2-namuna.
Matnni o`qing. Undagi juft otlarni aniqlang, o`zingiz ham
matndagi otlardan juft otlar yasang.
Buyuk bir donishmand odomzotning nopok istaklari va tuban ehtiroslarini bir
uyga qamab qo`yilgan uch maxluq: odam, to`ng`iz va arslonga o`xshatgan ekan. U
odam deganda aql-idrokni, to`ng`iz deganda insonning chirkin istaklarini, arslon
deganda esa qahr-u g`azabini nazarda tutibdi. Bu uch maxluqning qaysi biri zo`r
chiqsa, qamaldan uyda o`sha ustunlik qilar emish.
Bu qissadan hissa shuki, to`ng`iz bilan sher, ya‟ni tuban ehtiroslar qanchalik
zo`r bo`lmasin, aql-idrok, baribir, yengusidir.
(O.Yoqubov)
Do'stlaringiz bilan baham: |