48
Dasturning birinchi bloki SWOT-tahlil va kontent-tahlildan foydalangan holda
bozordagi vaziyatni baholashni nazarda tutadi. SWOT-tahlil
raqobatchilarning
marketing faoliyatini tizimlashtirish, ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini ajratish,
korporativ imkoniyatlarini aniqlash va bozorda ishtirok etish strategiyasini ishlab
chiqishga imkon beradi.
Kontent-tahlil integral kommunikatsiyalar mazmunini sifat va son jihatidan
baholash, ularning mazmunini aniqlash va muayyan foydalanish yo’nalishlari haqida
qaror qabul qilishga imkon beradi.
Kommunikatsiya maqsadlarini ranglarga ajratishda "KIROS" tamoyiliga rioya
qilish, ya’ni
maqsadlar muayyan, zakon va makonda o’lchash mumkin bo’lishi,
kompaniyaning izchillikda rivojlanishiga mos kelishi, bozor muhiti qonuniyatlari va
dinamika nuqtai nazaridan mos kelishi, korporativ
imkoniyatlar va resurslar
salohiyatiga mos bo’lishi lozim.
Marketing kommunikatsiyalarining bosh maqsadi – firmaning bozorda va
jamiyatda muvaffaqiyat vaziyatini shakllantirish hisoblanadi. Unga erishish uchun
raqobatli ustunliklarni mustahkamlash, bozor ulushini oshirish, tovarlar va xizmatlarni
joylashtirish, imidjni oshirish sohasida boshqa bir qator vazifalarni ham qilish zarur.
Kommunikatsiya dasturining ikkinchi bloki – taktika bloki – resurslar holati va
byudjetni hisobga olgan holda muayyan harakatlar rejasini o’z ichiga oladi.
Korporativ byudjet kommunikatsiya dasturini ishlab chiqish va bajarish uchun
yo’naltirilgan pullar miqdorini ifodalaydi. Kommunikatsiya vositalari ichida reklama
byudjet xarajatlarining eng qimmat moddasi hisoblanadi.
Xarajatlarning eng katta
salmog’i televizion reklamaga to’g’ri keladi. Demak, kommunikatsiyalar byudjetini
asoslab berishda reklama makoni qiymatini diqqat bilan hisobga olish zarur.
Oxirgi paytlarda televidenie va jurnallar muloqot doiralari soni qisqardi, reklama
beruvchilar esa elektron OAVdan tobora keng foydalanmoqda. Amerikaning mashhur
Forrester Research guruhi tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar quyidagicha xulosa
chiqarishga imkon beradi: "yaqin kelajakda an’anaviy
OAV reklamadan milliardlab
dollar yo’qotadi, bu reklama, aftidan, budet Internetdagi bepul e’lon taxtalarida
joylashtiriladi".
49
Dasturning yakuniy bloki – baholash bloki – muntazam
nazoratni bajarish va
kommunikatsiya siyosatiga yakun yasash uchun mo’ljallangan.
Kommunikatsiya strategiyalari muayyan ijrochilar va ijro muddatlarini
belgilagan holda kommunikatsiya siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha
kommunikatsiya dasturlari diqqat bilan tayyorlangan va ishlab chiqilgan hollarda
muvaffaqiyat bilan amalga oshirilishi mumkin. Tushunarliki, reklama kampaniyalari
o’tkazish,
jamoatchilik bilan aloqalar, sotishni rag’batlantirish, milliy va xalqaro
ko’rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish bo’yicha dasturlar eng ommaviy dasturlar
hisoblanadi.
Kommunikatsiya strategiyalarini boshqarish xaridorlarning ehtiyojlarini
qondirish va foyda oilsh maqsadida barkaror va samarali talab shakllantirish va taklifni
(tovar va xizmatlar) ilgari surishni ta’minlaydigan
kommunikatsiya vositalari
kompleksidan foydalanish asoslangan strategiyasi asosida marketing tizimining barcha
sub’ektlari bilan firmaning o’zaro aloqalarini rejalashtirish va amalga oshirishga
yo’naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: