pincha bu holatni o‘zi xohlagan holat sifati- da qabul qiladi), ongning barcha imkoniyatidan foydalanilmaydi. Har qanday tanglik yoki mushkul muammo soat bongi sifatida yangrab, odamni mudroq uyqudan uyg‘otadi. Insonning «uxlab yotgan» psixik qobiliyatlarini «uyg‘otish» muhim vazifa. Ko‘pgina odamlar shu asosda «o‘z ichidagi xira tortgan chiroqni qayta va yorqinroq yoqishni o‘rganadi». 0‘z qobiliyatlarini mumkin qadar kengaytirish uchun zarur darajasiga erisha olmaslik insonning asosiy muammosi hisoblanadi.


Inson evolyutsiyasi muammosi uning qobiliyatlarini kengayti- rish va axloqiy qadriyatlarini takomillashtirish sohasiga tatbiqan hal qilinadi. Inson o‘z ichki birligi, doimiy egasini anglab yetishi lozim. Evolyutsiya yo‘lidagi birinchi qadam — o‘z-o‘zini o‘rganish. Bunda salbiy emotsiyalarga qarshi kurashish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, toki insonda salbiy emotsiyalar mavjud ekan, uning birligi, ongi, irodasi rivojlana olmaydi. 0‘z-o‘zini rivojlan- tirish uchun inson o‘zini kuzatishni, o‘zining foydali va zararli jihatlarini farqlashni o‘rganishi lozim. Shaxsda yuzaga keluvchi qiziqishlar, xuddi magnetik markaz kabi, insonning rivojlanishini yo‘lga soladi va nazorat qiladi.

Xullas, odam zotining ona zamindagi hayoti, inson umri, uning ma’nosi, shaxs kamoloti bilan bog‘liq masalalar tavsifl va ularga nisbatan yondashuvlar xilma-xilligi davom etmoqda. In- sonning imkoniyatlari, qobiliyatlari va qator sifatlari to‘g‘risida yangi qarashlar paydo bolmoqda. Lekin bir narsa aniqki, haliga- cha hech kim bu masalalarda nima asl haqiq tt, nima ikkilamchi, nimaning ahamiyati boshqasinikidan ko‘p yoki kamligi haqida mutlaq to‘g‘ri va hamma tan oladigan xulosaga erisha olgani



Download 428,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish