Energetik audit



Download 1,57 Mb.
bet15/94
Sana11.04.2023
Hajmi1,57 Mb.
#927083
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   94
Bog'liq
Energetik audit

mavzu. Korxonaning issiqlik balansi tuzilmalari.

Reja:

Issiqlik balansi. Eksergetik balans.


Ma’lumotlarni tadqiqotlash.
Fizik va moliyaviy usul. Fizik usul bosqichlari.
Issiqlik balansi deb kiritilgan resurs va/yoki issiqlik energiyani hosil qilish bilan issiqlik energiyadan foydalanishdagi energiya iste’moli asosida issiqlik energiyadan olingan natijalarga nisbatan taqqoslanishni hisoblashga aytiladi.
Bunda issiqlik energiyasini saqlash energiyani yetkazib berish yoki energiyadan foydalanish doirasida inobatga olinadi. Agar energetik audit ko’lamiga kiritilgan bo’lsa, issiqlik balansga energiyani saqlash va xom – ashyodagi o’zgarishlar shuningdek, yo’qotilgan energiya yoki material oqimdagi issiqlik energiyasi kiritilishi zarur.
Issiqlik balans tizim chegarasiga kirayotgan barcha issiqlik energiya, tovarlar va mahsulotlarni tizim chegarasidan chiqib ketayotgan barcha issiqlik energiya, tovarlar va mahsulotlarga nisbatan tenglashtiriladi.
Energoauditorlar tashkilotning sexlar bo’yicha energetik balansini shakllantirishadi. Energetik balansni tasvirlashning jadval, aylana diagramma va Senki (Sankey) diagrammasi usullari mavjud. Ma’lumotlarni tasvirlashda Senki (Sankey) diagrammasi usulidan foydalanishi samarali hisoblanadi

Energoauditlar issiqlik elektr stansiyalarida energoaudit o’tkazishganida


quyidagi ishlarni o’rganishadi va bajarishadi:
har bir stansiya bo’yicha energiya balansi mavjudligi. Bu ularning amaldagi unumdorligini va iste’molchining yuklamasi qoplanishi imkoniyatini aks ettiradi. Energiya taqchilligi mavjud bo’lgan taqdirda stansiyaning barqaror ishlashini ta’minlaydigan chora-tadbirlar mavjudligi;
stansiya ishining tahlili;
chora-tadbirlar va stansiyaning rezerv yoqilg’ida ishlashga o’tishga tayyorligi, bo’shab qoladigan gaz hajmi;
yoqilg’i yonishi parametrlari va ularning hisob-kitoblarga muvofiqligi, nomuvofiqlik sabablari va yoqilg’i nobudgarchiligi hajmi;
bug’ qozonlarining rejim xaritalariga rioya qilish, yoqilg’ining to’liq yonishi, sozlash va yonishni maqbullashtirish, yonish parametrlari yomonlashishining aniq sabablari va u keltirib chiqargan yoqilg’i nobudgarchiligi;
stansiya bo’yicha qiyosiy balans, balans tahlili, hisoblab chiqilgandan chetga chiqish sabablari, yoqilg’iga qayta hisoblaganda energiya nobudgarchiligi;
kimyoviy va suv bilan tozalash ishlari samaradorligi, bug’ qozonlarini uzluksiz siqilgan havo bilan tozalash miqdori (amalda normalar bo’yicha);
issiqlik manbalarida yoqilg’i-energetika resursi, suv va energiya manbalarini hisobga olish holati hamda normativ va amal qiluvchi hujjatlarga muvofiqligi. O’z ehtiyojlari (sarf, normalashtirish);
birlashtirilgan stansiya foydali unumdorligining iste’molchilarning amaldagi yuklamasiga muvofiqligi. Stansiyada energiya berish shartnomalari mavjudligi;
issiqlik manbai foydali ish harakatining amaldagi koeffisiyentini baholash, kamayishning aniq sabablari va bu tufayli kelib chiqqan yoqilg’i nobudgarchiligi;
eksperimental o’lchashlar va tekshirishlar natijalari bo’yicha ishlab chiqarish va issiqlik energiyasidan foydalanish tahlilini o’tkazish hamda:
stansiya ish rejimini maqbullashtirish;
energiya manbalarini nazorat qilish va hisobga olish tizimlarini jihozlash; yoqilg’i-energetika resursi sarfini o’lchash;
energiya ta’minoti sxemalarini yanada oqilona qurish; energiya ta’minotining texnologik sxemalarini o’zgartirish; ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanish;
issiqlik tarmoqlarining gidravlik rejimi;

etish;
kondensatni qaytarish;
energetika asbob-uskunalarining balansli sinovlari bo’yicha ishlarni tashkil

energiya iste’molining joriy nazorati dasturini amalga oshirish, energetika



jihatidan samarali loyihalarni joriy etish va vazifalar qo’yish (energetika menejmenti);
stansiyaning muayyan obyektlarida energiyaning tiklanadigan manbalarini qo’llash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish zarur.
Energetik auditni samarali bo’lishini ta’minlash uchun energetik auditor(lar) taqdim qilingan ma’lumotning amaldaligini va mavjudligini baholashi va auditni davom ettirishga to’sqinlik qilishi mumkin bo’lgan har qanday muammoni ko’rsatib berishi kerak. Agar zarur bo’lsa, energetik auditor ma’lumotlarni yig’ish yoki ularga qo’shimcha qilishning boshqacha uslubini taklif qilishi mumkin.
Energetik auditor:
а) Shaffof va texnik jihatdan mos keluvchi hisoblash uslubini qo’llashi;
б) Qo’llangan uslublar va qilingan har qanday tahmin yoki baholashlarni hujjatlashtirishi;
в) O’lchashlar noaniqligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar va ularning olingan natijaga qo’shgan hissasini e’tiborga olinishini ta’minlashi;
Energetik natijaviylikni yaxshilashga qaratilgan imkoniyatlarga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan har qanday qonunchilik talablari yoki boshqa kelishilgan mexanizm yo cheklovlarni inobatga olishi kerak.




Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish