2.20. Tabiiy qatron
Tabiiy qatron o’simlik va biogen birikmalaridan tashkil topgan organik
moddadir. Tropik o’simliklarda tabiiy qatron ko’p bo’ladi. U past haroratda amorf
holatda bo’lib, qizdirilganda avvaliga yumshab, plastik so’ngra esa suyuq holatga
o’tadi. Elektr texnikada ishlatiladigan tabiiy qatron suvda erimaydi, ammo spirtda,
efirda va o’zi bilan kimyoviy tabiati bir xil bo’lgan organik erituvchilarda yaxshi
eriydi. Hosil bo’lgan eritma quritilganda yupqa parda hosil bo’ladi. Tabiiy qatron
yopishqoq bo’lib, suyuq holatdan qattiq holatga o’tishida jism yuzasiga
130
mustahkam yopishadi. Bu material kompaund, plastik massa, sun’iy yoki tabiiy
tolasimon materiallarining tarkibiy qismi bo’lib xizmat qiladi.
Shellak – tropik daraxt qumursqalari (gummilak) mahsuli. Shellak
tangasimon ko’rinishli, rangli (och sariqdan qo’ng’ir tusgacha), spirt, aseton va
efirda yaxshi eriydi. U eritilgan holatda kanifol, kopol, gliftal, bitum va novalak
bilan yaxshi birikadi. Shellakning zichligi 1000 – 1040 kg/m
3
, chiziqli kengayish
koeffitsienti 4,4∙10
-4
… 9∙10
-5
ga teng. Uning dielektrik xossalari quyidagicha:
r
=3,5; tg
= 0,01;
= 10
13
-10
14
Om∙m; E
t
=20-30 MV/m.
2.11-jadval
Polietilenning asosiy mexanik va fizik xossalari
Ko’rsatkichlar
Yuqori
bosimli
Past
bosimli
O’rtacha
bosimli
Zichligi ,kg/m
3
918-930
954-960
960-968
Mustahkamligi,MPA:
cho’zilishda
10-17
18-45
18-40
Egilishda
17-20
18-45
25-40
Siqilishda
14-17
30-36
20-37
Nisbiy cho’zilish,%
15-20
10-12
5-8
,Om∙m
10
15
10
15
10
15
8
,Om∙m
10
15
10
15
10
15
r
(1MGs)
2,2-2,3
2,2-2,4
2,3-2,4
tg
(2-3) 10
-4
(2-4) 10
-4
(2-4) 10
-4
E
r
, MV/m
45-55
45-55
45-55
Erish harorati,
0
C
108-110
124-132
128-135
Suv yutishi (30 sutka),%
0,02
0,005
0,01
Ish harorati,
0
C
90
90
90
Shellakdan qoplovchi yoki yelimlovchi loklar tayyorlanib, ko’pincha, undan
elektr asboblarining qismlarini loklashda foydalaniladi
Kanifol – to’q sariq rangli mo’rt modda bo’lib, daraxt yelimidan ajratib
olinadi. Kanifol spirt, benzin, benzol, skipidar, aseton, neft va o’simlik moylarida
osongina eriydi, suvda esa mutlaqo erimaydi. Uning dielektrik xossalari
quyidagicha:
r
= 2,8; tg
= 0,003;
= 10
13
– 10
14
Om∙m; E
t
= 10-15 MV/m.
131
Elektr izolyatsiyasida kanifol lok va kompaund tayyorlashda, qatron tarkibida
va yuqori kuchlanishli kabellar uchun neft moyiga qo’shimcha sifatida ishlatiladi.
Qahrabo – och sariq – qo’ng’ir tusli o’simlik maxsulidir. Qahraboning
zichligi 1050 – 1096 kg/m
3
, yumshash harorati 175 – 200
0
C. Uning dielektrik
xossalari:
r
2,8; tg
= 0,001;
= 19
15
Om∙m;
= 19
15
Om∙m. Bu qatron skipidar,
benzin va moylarda yaxshi eriydi. Qahrabo qimmat bo’lganligi sababli, undan
faqat maxsus o’lchov asboblarida va katta qarshiliklar ishlab chiqarishda
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |