Tuprok kolloidlarining tuzilishi.
Tuprok kolloidlari nixoyatda kichik ultramikroskopik zarracha-bulsa-da, juda murakkab tuzilgan. Kolloidlar zarracha, ular yuzasidagi ionlar katlami bilan birga kolloid mitsella deyiladi (11 rasm).
Suvli muxitda mitsellalar kupincha bir-biridan eritma bilan ajralgan bulib, unga mitsella oraligi yoki intermitsellyar eritma deb yuritiladi.
Kimyoviy tarkibidan kat'iy nazar kolloid mitsella asosan uch kavatdan-yadro, ichki kavat va sirtki kavatdan iborat.
Kolloid mitsella asosini uning yadrosi tashkil etadi.Yadro kimyoviy jixatdan murakkab birikma bulib, amorf yoki kristallik tuzilishlidir.Mineral kolloidlar yadrosi asosan alyumokislotalar xamda ba'zan kremniy kislota, temi rva alyuminiy oksidlaridan tashkil topgan.Mineral kolloidlar juda barkaror bulib, uzok yillar davomida maydalanishi mumkin.
Organik kolloidlar yadrosi asosan gumin kislotasi, fulvokislotalari, protein, kletchatka va boshka murakkab organik moddalardan iborat.Organik kolloidlar mineral kolloidlarga nisbatan ancha chidamsiz va kupincha tez parchalanib, yana kayta usimlik va xayvonot olami koldiklaridan paydo buladi.Yadro ustida ikkita karama-karshi zaryadlangan ionli Katlam joylashgan.Bevosita yadro ustida joylashgan ionlarga potensiallarni aniklovchi (potensiallovchi) ionlar,tashki katlamdagi ionlarga kompensirlovchi yoki xarakatsiz ionlar katlami deyiladi.Bu Katlam ba'zan Gelmgols katlami deb xam ataladi.
Potensiallarni aniklovchi ionlar katlami kupincha manfiy zaryadlangan bulib, kompensirlovchi katlam esa, shu manfiy zaryadlarga teng keladigan mikdordagi musbat ionlari zaryadlaridan iborat.
Kompensirlovchi ionlar tuprokshunoslikda almashinuvchi yoki singdiriluvchi kationlar xam deyiladi.Kupchilik singdirilgan kationlar potensiallarni aniklovchi ionlar yonida joylashgan bulib, xarakatsiz ionlar katlamini tashkil etadi.Singdirilgan kationlarning oz kismi potensiallarni aniklovchi ionlar katlamidan ancha uzokrok masofada joylashib, diffuziya katlamini xosil kiladi.
Mitsella yadrosi potensiallarni aniklovchi ionlar katlami bilan birga granula deyiladi. Granula kompensirlovchi ionlarning xarakatsiz katlami bilan birga kolloid zarracha deb ataladi.
Zarrachadagi manfiy zaryadlar soni (diffuziya katlamidan tashkari) musbat zaryadlarga nisbatan kuprok bulganligidan, bu zarracha elektromanfiydir xamda kationlarni uziga tortib olish xususiyataga ega.Mitsellalardagi manfiy va musbat zaryadlar teng bulganligidan mitsella elektroneytraldir.Dissotsilangan-xarakatchan sirtki diffuziya katlami fakat nam tuproklarda mavjud bulib, tuprok kuriganda diffuziya katlamidagi ionlar xarakatsiz katlamga utadi xamda mitsellaning zaryadi oshadi.
Diffuziya katlamidagi ionlar soni va uning kalinligi kuplab sabablarga (kolloidlar zaryadiga, molekulalarning kimyoviy tarkibiga, dissotsilani shiga, muxit reaksiyasiga va namlik darajasi kabilarga) kura xar xil buladi.Diffuziya katlamida kationlarning ozrok mikdorda bulishi xam tuprok xossalariga ta'sir etadi.Diffuziya katlami kanchalik kalin bulsa, kolloid zarracha zaryadi shuncha yukori va aksinchadir.Kolloid zarrachalarning zaryadi kanchalik yukori bulsa, ular bir-biri bilan shuncha kup ta'sirlashib, tuprok strukturasining buzilishiga olib keladi.Strukturali tuproklarda zaryadi uncha kata bulmagan kolloidlar mavjud.
Zaryadlanishiga kura tuprok kolloidlari uch gruppaga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |