Demokratiya” tushunchasi mohiyati va demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari. Demokratiya


O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari va ularning tavsifi



Download 0,65 Mb.
bet11/51
Sana23.07.2022
Hajmi0,65 Mb.
#845462
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51
Bog'liq
1-30 gumanitar javoblar

9. O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari va ularning tavsifi.


Xar kanday davlatning yuzi, oru-e’tiibori uning kontitutsiyasi xisoblanadi. Zotan Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan komusdir. Shu ma’noda asosiy komusimiz xalkimizning irodasini, ruxiyatini, ijtimoiy ongi va iadaniyati aks ettiradi.
Xammamizga ma’lum Uzbekiston Respublikasining Kontitutsiyasi 12 chakirik Uzbekiston Respubliasi Oliy Kengashining 11 sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda kabul kilingan.
Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi olti bulimdan va 26 bobdan iborat bulib, ularda davlat suvereniteti, fukorolirining asosiy xukuklari, erkinliklari va burchlari, jamiyat va shaxs manfaatlari, munosabatlari, ma’muriy-xududiy va davlat tuzilishi, davlatlar xokimiyatini tashkil etish bilan boglik konuniy-xukukiy normalar tulik aks ettirilgan.
Uzbekiston Respublikasi Kontitutsiyasinig asosiy prinsiplari

  • Davlat suvereniteti.

  • Xalk xokimiyatchiligi.

  • Fukoro erkinliklari va xukuklarining daxlsizligi va ustivorligi.

  • Demokratizm.

  • Davlat va shaxsning uzaro ma’sulligi.

  • Xokimiyatning konun chikaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatiga bulinishi.

  • Maxalliy uz-uzini boshkarish.

  • Sud (idoralari) tuzilishi va sudlov.

  • Xalkaro munosabatlarda tashki siyosiy va tashki iktisodiy alaokalarning faolligi.

