O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
AVTOMATIKA VA ELEKTROTEXNALOGIYA FAKULTETI
«ELEKTROTEXNIKA, ELEKTROMEXANIKA VA
ELEKTROTEXNOLOGIYA» kafedrasi
«SANOAT KORXONALARINING ELEKTR TA’MINOTI»
FANIDAN
MA’RUZA MATNI
Andijon - 2014
«TASDIQLAYMAN»
Andijon mashinasozlik instituti O’quv-uslubiy Kengashida ko’rib chiqilgan
va tasdiqlangan.
Kengash raisi Q.Ermatov
(O’quv-uslubiy Kengashining № - sonli bayonnomasi
« » 2014y.)
«MA’QULLANGAN»
«Avtomatika va elektrotexnologiya» fakulteti Kengashida muxokama qilingan va ma’qullangan
Kengash raisi N.To’ychiboev (Fakultet Kengashining № - sonli bayonnomasi
« » 2014y.)
«TAVSIYa ETILGAN»
«Elektrotexnika,elektromexanika va elektrotexnologiya» kafedrasi
majlisida muxokama qilingan va tavsiya etilgan Kafedra mudiri Sh.Nazirov (Kafedra majlisining № -sonli bayonnomasi
« » 2014 y.)
Taqrizchilar: Andijon qishloq xo’jaligi instituti dotsenti t.f.n. O.Ismoilov.
Andijon mashinasozlik instituti «EEE» kafedrasi katta o’qituvchisi Z.Rejabov
Tuzuvchi: assistent M.Maxsudov
Kirish
“Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti” fani bo’yicha tuzilgan ushbu namunaviy dastur qo’yilgan DTS talablari asosida tuzilgan. Ushbu dastur sanoat korxonalari elektr ta’minotining umumiy masalalarini, elektr energiyasini sifat ko’rsatgichlarini, elektr yuklamalar grafiklarini, hisobiy yuklamalarni aniqlashni, tsex elektr tarmoqlarini hisoblash va ular ximoyasini, sanoat korxonalarining elektr sxemalarini, kuch transformatorlarini tanlashni, o’tkazgichlar va kabel o’zaklarining ko’ndalang kesimlarini qabul qilishini, reaktiv quvvatini kompensatsiyalash va ximoyaviy zaminlashlarni qamrab oladi.
Fanning o’qitilishidan maqsad - iste’molchilarni kerakli miqdorda va sifatda elektr energiyasi bilan ta’minlab beruvchi elektr ta’minot tizimini o’rganishdir.
O’quv fanini o’rganishning asosiy vazifalari: elektr ta’minot sistemasini ratsional qurish yo’llarini, shu sistemada ishlatadigan uskunlarni to’g’ri tanlash masalalarini, elektr ta’minot sistemasini optimal ishlashini oshirish metodlarini talabalar o’zlashtirishdir.
Bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’lish uchun talabalar quydagilarni o’zlashtirishi lozim: elektr iste’molchilarining guruhlashi va ularning tavsifini, elektr energiyasining sifat ko’rsatgichlari, elektr yuklamalar grafigi va hisobiy yuklamalarni aniqlash metodikalari, tsex elektr tarmoqlari sxemalari va ularning himoyalarini, yuklamalar kartogrammasini va yuklamalar markazini aniqlash, tashqi elektr ta’minotining xarakterli sxemalarni, podstantsiyalarda transformatorlarning sonini va quvvatini aniqlash, o’tkazgichlar va kabellar o’zaklarini ko’ndalang kesimlarini tanlash, qisqa tutashuv toki asosida elektr apparatlarni tanlash, reaktiv quvvat kompensatsiyalash uskunalarini hisoblash, neytral holati va himoyaviy zaminlash, neytrali mustahkam zaminlangan va izolatsiyalangan elektr qurilmalar, zaminlovchi qurilmalarning hisobiga ega bo’lishi kerak.
Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti fani asosiy elektr energetika fani xisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika) metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash; elektr texnikaning nazariy asoslari, energetika gidro va issiqlik qurilmalari, elektr texnologik qurilmalar, shaxarlarning elektr taminoti, elektr tarmoklar va tizimlar va
h.k fanlardan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari talab etiladi.
Sanoat korxonalarning elektr ta’minoti elementlari to’g’risida tushuncha xosil qilish va ularning tuzilishini tahlil qilish zarurdir. Ushbu fan talabaga yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun zaruriy bilimlarni beradi. SHuning uchun ushbu fan elektr energetika fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnalogik tizimining ajralmas bo’g’indir.
Do'stlaringiz bilan baham: |