7.5. Elektromexanik turidagi о‘lchash asboblarining turlari, metrologik tavsiflari
Elektromexanik turdagi asboblar magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik, ferrodinamik, elektrostatik va induksion tizimli asboblarga bо‘linadi. Bu tizimdagi asboblar nisbatan keng tarqalgan bо‘lib, quyidagi 7.1-jadvalda ularning tavsiflari keltirilgan.
7.3-rasm. Magnitoelektrik о‘lchash asbobi.
Magnitoelektrik о‘lchash asbobi 1-doimiy magnit; 2-magnit qutb uchliklari; 3о‘zak; 4-chulg‘am (qо‘zg‘aluvchan ramka); 5, 6-о‘q; 7, 7-spiralsimon prujinalar; 9strelka; 10-posongilardan tuzilgan.
Ramkadan о‘tayotgan tok bilan doimiy magnit maydonining о‘zaro ta’sirida ramkani harakatga keltiruvchi juft kuch F=BIlw hosil bо‘ladi. Ifodadagi V-qutb uchliklari va silindrsimon о‘zak oralig‘idagi magnit induksiyasi; w-ramkaning о‘ramlar soni; l- magnit maydonida joylashgan ramka faol qismining uzunligi; I-ramkadan о‘tadigan tok. Bu kuchlarning yо‘nalishi chap qо‘l qoidasiga binoan topiladi va ular hosil qilgan aylantiruvchi moment quyidagicha ifodalanadi: b
M 2F Fb BIlbw BswI ,
2 (7.4)
bu yerda b-ramkaning kengligi; s-ramkaning yuzasi.
Aylantiruvchi moment ta’sirida ramka о‘q atrofida aylanganida spiral prujinalar buralib teskari ta’sir etuvchi moment M –hosil qiladi.
М W , (7.5)
bu yerda W-solishtirma teskari ta’sir etuvchi moment bо‘lib, spiral prujinaning materiali va о‘lchamlariga bog‘liq; - ramkaning burilish burchagi (asbob kо‘rsatkichining shkala bо‘ylab surilishini kо‘rsatadigan burchak yoki bо‘laklar soni.)
Ramkaga ta’sir etayotgan ikki moment (aylantiruvchi va teskari ta’sir etuvchi) о‘zaro tenglashganda (M=M) ramka harakatdan tо‘xtab, muvozanat holatida bо‘ladi
(yoki bu holatni asbob qо‘zg‘aluvchan qismining turg‘un muvozanat holati deyilali)
BswI W , (7.6)
bundan
Bsw
I (7.7)
W
Oxirgi ifoda magnitoelektrik о‘lchash asboblarining shkala tenglamasi deb ataladi. Agar magnit induksiyasi B ni, ramkaning yuzasi S ni, uning о‘ramlar soni w va solishtirma teskari ta’sir etuvchi moment W larning о‘zgarmasligini hisobga olib, Bsw/W=SI desak, u holda SI ni о‘lchash mexanizmini tok bо‘yicha sezgirligi deyiladi, ya’ni SI=const.
Shuni hisobga olib, (7.7) ni quyidagicha yozish mumkin:
α= SII, (7.7)
ya’ni ramkaning burilish burchagi α о‘lchanadigan tokning qiymatiga tо‘g‘ri proporsional, bundan chiqadiki, tokning yо‘nalishi о‘zgarsa, α ning ham yо‘nalishi о‘zgaradi. Shu sababli magnitoelektrik о‘lchash asboblari о‘zgarmas tok zanjirida ishlatiladi va ularning shkalasi bir tekis darajalanadi.
Magnitoelektrik о‘lchash mexanizmlari ampermetr, voltmetr, ommetr va galvanometrlar sifatida ishlatiladi. Afzalliklari:
shkalasi tо‘g‘ri chiziqli;
sezgirligi yuqori;
о‘lchash xatoligi kichik. Kamchiliklari:
faqat о‘zgarmas tok zanjirlaridagina ishlay oladi;
bevosita katta qiymatdagi toklarni о‘lchay olmaydi; • tannarxi baland.
Do'stlaringiz bilan baham: |