F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


 Radiatsion halokatlardagi radiatsion   xavfsizlik



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

9.5. Radiatsion halokatlardagi radiatsion   xavfsizlik 
 
Radiologik  obyektlarni normal loyihalashtirish, qurish va eksplua-
tatsiya qilish sharoitlarida har qanday toifadagi aholining  ortiqcha nur-
lanishi istisno qilinadi. Biroq ko‘zda tutilmagan vaziyatda radiologik 
obyektlarda ishlovchi xodimlar uchun ham,  atrofdagi aholi uchun ham 
o‘ta jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.   
Radiatsion halokat  —  uskunalar nosozligi oqibatida ionlantiruvchi 
nurlanish manbaining boshqaruvi yo‘qotilishi, xodimlarning noto‘g‘ri 
xatti-harakatlari, tabiiy ofatlar  yoki boshqa sabablar tufayli odamlar yo-
xud atrof-muhitning nazorat qilinuvchi shartlarda belgilangan qiymat-
lardan oshadigan miqdorda radioaktiv ifloslanishi radioaktiv halokat 
deyiladi.   
Radiatsion halokatlarning eng ko‘p uchraydigan sabablari:   
- INMni noto‘g‘ri saqlash; 
-INMdan foydalanish yoki konservatsiyalash qoidalariga rioya qilmas-
lik;   
- INMni yo‘qotib qo‘yish yoki o‘g‘irlash;  
- nurlanish manbai bo‘lgan texnikaning ishlamay qolishi;   
- yadro transport vositalarining yaroqsizligi;   
- yadro obyektlaridagi halokatlar;   
- tabiiy ofat oqibatida halokat;  
Radiatsion halokatlar lokal (ma’lum bir joydagi), mahalliy va umu-
miy (yoyilgan) turlarga bo‘linadi. 


311 
 
Lokal halokat  -  radioaktiv mahsulotlar yoki nurlanishlarning usku-
nalar, texnologik tizimlar, binolar va inshootlarning chegarasidan nor-
mal ekspluatatsiya uchun belgilangan qiymatlardan chetga chiqishiga 
olib keladi. Bunda binoda, inshootda yoki ish maydonchasida  bo‘lgan 
xodimlar (shaxsiy tarkib) normal ekspluatatsiya uchun yo‘l qo‘yiluvchi 
dozalardan oshadigan darajada nurlanishi mumkin.  
Mahalliy halokat  -  radioaktiv mahsulotlar sanitariya-muhofaza zo-
nasi (SMZ) hududida normal ekspluatatsiya uchun belgilangan qiymat-
lardan oshadigan miqdorda chiqishiga olib keladi. Bunda ham xodimlar 
(shaxsiy tarkib) yo‘l qo‘yiluvchi dozalardan oshadigan darajada nur-
lanishi mumkin.  
Umumiy halokat -  radioaktiv mahsulotlar normal ekspluatatsiya 
uchun belgilangan qiymatlardan oshadigan miqdorda SMZ chegarasidan 
tashqariga chiqishiga va bunda aholining nurlanishi va atrof-muhitning 
ifloslanishi belgilangan me’yorlardan oshishiga olib kelishi mumkin.   
1990-yilda “Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik”  va “Iqtiso-
diy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining yadro energiyasi bo‘yicha 
agentligi”ning xalqaro mutaxassislar guruhi tomonidan “Yadro va 
radiologik hodisalarning xalqaro shkalasi” (INES) ishlab chiqilgan bo‘-
lib, uning yadro obyektlarida sodir bo‘ladigan hodisalarning xavfsizlik 
nuqtai nazaridan ahamiyati haqida xabardor qilib turadigan qurol sifatida 
qilishi mo‘ljallangan. Keyinchalik, radiatsion xavflar paydo bo‘lishiga 
olib keluvchi har qanday hodisalarning ahamiyati haqida xabar berib 
turish zarurati oshgani oqibatida INESga qo‘shimchalar kiritildi.  2008-
yilda  RMXKga radiatsion halokatlar va hodisalar darajalarining 
quyidagi tavsifnomasi tavsiya etilgan.  
 INES shkalasi: 
7 daraja: Yirik halokat — insonlar salomatligi va atrof-muhit uchun 
keng  ko‘lamdagi asoratlar qoldiruvchi, rejalashtirilgan va uzoq davom 
etuvchi qat’iy choralarni amalga oshirishni talab qiluvchi yirik 
radioaktiv materiallar tashlanmalari (masalan, AESdagi halokat); 
6 daraja: Jiddiy halokat — rejalashtirilgan qat’iy choralarni amalga 
oshirishni talab qilishi ehtimoli bo‘lgan salmoqli radioaktiv materiallar 
tashlanmalari (masalan, AESdagi halokat); 
5  daraja: Keng asoratli halokat  —  reaktor faol zonasining og‘ir 
shikastlanishi: qurilma doirasidagi aholini nurlantirishi ehtimoli yuqori 
bo‘lgan radioaktiv materiallar tashlanmasi, shuningdek,  radioaktiv 
materialning cheklangan tashlanmasi, u ba’zi rejalashtirilgan qat’iy 


312 
 
choralarning amalga oshirilishini talab qilishi mumkin. Nurlanish tufayli 
bir nechta o‘lim hodisalari bo‘lishi mumkin;  
4  daraja: Lokal asoratli  halokat  —  eng kamida bitta nurlanishdan 
o‘lish hodisasi kuzatiladi. Loyihada ko‘zda tutilgan zonadan tashqariga 
uncha katta bo‘lmagan radioaktiv material tashlanmasi ro‘y beradi. 
Rejalashtirilgan qat’iy choralarning amalga  oshirilishi talab etilishi 
ehtimoli kam; 
3 daraja:  Jiddiy hodisa  (masalan, yo‘qolgan, o‘g‘irlangan va ko‘z-
lanmagan joyga yetkazib berilgan manba) —   ishchilar uchun o‘rna-
tilgan yillik chegaradan o‘n marta oshadigan nurlanish.  Nurlanishdan 
salomatlik uchun o‘limga olib kelmaydigan determinatsiyalangan 
samara (masalan, kuyishlar). Ishlash dozasidagi nurlanish dozasi quvvati 
1 Zv/sdan oshmaydi. Loyihada ko‘zda tutilmagan zonadagi kuchli 
radioaktiv ifloslanish; 
2 daraja: Hodisa - aholining 10 mZv dan yuqori nurlanishi. Xodim-
ning belgilangan yillik chegaralardan oshadigan nurlanishi (masalan, 
xavfsizlikni ta’minlash vositalaridan voz kechish, xavfsizlik saqlangani 
holdagi yuqori faol egasiz INM, yuqori faollikka ega yopiq INMning 
qadog‘i buzilishi); 
Anomaliya  —  aholi vakillarining me’yordan ortiqcha nurlanishi 
(masalan, INM yo‘qolishi yoki o‘g‘irlanishida, tashish vaqtida noto‘g‘ri 
joylanganda). 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish