O’lchash asbobining tuzilishi
Pirometr lazerli ko’rsatgich 1, displey 2, lazerli ko’rsatgichni yoqish va o’chirish tugmachasi 3, displeyni yoritgichni yoqish va o’chirish tugmachasi 4, asbobni yoqish va o’chirish tugmachasi 5, asbobni yoqish va o’chirish tepkisi (kurok) 6, oziqlantirish bo’lmasidan 7 tarkib topgan.
O’lchashlarni bajarish tartibi
DT-8862 va DT-8863 kontaktsiz infraqizil termometr (pirometr) ning ishlash tartibi bilan tanishish.
(7) oziqlantirish bo’lmasini oching va unga qutblarga amal qilgan holda 9 V li batareyani o’rnating. Agar batareya razryadlangan bo’lsa, (2) displeyda batareyaning razryadlanish indikatori
(G) aks etadi.
Asbobni yoqish va o’lchashni boshlash uchun (6) tepkini bosing va ushlab turing. (1) lazerli ko’rsatgichni obyektga yo’naltiring. (2) displeyda haroratning o’lchangan qiymati (K) aks etadi. Tepki ushlab turilsa va SCAN (A) indikator faol bo’lsa, qiymat yangilanib boradi. Haroratning joriy qiymatini displeyda qotirish uchun tepkini qo’yib yuboring. Displeyda HOLD (B) indikatori aks etadi.
Eslatma: Obyektgacha bo’lgan masofa ortishi bilan o’lchanadigan sohani nazorat qilish dog’ining o’lchami ortadi. O’lchashning yuqori aniqligini ta’minlash uchun obyektning o’lchami nazorat qilish dog’ining o’lchamidan katta bo’lishi zarur.
Ko’rsatishlarni ushlab turgan holda displeyning yoritgichini yoqish yoki o’chirish uchun ▼ (4) tugmachani bosing (HOLD (B) faol indikatorda).
Ko’rsatishlarni ushlab turgan holda lazerli ko’rsatgichni yoqish yoki o’chirish uchun ▲ (3)tugmachani bosing. (C) indikator ko’rsatgichning joriy holatini ko’rsatadi (agar indikator faol bo’lsa, u holda funksiya yoqilgan bo’ladi).
Tepki bosilgan holda lahzalik o’lchash rejimida yoki monitoring rejimida nurlatish koeffisiyentini
(N) o’zgartirish uchun ▲ va ▼ (3, 4) tugmachalardan foydalaning.
O’lchash paytida asbob o’lchangan maksimal qiymatni avtomatik tarzda aniqlaydi. Ushbu qiymat MAX (J) indikator faol bo’lganda (I) yordamchi displeyda aks etadi.
Ish rejimini berish uchun MODE (5) tugmachasini kerakli marta bosing.
eMS (H) – ▲ va ▼ (3, 4) tugmachalar yordamida 0,1…1,0 diapazonda (jimlik bo’yicha: 0,95) nurlatish koeffisiyentini berish;
Nurlatish koeffisiyentini o’lchash amalga oshiriladigan yuzaning materialiga bog’liq holda berish lozim (1-jadvalga qarang).
LOCK (D) – ▲ va ▼ (3, 4) tugmachalar yordamida monitoring rejimini (uzoq muddatli o’lchash rejimida avtomatik tarzda o’chib qolishni blokirovkalash) yoqish/o’chirish. Rejim yoqilgandan keyin o’lchashni boshlash uchun tepkini bir marta bosing, o’lchashni to’xtatish va chiqish uchun tepkini yana bir marta bosing;
Hi on/off (Ye) – ▲ va ▼ (3, 4) tugmachalar yordamida yuqori qo’yilma bo’yicha signalizasiyani yoqish/o’chirish;
Hi (Ye) – ▲ va ▼ (3, 4) tugmachalar bilan yuqori qo’yilmani berish;
ye. Lo on/off (Ye) – ▲ va ▼ (3, 4) tugmachalar yordamida pastki qo’yilma bo’yicha signalizasiyani yoqish/o’chirish;
f. Lo (Ye) –▲ va ▼ (3, 4) tugmachalar bilan pastki qo’yilmani berish;
Harorat shkalasini (Selsiy / Farengeyt) berish uchun (7) oziqlantirish bo’lmasida joylashgan almashtirib ulagichdan foydalaning. °C/°F (F) indikator tanlangan shkalani ko’rsatadi.
7 sekund davomida harakatsizlikdan keyin asbob avtomatik tarzda o’chadi.
jadval. Nurlanish koeffisiyentining tipik qiymatlar jadvali.
O’lchash obyekti
|
Nurlanish koeffisiyenti
|
O’lchash obyekti
|
Nurlanish koeffisiyenti
|
Asfalt
|
0,90…0,98
|
Mato (qora)
|
0,98
|
Beton
|
0,94
|
Odamning terisi
|
0,98
|
Sement
|
0,96
|
Ko’mir
|
0,75…0,80
|
Qum
|
0,90
|
Yog’och ko’miri
|
0,96
|
Tuproq
|
0,92…0,96
|
Lak
|
0,80…0,95
|
Suv
|
0,92…0,96
|
Lak (xira)
|
0,97
|
Muz
|
0,96…0. 98
|
Rezina (qora)
|
0,94
|
Qor
|
0,83
|
Plastmassa
|
0,85…0,95
|
Shisha
|
0,90…0,95
|
Yog’och
|
0,90
|
Keramika
|
0,90…0,94
|
Qog’oz
|
0,70…0,94
|
Marmar
|
0,94
|
Xrom oksidlari
|
0,81
|
Gips
|
0,80…0,90
|
Mis oksidlari
|
0,78
|
Ohak eritmasi
|
0,89…0,91
|
Temir oksidlari
|
0,78…0,82
|
G’isht
|
0,93…0,96
|
Tekstil
|
0,90
|
jadval.
Texnik xarakteristikalari
Model
|
DT-8862
|
DT-8863
|
O’lchash diapazoni
|
-50…650°S
|
-50…800°S
|
Ruxsati
|
0,1°S
|
O’lchash xatoligi
|
±2,5°S (-50…20°S)
|
(diapazonda)
|
±1°S ±1% (20…300°S)
±1,5% (300…800°S)
|
Takrorlanuvchanlik
|
±1, 3 °S (-50 …20 °S)
±0,5 °S ± 0,5% (20…800 °S)
|
Optik ruxsati*
|
12:1
|
20:1
|
Javob qaytarish vaqti
|
150 ms
|
Nurlanish koeffisiyenti
|
0,1…1,0 (jimlik bo’yicha: 0,95)
|
To’lqin uzunligi
|
8…14 mkm
|
Oziqlanish
|
9V batareya «Krona»
|
Ekspluatasiya qilish sharoitlari
|
0…50°S, 10…90%RH
|
Saqlash sharoitlari
|
-10…60°S, ≤ 80%RH
|
O’lchamlari
|
146 x 104 x 43 mm
|
Og’irligi
|
163 g
|
Eslatma: *masofaning nazorat qilish dog’ining o’lchamiga nisbati
EHTIYoT ChORALARI
Nurning ko’zga tushishidan qochish uchun lazerli ko’rsatgichni ko’zga yoki kuchli qaytaruvchi yuzalarga yo’naltirmang.
Asbobni elektromagnitik maydonlar, issiqlik manbalari, haroratning keskin o’zgarishlari va suvdan asrash lozim.
Bug’, chang, tutun va boshqa zarrachalar asbobning optik elementlariga xalaqit beruvchilarni hosil qilish bilan o’lchashlar aniqligiga ta’sir ko’rsatadi.
Laboratoriyada turli xil obyektlarning haroratlarini o’lchashni bajaring. Natijalarni jadvalga kiriting:
Do'stlaringiz bilan baham: |