Mutal Burhonov
Tabiatdagi o`ziga xos nozik tarovatlarni shoirlar she‟rga solsa, musavvirlar
bo`yoqqa ko`chiradi, musiqachi esa kuy va qo`shiqlarda ijro etadi. Bastakor Mutal
Burhonov qadimiy Buxoroda o`sdi. U qadimiy obidalar sehri, tabiat go`zalligidan
qattiq ta‟sirlanar, qalbida ajib tuyg`ular jo`sh urar, quvonchdan vujudi to`lib-toshib
nimadir aytish, cho`qqilarga qarab hayqirgisi keladi. Bularning hammasi bir kuy,
qo`shiq, yirik shakldagi musiqa asarlari bo`lib otilib chiqdi. Uning ijodi o`zbek
musiqasining eng yorqin sahifalaridan birini tashkil etadi.
59
Ustoz asarlarining fazilatlaridan biri milliylikdir. Mutal Burhonov musiqa
san‟atimizni rivojlantirib, uni bir qator yangi musiqa asarlari bilan boyitdi.
Ustoz yaratgan nodir asarlar asl san‟at namunasi sifatida yillar osha
yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |