va diniy ta'limotlarning diniy talqinidan tashqari ilmiy tushuncha, ta'limot, nazariya, falsafiy xulosalar bilan
qurollantirishdan iborat. Buning uchun hozirgi zamon fani yutuqlari asosida dinning kelib chiqishi,
evolyusiyasi, hozirgi xolati, insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy hayotida tutgan o'rni
2-maqsad O'rta Osiyoda, shu jumladan O'zbekistonda USH asrdan boshlab islom yagona hukmron dinga
aylanganligi, halqimiz turmush tarziga chuqur kirib borganligini hisobga olib, uning shaxs, oila, jamiyat
hayotida tutgan o'rni, madaniyat va ma'naviyat, san'at va adabiyotni boyitishga qo'shgan xissasi xususida
talabalarni ilmiy-falsafiy bilimlar asosida fikr yuritishga o'rgatilishidan iborat.
ta'limotlari, yo'nalish va oqimlari mazhab va sektalari haqida umumiy ilmiy tasavvur hosil kilish orqali
o'zlari mustaqil falsafiy xulosalar chiqara olish malakasini hosil qilishdan iborat.
Konstitusiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi yangi taxrirdagi Qonun, Jinoyat,
Fuqaroliq Oila, Yoshlar kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko'rsatmalar, qoidalar dasturul amal
Birinchidan, Oliy o'quv yurti talabalariga shu soxada chuqur bilim berish orqali kurs doirasiga kirgan
masalalarni taxlil etishda ilmiylik va ob'yektivlik uslubini qo'llanib, ularga diniy qarashlar taraqqiyotiga,
inson kamolotiga xizmat kiladigan jihatlarni ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy-falsafiy
dunyoqarashga asoslangan dunyoviy iymon va e'tiqodni shakllantirish.
Ikkinchidan, ibtidoiy din shakllaridan tortib to urug', qabila va milliy dinlargacha, ularda jahon
dinlarining paydo bo'lishi va rivojlanishining ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlarini tarixiy dalillar
asosida har tomonlama ilmiy taxlil kilish va umumlashtirish.
Uchinchidan, kursni o'rganish jarayonida dinning ta'rifi, tavsifi, diniy va ilmiy kategoriya (asosiy
tushunchalar), dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli bosqichlarda tutgan o'rni;
jamiyatni, shaxsni ma'naviy kamol toptirishda milliy va diniy qadriyatlarning ahamiyati; Islomning
Markaziy Osiyo, jumladan O'zbekiston xalqlari madaniyati va ma'naviyatiga ta'siri kabi masalalarni falsafiy
taxlil qilish.
Turtinchidan, talabalarga islom manbalari – Qur'oni Karim, Hadis, shariat haqida umumiy ilmiy
tushunchalar berish, uni rivojlantirishga ulkan xissa qo'shgan vatandosh bobokalonlarimiz hayoti va ijodi
bilan tanishtirish; hadislarning tarbiyaviy ahamiyatini keng yoritish; tasavvuf ta'limotini takomillashtirishda
xamyurtlarimiz ijodini bayon etish.
Beshinchidan, hozirgi davrda mustaqil mamlakatimizda vijdon erkinligining to'lik kafolatlanganligini
isbotlab berish, islomdagi real qadriyatlarni tiklash yulida qilinayotgan sa'y-xarakatlarni tavsiflash, nixoyat,
milliy va diniy qadriyatlarning sog'lom avlodni, jumladan talabalarni kamol toptirishga bag'ishlash ularda
ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: