Muqaddas shahar
Islom olamida gultoj, muborak shahar bo`lgan Buxoro qadimdan hozirgacha
muqaddas hisoblanadi. Mustaqilligimiz sharofati bilan ko`hna va navqiron
Buxoroning Sharqda, xususan, musulmon olamida shuhrati yanada ortib bormoqda.
Haqiqatan ham, Buxoro Islom uyg`onishi davrining eng ulkan va asosiy
markazlaridan bo`lgan. Bu shahar va unga tobe hududlarda yashagan yuzlab olim-u
tabiblar, muhandis-u tafsirchi olimlar uning obro`-e‟tiborini ko`kka ko`targanlar. Al-
Narshaxiy «Tarixi Buxoro» asarida «Agar Buxoro olimlarining hammasini zikr
qilsak, bir necha daftarni tashkil etadi», - deb yozgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |