yashab ijod etganlar. Bular Abu Abdullox Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Xajjoj, Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy, Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy, Imom Axmad an-Nasoiy, Imom Abu Abdulox Muhammad ibn YAzid ibn Mojja kabi allomalardir.
Olimlar al-kutub - as-sitta (olti kitob)ni qo‘yidagilardan iborat deb ko‘rsatadilar.
1. Abu Abdullox Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy tomonidan yozilgai «As- Saxix» .
Imom Muslim an-Nishopuriy (Imom Muslim ibn al-Xajjoj) tomonidan yozilgan «As – Saxix».
Imom Ibn Mojja tomonidan yozilgan «Sunan».
Imom Abu Dovud Sulaymon-Sijistoniy tomonidan yozilgan «Sunan».
Imom ibn Iso at-Termiziy tomonidan yozilgan «Aj-jami al-kabir».
6 Axmad an-Nasoiy tomonidan yozilgan «Sunan» kabi to‘plamlardir;
Xadislarni tasnif etish jarayonida «musnad», «saxix», «sunan» kabi turli yo‘nalishlari paydo bo‘ldi.
1. «Musnad» yo‘nalishida tasnif etilgan to‘plamlarda turli mavzuidagi xadislar bir joyga keltirilib, ular xadis rivoyat qiluvchi saxobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga ko‘ra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abdullo ibn Muso, Imom Axmad ibn Xanbalning xadis kitoblari ana Shu yo‘nalishlarga mansubdir.
2. «Saxix»' yo‘nalishiga buyuk muxaddis Imom Buxoriy asos solganlar . Bu yo‘nalishda tasnif etilgan to‘plamlarga faqat to‘g‘ri, ishonarli xadislar kiritilgan. Ishonchli xadislar diniy ta’limotni xar qanday yolg‘onlardan, bo‘xtonlardan saqlaydi musulmonlarniig islom diniga, uning qonun-qoidalariga nisbatan ishonchini, e’tiqodini mustaxkamlashga xizmat qiladi.
3. «Sunan» yo‘nalishidagi to‘plamlarga esa to‘g‘ri, ishonarli xadislar bilan bir qatorda «zaif» xadislar ham kiritilgan. Abu Dovud, at-Termiziy, an-Nisoiy , ibn Mojjaning muallafotlari ana Shu yo‘nalishlarga mansubdir.
Imom Buxoriyning «Al-Jome as-saxix» deb nomlangan 4 jilddan iborat xadislar to‘plami islom olamidagi boshqa muxaddislar tuzgan to‘plamlar orasida eng ishonarli va mukammalidir. To‘plamda Muhammad va uning saxobalari haqidagi xadislardan tashqari fikx, islom marosimchiligi, axloq-odob, talim-tarbiya hamda o‘sha davr tarixi va etnografiyasiga oid xadislar ham mavjud bo‘lib, unga 600 ming xadisdan faqat 7250 ta eng «saxix», xaqqoniy, ishonchli xadislar kiritilgan. Mazkur to‘plam Misr va boshqa bip qancha mamlakatlarda juda ko‘p marta chop etilgan, unga yirik ulamolar tomonidan sharx bitilgan. Bu kitob yozilganiga xijriy bo‘yicha 1200 yilcha bo‘ldi. O‘sha davrdan boshlab barcha ulomalar bu asarga qur’ondan keyingi ikkinchi o‘rinda turadigan manba deb baho berib keladilar.
Manbalarda ko‘rsatilishicha, Imom al-Buxoriy Imom at-Termiziyning xadislarini sinchiklab o‘rganishdagi nodir qobiliyati, taqvodagi ustunligini tan olgan va bunga shoxidlik bergan.
Taniqli muxaddislarning ko‘plari Imom at-Termiziyning xadis ilmini takomillashtirish va uni kelgusi avdodlarga sof xolda etkazishdagi xizmatlarini yuqori baholaganlar. At-Termiziyning fikx boblariga moslab tasnif qilgan «Sunan» nomli kitobi tegishli mavzularni o‘z ichiga atroflicha qamrab olganligi sababli «Al-Jome as-saxix» deb nom olgan.
Bobokolonimiz at-Termiziyning buyukligi Shundaki, u o‘z kitoblarida asosan Shu g‘oYani tarannum etgan: «Inson insonning do‘sti, birodaridir. Inson insonga zulm ham qilmasligi, muhtoj damlarda inson insonni tashlab qo‘ymasligi kerak».
Xadislar mazmunan ijtimoiy-siyosiy, diniy, axloqiy, iqtisodiy, ekologik, badiiy, estetik masalalarni qamrab olgan.
Xadislarda jamiyat taraqqiyoti, insoniyat kamoloti haqidagi falsafiy nuqtai nazar, Yani taraqqiyotning ziddiyatlarsiz bo‘lishi mumkin emasligi didaktik xarakterda, diniy-badiiy yo‘l bilan musulmonlar ongiga singdirildi. Abu Sayd ad-Xudriy aytadilar: «Kishi qoqilmay, toymay turib aqlli, xulqli bo‘la olmaydi va xar bir yaxshi-yomonni boshidan kechirmay turib xakim bo‘la olmaydi» (565-xadis).
Xadiclap orqali bayon etilgan barcha pand-nasihatlar, xikmatlar, ibratlar va nasihatlar inson shaxsiga qaratilgan bo‘lib, ularning asosiy vazifalaridan biri insoniyatni ogox etish, yaxshlik otiga xizmat qilishga chaqirishdan iboratdir.
Payg‘ambarimiz Muhammad alayx Salomlarning nasihatlariga ko‘ra xar bir inson o‘z millati, zoti, irqi, mol-dunyosiga qaramasdan sahovatli, mexr-muruvvatli bo‘lmog‘i lozim. Ushbu fazilatlar insoniyatni boshqa mavjudodlardan ajratib turadi. Xadislar sotsial adolatsizlik xukm surgan davrda barcha toifa ahllarini Ollohning yaratilgan bandalari, ularga jabr-zulm qilmaslik, noxaq jazolamaslik, inson sifatida xurmat qilish munosobatlarini ilgari surgan. Shu bilan birga sotsial hayotga ko‘nikish, azob-oqibatning oxiri rohat, sabr-bardoshlik, huzur-halovatga, 0lloh muruvvatiga sazovorlikka olib kelish g‘oyalari asosiy o‘rinni egallaydi.
Xadislarda, qur’oni Karim suralari va oyatlarida mujassam etilgan bunday fikrlar insonni umidsizlikka tushirmaydi, uni ezgu ishlarga namunali xulqqa, ma’naviy kurashga ilxomlantiradi.
Xadislarda inson xatti- harakati, munosabati, muloqati savob va gunox mezonlari bilan o‘lchanadi. Xatti-harakatlarning ahamiyatiga qarab savob yoki gunox darajalari belgilanadi. Ijobiy axloq fazilatlarining yuqori mezonlari Imon, E’tiqod, Vijdon, Ilm orqali
Do'stlaringiz bilan baham: |