DAVLAT BAYRO/I.
"Uzbekiston Respublikasinig Davlat bayrogi tugrisida" konun 1991 yil noyabrda Uzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sakkinchi sessiyasida kabul kilindi. Uzbekiston Respublikasining Davlat bayrogi ramzi mamlakatimiz xududida ilgari mavjud bulgan goyat kudratli saltanatlar bayroklariga xos bulgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan xolda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalkimizning milliy va madaniy uzligini xam aks ettiradi.Bayrokdagi xavorang-zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy-lojuvard-xavorang Sharkda azaldan kadrlanadi, vaktida buyuk Amir Temur xam uz bayrogiga bu rangni tanlagan. Ok - rang tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustakil davlat uz yulida baland davonlardan oshib utishi kerak. Bayrogimizdagi ok rang yulimizning musaffo va charogon bulishi uchun yaxshi niyat ramzidir.
+izil yullar - bu xar bir tirik jonning kon tomirida urib turgan xayotiy kuch, xayot ramzidir.
Yashil rang - serne’mat va orombaxsh tabiat timsoli. Xozirgi vaktda butun dunyoda atrof muxitni muxofaza kilish xarakatlari keng yoyilmokda: ularning ramzi xam yashil rangdir.
Yarimoy - Uzbekiston xalkining kup asrlik an’analariga muvofik keladi. yarimoy va yulduzlar - musffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayrogimizda 12 yulduz tasviri bor. 12 rakami kadimdan buyon mukammallik timsoli xisoblanadi. Davlat bayrogi - bizning utmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzidir.
DAVLAT GERBI.
"Uzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tugrisida" konun 1992 yil 2 iyulda Uzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 13 sessiyasida kabul kilindi.
Gerbning markazida tasvirlangan - kanotlarini keng yozib turgan XUMO kushi - baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Buyuk bobokalonimiz A.Navoiy Xumo kushini barcha tirik mavjudotlar ichida eng saxovatlisi deb ta’riflangan. Gerbning yukori kismida respublikamizning sobit va barkarorligining amzi sifatida sakkiz kirrali yulduz tasvirlangan. Uning ichida yarimoy va besh kirrali yulduz ifodalangan.
+uyosh tasviri - davlatimizning yuli xamisha nurli bulishi uchun bildirilgan yaxshi niyat timsoli. Ayni paytda u Respublikamizning noyob tabiiy iklim sharoitini kursatib turadi.
Boshoklar - rizk-ruzimiz bulmish gallaning timsoli, oppok bulib ochilgan paxta chanoklari- serkuyosh yurtimizning dongini butun dunyoga taratgan asosiy boyligimiz ramzidar. Bugdoy boshoklari va paxta chanoklarining davlat bayrogiga uxshagan lenta bilan urab kuyilganligi - bu respublikada yashayotgan xalklar yakdilligining timsolidir. Gerb rangli tasvirda bulib, Xumo kushi kumush rangda; kuyosh, boshoklar paxta chanogi va "Uzbekiston " degan yozuv tilla rangda; guza shoxlari va barglari, vodiylar yashilrangda; toglar xavorangda; chanokdagi paxta, daryolar, yarimoyo va yulduz ok rangda; Uzbekiston Respublikasining Davlat bayrogi tasvirlvngan lenta turt xil randa berilgan.
DAVLAT MADXIYaSI.
"Uzbekiston Respublikasi Davlat madxiyasi tugrisida" konun 1992 yil 10 dekabrda Uzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11 sessiyasida kabul kilingan.
Shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burxonov tomonidan taklif etilgan variant tasdiklandi.
Davlat madxiyasi, davlat mustakilligining timsodli bulib, u Uzbekiston fukorosida vatanparvarlik tuygusini uygotadi.
Uzbekiston Respblikasi Davlat madxiyasi jamoatchilik oldida ijro etilganida ishtirokchilar uni tik turib, erkaklar bosh kiyimlarini olib yoki unga kulini "chest" kilib turib eshitadilar.
10. Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va uning asosiy tamoyillari.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — Oʻzbekiston Respublikasining asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega boʻlgan siyosiyhuquqiy hujjat. 1992 yil 8 dek.da 12chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11 sessiyasida qabul qilingan. "Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida"gi Konstitutsiyaviy qonun (1991 yil 31 avg .) ushbu Konstitutsiya uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish gʻoyasi ilk bor 1990 yil 20 iyunda boʻlib oʻtgan mamlakat Oliy Kengashining 2sessiyasida ilgari surilgan. Ushbu sessiya Prezident I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy komissiyani tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat birlashmalari, korxonalar va xoʻjaliklarning rahbarlari, huquqshunos olimlar va mutaxassislar kirgan. Oliy Kengashning 10sessiyasida komissiya tarkibi qisman yangilangan. Komissiya ishlab chiqqan loyiha matbuotda eʼlon qilinib, keng muhokama etilgan. Konstitutsiyaviy komissiya umumxalq muhokamasi yakunlarini koʻrib, loyihani tuzatib va maʼqullab Oliy Kengash sessiyasida koʻrib chiqishga tavsiya qilgan. Loyiha Oliy Kengash sessiyasida ham moddamamodda muhokama etilgandan soʻng qabul qilingan. 2002 yil 27 yanvarda oʻtkazilgan umumxalq referendumi natijalariga koʻra hamda uning asosida qabul qilingan 2003 yil 24 apreldagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qoʻshimchalar kiritilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muqaddima, 6 boʻlim, 26 bob, 128 moddadan iborat. Muqaddimada Konstitutsiya qabul qilish sabablari va mamlakatimiz oldiga qoʻyilgan vazifalar belgilangan. 1boʻlimda Oʻzbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatidagi asosiy konstitutsiyaviy prinsiplari koʻrsatilgan. Bunday prinsiplar qatoriga davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi hamda tashqi siyosat tamoyillari kiradi. "Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari" deb atalgan 2boʻlim inson huquqlarishtt Oʻzbekistonga xos yaxlit va keng tizimidir. Konstitutsiya Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqaroliknp oʻrnatdi. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklari huquq normalarigamuvofiqtaʼminlanadi. Oʻzbekistonda hamma uchun vijdon erkinyaigi kafolatlanishi Konstitutsiyada mustahkamlangan, har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli, meros huquqi bilan kafolatlanadi. Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqiga egadir. Barcha fuqarolar dam olish huquqiga ega boʻlib, ish vaqti va haq toʻlanadigan mehnat taʼtilining muddati qonun bilan belgilanadi. Har bir inson bilim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Konstitutsiyada har bir shaxsga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy xattiharakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Xotin-qizlar va erkaklar teng huquklidirlar. Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish fuqarolar uchun majburiydir. Oʻzbekistonni himoya qilish — mamlakat har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga majburdirlar.
Konstitutsiyaning 3boʻlimi "Jamiyat va shaxs" deb ataladi. Bu boʻlimda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi kafolatlanishi bayon etilgan. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi, mulkdor mulkiga oʻz xohishicha egalik qilishi, foydalanishi va uni tasarruf etishi taʼkidlanadi. Roʻyxatdan oʻtkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida eʼtirof etiladi. Konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad qilib qoʻyuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qiluvchi, xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan birlashmalarning , milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Konstitutsiyada koʻrsatilishicha, otaonalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar, shuningdek, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar oʻz otaonalari haqida gʻamxoʻrlik qilishga majburdirlar. Oʻzbekistonda ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Senzurata yoʻl qoʻyilmasligi alohida taʼkidlanadi.
Konstitutsiyaning 4boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriyhududiy tuzilishita bagʻishlangan. 5boʻlim davlat hokimiyatining tashkil etilishi haqida boʻlib, unda hokimiyat vakolatlarini taqsimlash prinsipi oʻz ifodasini topgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati asoslari, Oʻzbekiston Respublikasi sud hokimiyati, saylov tizimi, prokuratura, moliya va kredit, mudofaa va xavfsizlikka oid alohida boblar bor.
Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish tartibi soʻnggi 6boʻlimda oʻz ifodasini topgan. Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining kamida 2/, qismidan iborat koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki Oʻzbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun — 8 dekabr umumxalq bayrami — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni deb eʼlon qilindi (OʻzR qonuni, 1992 yil 8 dek.).
2001 yil 4 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganishni tashkil etish toʻgʻrisida" farmoyishi chiqdi. Farmoyish asosida barcha taʼlim turlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganish yoʻlga qoʻyilgan.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish