Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash haqida


§ 10. Issiqlik almashuvi apparatlari va quvurlarga xizmat ko‘rsatish



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/91
Sana09.02.2022
Hajmi0,61 Mb.
#438533
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   91
Bog'liq
Elektr stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xa

§ 10. Issiqlik almashuvi apparatlari va quvurlarga xizmat ko‘rsatish
279. Issiqlik almashuvi apparatlarini navbatdagi shahodatlash muddati tugagandan
keyin yoki ishonchli va xavfsiz ishlashiga xavf soluvchi nuqsonlar aniqlanganda,


ularning himoya elementlari va sath rostlagichlari mavjud bo‘lmasa va nosoz bo‘lganda
ularni ekspluatatsiya qilish man etiladi, hamda man etish sabablarini ko‘rsatib, issiqlik
almashuvi apparatlarining pasportida bu haqda yozib qo‘yilishi kerak.
280. Barcha quvurlar va issiqlik almashuvi apparatlari yuqori nuqtalarida havoni
chiqaruvchi, pastki nuqtalarida va turib qolgan zonalarida — bevosita havo bilan
birlashtirilgan, drenaj qurilmasiga ega bo‘lishi kerak.
281. Issiqlik almashuvi apparatlari ishlab turganda bosim ostida bo‘lgan, apparatning
ayrim elementlari biriktirmalarining nozikliklarini bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan
ishlarni yoki ta’mirlashni o‘tqazish man etiladi, bundan mazkur Qoidalarning 11 -
ilovasining 8-bandida qayd etilgan vaziyatlar istisno.
282. Issiqlik almashuvi apparatlarining saqlagich klapanlari, manometrlari va boshqa
armaturalari sozligini issiqlik almashuvi apparatlariga xizmat ko‘rsatish yo‘riqnomasiga
muvofiq xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tekshirishi kerak.
283. Bug‘-suvli traktlarda teshiklar aniqlanganda, sexning smena boshlig‘i zudlik bilan
xavfli zonasini aniqlashi, u yerda barcha ishlarini to‘xtatish, u yerdan barcha xodimlarni
olib chiqishi, shu zonani to‘sib qo‘yishi va “O‘tish man etiladi”, “Ehtiyot bo‘ling! Xavfli
zona” xavfsizlik belgilarini osib qo‘yishi shart.
Ko‘rilgan choralar to‘g‘risida yuqori turgan navbatchiga xabar berilishi kerak.
284. Ta’mirlashnishi kerak bo‘lgan issiqlik almashuvi apparati yoki quvurning
uchastkasi, unga bug‘ yoki issiq suv kelib tushishining oldini olish uchun yondosh
quvurlar va uskunalar, drenaj va aylanib o‘tuvchi liniyalar tomonidan uzib qo‘yilgan
bo‘lishi kerak. Atmosfera bilan bevosita ulanadigan drenaj liniyalari va havoni chiqarib
tashlagichlar ochiq bo‘lishi kerak.
285. Bug‘ quvurlarini puflash montaj, ta’mirlash yoki ishga tushiruvchi-sozlovchi
tashkilot (uchastka) rahbariyati tomonidan tasdiqlangan va korxona (sex) rahbariyati
bilan kelishilgan maxsus dastur bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.
Bug‘ quvurlarini puflash uchun ishlatiladigan vaqtinchalik puflash quvurlari,
issiqlikdan uzayishini hisobga olib, yopmalar va boshqa konstruksiyalarga
hisoblanmagan kuchlarni bermasdan erkin holda joylashtirilishi kerak va yonishni
oldini olish maqsadida ular yog‘och konstruksiyalariga tegishi mumkin emas.
Xizmat ko‘rsatish joylarida vaqtinchalik quvur izolatsiya bilan qoplangan bo‘lishi kerak.
Bino chegarasidan chiqadigan quvurlarning uchidagi qismi uchun o‘rnatilgan tayanch
ishonchli mustahkamlangan bo‘lishi kerak. Bug‘ni chiqarib yuborish joyi shunday
tanlanishi kerakki, ushbu xavfli zonada xodimlar, mexanizmlar va uskunalar bo‘lmasligi
kerak.
Puflashni rostlash uchun bug‘ quvurining puflanayotgan uchastkasi boshida bug‘li
surilma qopqoq o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Puflashni boshlashga qadar barcha
puflanayotgan quvur issiqlik izolatsiyasi bilan qoplangan va qo‘zg‘almas tayanchlar
tortib qo‘yilishining sifati tekshirilgan bo‘lishi kerak. Bug‘ quvuri oldidagi havozalar va
to‘shamalar qismlariga ajratib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Bevosita puflashdan oldin, ifloslanishni oldini olish uchun drenajlar yopiq bo‘lishi shart.
Bug‘ zadvijkasini asta sekin ochish kerak.
Gidravlik urish alomatlari paydo bo‘lganda bug‘ quvuriga bug‘ berilishi zudlik bilan
to‘xtatilishi va barcha drenajlar to‘liq ochilishi shart.
Bug‘ quvurlarining puflashda ishtirok etuvchi xodimlar bug‘ quvuri uning quo‘g‘aluvchi
tayanchlari va osmalari holatini nazorat qilib turishlari shart.
Vaqtinchalik puflash quvurining chiqarish quvuri chiqqan joyidagi hudud to‘silgan
bo‘lishi va uning chegaralari bo‘yicha kuzatuvchilar qo‘yilishi shart.
Puflashda ishtirok etuvchi xodimlar shovqinga qarshi naushnik yoki tiqinlar bilan
ta’minlangan bo‘lishi shart.
286. Issiqlik almashuvi apparatlari va quvurlarga xizmat ko‘rsatish mazkur
Qoidalarning 10-ilovasi talablariga muvofiq amalga oshirilishi shart.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish