E. H. Eshboyev, Y. M. Fayziyev teri va tanosil kasalliklari


Qo'tir kasalligi ko'payib ketsa



Download 421 Kb.
bet45/56
Sana22.03.2021
Hajmi421 Kb.
#61875
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56
Bog'liq
т ере ва таносил

4. Qo'tir kasalligi ko'payib ketsa,
qanday davolash muassasasi
ochiladi?

  1. ka'rantin e'lon qilinadi;

  2. pruregozoriy;

D) leprazoriy;

E) skabiazoriy.

5. Qo'tirni davolashda yaxshi samara beradigan dori vositasi:


  1. benzilbenzoat;

  2. ACD malhami;

D) psoberan;

E) monomitsin.


78

79

7-amaliy mashg'ulot

DERMATIT VA TOKSIKODERMIYALAR

Terining yallig'Ianishiga sabab bo'Iadigan kasal-liklarni o'rganish. Terining qattiq qichishishi bilan (aJlergik) kechadigan kasalliklar etiopatogenezi

^Dermatit terining yaJlig'lanishi, tashqi muhit ta'siri natijasida paydo bo'ladi. Dermatitning o'ziga xos belgilaridan bin, unga ta'sir qiluvchi omil to'xtashi bilan teridagi yallig'lanish tuzalib, nom-nishon qolmaydi, ayni vaqtda qayta ta'sir etilsa kasallik yana qo'ziydi. Dori ichganda yoki muskulga, teri orasiga, venaga yubo-rilgandan keyin ta'sir etishi natijasida terining yallig'lanishi toksi­kodermiya deb ataladi. Dermatitlarni keltirib chiqaruvchi omillar tabiatiga ko'ra fizik, kimyoviy va biologik turlarga bo'linadiJ t Fizik omillar — mexanik ta'sirlar (terining qisilishi, unga bo'lgan bosim), yuqori va past harorat (badanning kuyishi, so-vuq olishi), quyosh, rentgen, radioaktiv nurlar va boshqalar.

Kimyoviy omillar — kislota, ishqor, tuz va boshqa moddalar. Bular ko'pincha kasbga aloqador va turmushda uchraydigan der-matitlarga sabab bo'ladi.-—'

Biologik omillar — ba'zi o'simliklar ta'siri, chivin, hasharot-lar chaqishi va boshqalarb

Shartsiz ta'sirlar (ishqor, kislota, qaynoq suv va boshq.) tu-fayli ro'y bergan dermatitda yallig'lanish ta'sirot tekkan joyning o'zida birdaniga vujudga keladi. Dermatitning bu turi — kontakt dermatit deyiladi. Kontakt dermatit oddiy yoki atrifitsial (sun'iy) bo'lishi mumkin.

Shartli, fakultativ qitiqlovchi omillar ta'sirida paydo bo'lgan dermatit faqat shu omillarga nisbatan sezuvchanligi yuqori orga-nizmda kuzatiladi, ular allergik dermatit deb ataladi. Allergik dermatit terining biron joyiga allergen ta'sir etgandan boshlab, orada muayyan inkubatsion davr o'tganidan keyin va allergen takror ta'sir qilgandan so'ng boshlanadi. Biror moddaga o'ta sezuvchan bo'lgan organizmning asta-sekin kimyoviy jihatidan

80

shu moddaga yaqin boshqa moddalarga ham sezuvchan bo'lib qolishi allergik dermatitga xos.



Oddiy kontakt dermatit bilan og'rigan bemorlar allergen bar­taraf qilinganidan keyin ancha tez sog'ayib ketadi. Toksik derma­titda esa kasallik qo'zg'atuvchi omil bartaraf qilinishiga qaramay bemorning ahvoli og'ir kechadi, Masalan, salvarsanli dermatit. Ba'zi bir dorilar qabul qilinganda badanning ayrim qismlariga toshma­lar toshadi, oradan ma'lum vaqt o'tgandan so'ng shu dori takror qabul qilinganda toshmalar yana toshadi. Bunday toksikodermiya mahkamlangan yoki fiksatsiyalangan toksikodermiya deb ataladi.

' Allergik kontakt dermatitda toshgan toshmalarning tanada joy-lashishi va shakli muhim ahamiyatga ega.^Masalan, uzunasiga joy-lashgan toshmalar ko'pincha o'simliklar bilan kontaktda bo'lganda kuzatiladi, toshmalarning yuz, qo'l, badanning ochiq, ya'ni quyosh nuri bevosita tushib turadigan sohalarda joylashishi esa quyoshli dermatit (fotodermatit)dan dalolat beradi.

^Mexanik omillar ta'sirida vujudga keladigan dermatitlar. Teri­ning ayrim joylari kesilishi, bosilishi, shuningdek, ishqalanishi oqibatida kuzatiladi, ortiqcha terlash epidermisning rezistentligi-ni kamaytiradi va shu soha terisida siyqalanish ro'y beradi. Qo'l panjasining ichki qismi, poyabzalning qisib turadigan joylarida mexanik dermatit ko'p uchraydi.>

O'tkir mexanik dermatitda zararlangan teri qizarib shishadi, keyinchalik ichi seroz yoki gemorragik suyuqlik bilan to'la pufak-cha yoki pufaklar paydo bo'ladi. Bora-bora pufaklar yorilib, o'rnida eroziyalar vujudga keladi. Bemor, asosan, shish va og'riqdan shikoyat qiladi. Epidermisning zararlanishi, eroziyalar hosil bo'li­shi ikkilamchi infeksiyaning rivojlanishi uchun qulay sharoit yara-tadi. Natijada xastalik piodermiyaga aylanib ketishi mumkin.

Surunkali mexanik jarohatlanish teri yallig'Ianishiga, epider­misning qalinlashishi va giperkeratozga olib keladi. Bunday teri dag'allashib, o'z xususiyatini yo'qota boradi. •


81


Davosi. Teri qizargan bo'lsa, indefferent upa va malhamlar (ruxli), shuningdek, eritema va shish bo'lganda ho'l bog'lamlar (3 % li borat kislotasi, qo'rg'oshinli suv) va kortikosteroidli malhamlar buyuriladf>>

6-53


( Pufakchalarni aseptika qoidalariga rioya etgan holda ochish, * so'ngra kaliy permanganat bilan yuvib, anilin bo'yoqlaridan surtish tavsiya etiladi. Piodermiya biian murakkablashgan hollarda antibio-tikli krem va malhamlar bilan davolash zarar. Surunkali infil-tratsiyalangajn dermatitlarni davolashda 3—5 % li salitsil malhami qoilaniladi. -""

t Dori-darmonlar ta 'sirida vujudga keladigan dermatitlar va toksikodermiyalarf,Keyingi 10 yil mobaynida dori-darmonlar tu-fayli vujudga keladigan (medikamentoz) dermatitlar tez-tez uch-raydigan bo'lib qoldi. Buning asosiy sabablaridan biri davolash amaliyotida antibiotiklar va sulfanilamidlarning nihoyatda ko'payib ketganligidir. Allergik dermatitlar tarqoq yoki chegaralangan shaklda bo'ladi-(mahkamlangan yoki fiksatsiyali).

Tajribada antibiotiklar ta'sirida kelib chiqadigan dermatitlar tez-tez uchraydi, ba'zan ularni kasbga oid dermatitlarga ham ki-ritish mumkin. Chunki bunday dermatit tibbiyot hamshiralari, shifokorlar, farmatsevtika zavodlari hamda dorixona xizmatchila-rida ko'p uchraydi. Penitsillin, streptomitsin, tetratsiklin va bosh­qa antibiotiklar kuchli allergen xossasiga ega. Antibiotikli kontakt dermatit toshmalari, asosan, yuz, bo'yinda va qo'l sohalarida joylashadi, uning klinik ko'rinishi ekzemaga o'xshab namoyon bo'ladi. Antibiotiklar keltirib chiqargan toksikodermiya toshmalari ko'pincha bo'rtmalar tarzida ifodalanadi va kuchli qichish bilan kechadi. Ba'zan tarqalgan ekzemasimon tugunchali-pufakchali toshmalar toshadi, ayrim hollarda eritrodermiya yoki eksfoliativ depnatit kuzatiladi.

<- Sulfanilamid dorilarini tez-tez va uzoq vaqt qabul qilish

sulfanilamidli toksikodermiyaga olib keladi. Dermatitning bu xili klinik ko'rinishi jihatidan og'iz shilliq pardasi va terida uchraydigan ko'p shaklli ekssudativ eritemani eslatadi. Bunda avval bitta, keyin esa bir necha dog'lar hosil bo'ladi. Dog'lar yumaloq, har xil kattalikda, pushti, ko'k yoki ko'kimtir-qo'ng'ir rangda bo'ladi. Ba'zan og'iz yoki jinsiy organlar shilliq pardasida joylashgan dog'­lar ustida mayda yoki katta pemfigoidli pufakchalar paydo bo'lishi mumkin; pufaklar til va tishga tegib tezda yoriladi, shu bois ba'zan shifokoruni ko'rmay qolishi mumkin. Yorilgan pufakchalar o'rnida



82

eroziyalar hosil bo'lib, qattiq bezovta qiladi, og'riydi, bemor og'ziga ovqat olishdan bezillaydOBunday eroziyalar pemfigus va ko'p shaklli ekssudativ eritemada uchraydigan eroziyalarga o'xshash bo'lib, ularni bir-biridan ajratish qiyin. у Sulfanilamid dorilar takror qabul qilinganda, toshmalar awalgi o'rnida paydo bo'ladi, lekin bu toshmalarning kattaligi dastlabkisidan ajralib turadi. Yuqorida keltirilgan toksikodermiya-ning klinik ko'rinishi novokain, simob, salvarsan va boshqa dorilar qabul qilinganida ham kuzatilishi mumkin.^




Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish