Qadimgi yozma ma’rifiy yodgorliklar va turkiy xalqlar axloq-odob tizimining o‘ziga xos an’anaviy xususiyatlari.
Turkiy xalqlarning yozma ma’rifiy yodgorliklari o‘ziga xos xususyatga ega bo‘lib ular Yangi davr kishisini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bular «O‘rxun Enisey» yodgorliklari, irq yozuvchilari (tabirnoma) kabilardir. Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va rumiy yozuvlarda bitilgan Urxun Enisey bitiklari 6-8 asrlarida yozib qoldirilgan bo‘lib ularda ta’lim tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlar berilgan. Toshga o‘yib yozilgan Urxun Enisey yodgorliklari daslab Enisey xavzasida so‘ngra Mo‘xilistonning Urxun daryosi bo‘yida topilib Daniyalik olim Vilgelm Tomson 1893 yilda bu yozuvlarni o‘qigan va unda ta’lim-tarbiyaga oid noyob ma’lumotlar bitilganligini ta’kidlagan. Bitik toshlarida turk xoqonlarining yurishlari bu yurishlarida ko‘rsatgan jasoratlari ularning bilimli, mard, xalqparvar alp yigitlar ekanligi bayon etiladi.
O‘z vatanning mustaqiligi uchun ko‘rash, xalqni asoratdan olib chiqish ularning birligini, ta’minlash xoqonlar Bumin, Istami, Eltarish va uning o‘g‘illari Bilga xoqon va lashkari boshi Qul tegin ma’naviy otalari Tunyukuklarning zimmasiga tushgani hikoya qilinadi.
Masalan, Kul tegin bitigida u xalqparvar, tadbirkor, xalqning kelajagini o‘ylaydigan jonkuyar sarkarda, o‘z manfaatidan vatan manfaatini yuqori qo‘yuvchi shaxs sifatida ta’riflanadi. Kul tegin Eltarish xaqonning kichik o‘g‘li u 731-yil 27 fevralda 47 yoshida vafot etadi. Bitik tosh 732-yil o‘rnatilgan, bu bitik toshda barcha voqealar Kul tegining akasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi. Uning haqiqiy ismi Mug‘ilyon bo‘lgan. Bitigni mualifi Kul tegining jiYani Yo‘llug‘ tegindir. Kul tegin bitigida Bilga xoqonning og‘ayinlariga qarindosh tegindir. Kul tegin bitigida Bilga xoqonning og‘ayinlariga qarindosh urug‘lariga murojaat ularning xatolari tufayli turk elida ko‘p falokatlar yuz bergani ifodolanadi. Turkiylarning Harbiy yurishlari, ularga qo‘shni bo‘lgan tabg‘achlarning bosqinchiligi tufayli xalq boshiga kulfatlar tushgani, ularni yolg‘onchilik, firibgarlik qurboni bo‘lganligi ta’kidlangan. «Oltin, kumush ichkilik, ipakni Shuncha hisobsiz berayotgan tabg‘ach xalqlari so‘zi shirin, ipak kiymi nafis ekan. SHirin so‘zi ipak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni Shu xilda yaqinlashtirar ekan. YAxshi qo‘shni bo‘lganidan keyin yozuv ilmini bu erda o‘rganar ekan. YAxshi dono kishini yaxshi alp kishini yo‘latmas ekan. Biror kishi adashsa, urug‘i, xalqi, uyi, yopingichiga qo‘ymas ekan. SHirin so‘ziga nafis ipakiga aldanib, ko‘p turk xalqi, o‘lding».
Qul tegin bitigida Bilga xokon eng muhim insoniy xislatlar hayoti zaruriyatlar haqida pand nasihat bayon etgan. Turk xalqi birlashmagani, bir- biriga ishonmagani uchun xiyla va firib qurboni bo‘lib tabgachlar ularni qul va cho‘ri etgani qashshoq, ersiz va mute bo‘lganligini kuyinib so‘zlaydi.
Bilga xoqon turk eli o‘rtasida elparvar xoqon deb tanilgan edi. U turk xalqining vatani abadiy bo‘lishi uchun kurashadi. Xalqqa qarata Shunday o‘git qilar edi: Vatanni saqlab qolmoq faqat xoqonga emas, xalqqa ham bog‘liq. Ajdodlarimizning xato va yutuqlari buning dalilidir.
To‘nyuquq bitigi esa 310 misradan iborat bo‘lib 717-718 yillarda To‘nyuquq hayotligida yozilgan. Bu bitigda To‘nyuquq vatanparvar shaxs sifatida nomoyon bo‘ladi. To‘nyuquqdagi insoniy fazilatlar ezgulik insonparvarlik xislatlari uning qo‘shni xalqlar o‘rtasidagi obro‘sini Yanada oshirib yuboradi. Masalan, uning asirlarini o‘z yurtlariga jo‘natib yuborishi boshqa dushman qabilalarining ham bosh egib kelishiga, bu esa ezgulik bilan yovo‘zlik, qoniqishning oldini olish mumkinligini ko‘rsatadi. U adolatsizlik qilmadi, insonparvarlik namunasini ko‘rsatdi, ammo Shu bilan birga xoqonlik qonunlarini, manfaatlarini qattiq himoya qilib, jasorat namunasini ko‘rsatdi.
2.Ma’lumki, arablar zabt etgan mamlakatlarda er-mulk munosobatlari, shahar hayoti, mulkiy qonun-qoidalar majmui, xokimiyat tashkilotlari, ijtimoiy-maishiy hayot arablar mamlakatidagiga qaraganda ancha murakkab edi. O‘rta Osiyoda Zaradusht dinining keng yoyilishi, diniy urf-odat, munosobat, e’tiqodning shakllanishi Yangi islom dinining targ‘ib etishga arablar o‘ylaganlaridek imkon bermasdi. Bu erlarda butun bir qator muammolar va talab-extiyojlarga duch keldilarki, ularga qur’on to‘la javob bera olmas edi. By davrlarda hali arablar diniy jamoa va davlat, din va siyosat, diniy qonun va davlat xuquqini aniq farqlamaganliklari tufayli Yangi ijgimoiy munosobatlarga asoslanadigan hayotning hamma talablariga javobni iste’lochilar din nufuzi bilan asoslashga harakat qilganlar. Shundagina guyo payg‘ambar Muhammad hayotligida bo‘lib o‘tgan amaliy ishlar va uning taxminiy so‘zlariga taYana boshlaganlar. Shu tariqa pand-nasihatlar yig‘indisi - Sunna shakllangan. Arabcha Sunna ( as-sunna, ko‘plikda sunan) – yo‘l, yo‘nalish, ko‘chma manosi –«ajdodlardan qolgan urf-odatlar», Yani rivoyatlar, «naql», «xotira», «odat», «an’ana», «xatti-harakat» ma’nolarini beradi. Sunna islomda Qur’ondan keyingi, uni to‘ldiruvchi manba, islom ilohiyoti va shariatining ikkinchi asosi sifatida etirof etilgan. Musulmon sunnalari ko‘plab xadislardan tashkil topgan. Xadis so‘zining dastlabki ma’nosi (ar. ko‘plikda «axadis» so‘zidan)-«xabar», «xikoya», «bildirish», tor ma’noda «parcha» (sitata), Rasmiy ma’noda xadis - Muhammad so‘zlari va amaliy ishlari haqidagi rivoyatlardir. Bu ma’noda xadis faqat Muhammad so‘zlariga nisbatangina ishlatiladi. Ba’zi ulamolar esa, xadis deganda faqat payg‘ambarnigina emas, balki saxoba va tobelarning ham bergan xabarlarini tuShunadi.
Xadis - islom olamida payg‘ambarimiz Muhammad alayxis salomning xislatlari, xatti-harakatlari, diniy va axloqiy ko‘rsatmalari haqida ma’lumot beruvchi didaktik xarakterdagi ta’limot xisoblanadi.
Xadislarda ilgari surilgan fikrlar, pand-nasihatlar xalq-og‘zaki ijodi, xalq pedagogikasi bilan chambarchas bog‘lanib ketganligini ko‘ramiz. Ular hayotiyligi, hayotiy tajribalar orqali bildirilgan xulosalar, fikr-mulohazalar yig‘indisi ekanligi bilan ajralib turadi. Xadislarda xalq tajribasida sinalgan ezgu ideallar ko‘chaytiriladi, nasihat va talab shaklida xalqqa etkaziladi, xalq idealiga zid xislatlar esa salbiy jihatdan bo‘rttiriladi, yomon oqibatlaridan ogoh etiladi. Bunday xollarda mubolog‘a usuli orqali xadislarning tarbiyaviy ta’siri ko‘chaytiriladi. Xalq idealiga mos kelmaydigan noinsoniy xislatlar: ochko‘zlik, o‘g‘rilik, adolatsizlik, tekinxo‘rlik, yalqovlik, xiyonatkorlik, ota-onaga xurmatsizlik, poraxo‘rlik, insofsizlik va boshqalar qoralanadi.
Xadislarda kishilarning axloqiga qo‘yiladigan shar’iy talablar bayon etilgan. Ular insonning ma’naviy-axloqiy kamolotiga asos bo‘ladi. Xadislarda farz, vojib, xalol, xarom kabilar bilan 6ip qatorda insoniy fazilatlar, axloqiy yo‘l yo‘riqlar talqin etiladi. YAxshi insoniy fazilatlar - ilm egallash, xalollik, to‘g‘ri so‘zlik, adolat, mehr-oqibat, ota-onani hurmat qilish, saxiylik, poklik, diyonat ulug‘lanadi. Xadislar xalqni tarbiyalashga, axoq-odobga, diniy e’tiqodga chaqirish bilan birga xalqning hayotini, uning o‘tmishdagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy turmush darajasini o‘rganishda muhim manba xisoblanadi. Xadislar zaminida kishilarning etiqodi, yashashdan maqsadi, borliqqa munosabati, tafakkuri, ma’naviy ruhiy olamini ko‘ramiz.
SHarq Uyg‘onish davrining IX asriga kelib, xadislar to‘plamiga bo‘lgan extiyojning ortib borishini ko‘ramiz. Aynan bu davrda yozma manbalarning soni birmuncha ortib bordi. Kelajak avlod tarbiyasi manfaati yo‘lida ko‘plab xadisShunoslar faoliyati paydo bo‘ldi. Ular umuminsoniyat ma’naviy olamini aks ettiruvchi ko‘plab xadislar to‘plamini yaratdilarki, bu bebaho durdonalar bugungi kunda ham o‘z pedagogik tasirini yo‘qotmagan, balki insoniyatni go‘zal, ma’naviy olamga hamon chorlab kelmoqda.
Birinchi xadislar to‘plami Ibn SHixob az-Zuxriy tomonidan yozilgan. Movarounnaxrda esa birinchi bo‘lib xadislar to‘plagan muxaddis- Imom Abdulloxibn Muborak al- Marvaziydir.
Islom dunyosida eng nufuzli manbalar deb sanalgan oltita ishonchli to‘plam (as-saxix, as-sitta)ni yaratgan muxaddislar ham vatandoshlarimiz bo‘lib, xadis ilmi rivojlangan IX asrda
Do'stlaringiz bilan baham: |