26
Agar diagramma ma'lumotlar bazasi ko'rinishidagi axborotlar asosida yaratilayotgan
bo'lsa, unda keyingi bosqichda ishlatiladigan barcha axborotlar kerakli katakchalarga avtomatik
ravishda kiritiladi. Bundan keyin diagrammaning turli qismlarining bezatilish parametrlari
tanlanadi.
Оxirgi bosqichida tayyor diagrammani joylashtirish uchun ish varaq (joriy varaq yoki
alohida diagramma varag'i) tanlanadi.
Готово
tugmasi bosilgandan keyin diagramma yaratiladi.
Yaratilgan diagrammani formula sifatida ham qurish mumkin. Agar diagrammani qurishda
ishlatilgan ma'lumotlarga o'zgartirishlar kiritilsa, diagramma ham o'zgaradi. Tayyor diagramma,
tanlash va o'zgartirish mumkin bo'lgan, qator elementlardan iborat. Tanlangan element markerlar
yordamida belgilanadi.
Markerda sichqonchaning o'ng
tugmasini bosib, kontekst menyuda
Формат
punkti
tanlanadi va ochilgan
Формат
muloqat oynasi yordamida diagramma elementining mazmunini
va bezatilishini o'zgartirish mumkin bo'ladi.
Misol 1.
28
4.2.
MATEMATIK MODEL VA MODELLASHTIRISH
Model
(lat. modulus – o'lchov, me'yor) biror ob'yekt yoki ob'yektlar sistemasining obrazi
yoki namunasidir. Masalan,
Yerning modeli globus, osmon va undagi yulduzlar modeli
planetariy ekrani; odam suratini shu surat egasining modeli deyish mumkin.
Qadimdan insoniyatni yaxshi sharoitli turmush kechirish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash
muammolari qiziqtirib kelgan. Shuning uchun insoniyat dunyoning turli hodisalarni o'rganib
kelishi tabiiy xoldir. Dunyoning barcha tadqiqotlari bizga to'la bo'lmagan va juda aniq bo'lmagan
ma'lumot beradi. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosi sirini bilish,
jamiyat rivojlanish
qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit etmaydi. Tuzilgan model o'rganilayotgan hodisa va
jarayonni iloji boricha to'la aks ettirishi zarur.
Modellashtirish -
bilish ob'yektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari
yordamida tadqiq qilish, mavjud narsa va xodisalarning modellarini yasash va o'rganishdan
iboratdir.
Modellashtirish uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy-tadqiqot
jarayonini
osonlashtiradi, ba'zi hollarda esa murakkab ob'yektlarni o'rganishning yagona
vositasiga aylanadi. Modellashtirish, ayniqsa, mavhum ob'yektlarni, olis-olislarda joylashgan
ob'yektlarni, juda kichik hajmli ob'yektlarni o'rganishda ahamiyati kattadir.
Modellashtirish
uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisod fanlarida ob'yektning ma'lum xususiyat va
munosabatlarini aniqlash uchun xam foydalaniladi.
29
Matematik modellashtirish
aniq fanlarda turli amaliy masalalarni yechishda muvaffaqiyat
bilan qo'llanilib kelinmoqda. Matematik madellashtirish usuli masalani tasvirlaydigan u yoki bu
kattaliklarni miqdor jihatidan ifodalash, so'ngra esa ularni bog'liqligini o'rganish imkoniyatini
beradi.
Bu usul asosida matematik model tushunchasi yotadi.
Matematik
model deb, o'rganilayotgan obyektning matematik formula yoki algoritm
ko'rinishida ifodalangan xarakteristikalari orasidagi funksional bog'lanishga aytiladi.
Masalan, ideal gazning matematik modeli gazning bosimi
Do'stlaringiz bilan baham: