Dehqonchilik xaritalarini loyihalash va tuzish bitiruv malakaviy ishi


Bitiruv malakaviy ishning maqsadi



Download 1,81 Mb.
bet3/9
Sana14.07.2022
Hajmi1,81 Mb.
#801417
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
diplom ishi

Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. Dehqonchilikning hududiy tarkibini tashkil qilish asosida, dehqonchilik xaritalarini loyihalash va tuzish uslublari.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda malakaviy ish oldiga quyidagi vazifalarning bajarilishi belgilab qo`yilgan:

  • Xaritaga olish obyekti sifatida dehqonchilikning o`rniga xos xususiyatlari, milliy iqtisodiyotda tutgan o`rni, uning tarmoqlari va ularni hududiy joylashtirishni o`rganish;

  • Dehqonchilik xaritalarini olishda O`zbekistonda va ayrim xorijiy mamlakatlarda orttirilgan tajribalarni o`rganish, tahlil qilish va umumlashtirish;

  • O`zbekistonda dehqonchilikning yetakchi tarmoqlari:donchilik va paxtachilik xaritalarini mazmunini ishlab chiqish va xarita maketini yaratish.

Bitiruv malakaviy ishning obyekti va predmeti. Bitiruv malakaviy ishning obyekti sifatida o`rganilayotgan dehqonchilik belgilansa, uning predmeti bo`lib esa tadqiqot jarayonida tuzilgan dehqonchilik haritalari hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishning metodlari. Ijtimoiy-iqtisodiy xaritalarni hamda xaritalarini loyihalash doirasida, yaratilgan ilmiy g`oya va tushunchalar, bevosita O`zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, mamlakatimiz Prezidenti Sh. Sh. Mirziyoyevning bu haqida ko`rsatma va asarlari, mazkur muammo bo`yicha ilmiy ishlar olib borgan olimlarning ishlari va ularning tahlili.
Bitiruv malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ish kirish, 3 bob, 10 bo`lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
I BOB. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI DEHQONCHILIGI TADQIQOT OBYEKTI SIFATIDA


1.1. O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo`ljallangan strategiyasi


Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini isloh qilish, xususan, sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiyaning mavjud emasligi yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga, sohaga investitsiyalarni keng jalb etishga, ishlab chiqaruvchilarning yuqori daromad olishiga va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.
“Mamlakat qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ulkan salohiyatga ega. Bozorlarimiz to‘kin, xalqimiz rizqi mo‘l-ko‘l bo‘lishidan tortib eksportdan qo‘shimcha daromad topishgacha bo‘lgan juda ko‘p masalalar shu soha bilan bog‘liq. Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. Davlat xarid narxlari qariyb 3 barobarga ko‘paytirilgani natijasida manfaatdorlik oshdi. Paxtachilik va g‘allachilik hashar emas, chinakam daromad manbaiga aylandi. Yangi texnologiya va innovatsiyalarni joriy qilish, mehnat unumdorligi va ish haqini oshirish maqsadida 76 ta paxta-to‘qimachilik klasteri tashkil etildi”, — takidlab o`tganlar muhtaram Prezidentimiz.
Joriy yilning o‘zida 25 ming gektar paxta maydonlarida suv tejovchi yangi sug‘orish tizimi joriy qilindi. Foydalanishdan chiqqan 1 million 100 ming gektar yerni qayta ishga kiritish bo‘yicha sa’y-harakatlar boshlandi. Bular, albatta, yaxshi natijalar, lekin mazkur ishlar — islohotlarning birinchi bosqichi.
Prezident faqat bugunni emas, balki ertangi kunni ham o‘ylab, uzoqni ko‘zlab islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish vazifasini qo‘ymoqda. Shu maqsadda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi ishlab chiqilmoqda. Bu iqtisodiyotning asosiy o‘sish nuqtasi, “drayveri” bo‘ladi. Ming-minglab ish joylari yaratiladi, odamlarning daromadi oshadi.
Yig‘ilishda mazkur strategiyani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan muhim vazifalar belgilab berildi.
Bunda, avvalo, qishloq xo‘jaligi yerlarining aniq hisobini yuritish, ulardan foydalanishni takomillashtirish lozimligi qayd etildi. Shundan kelib chiqib, “Yergeodezkadastr” qo‘mitasiga 2021-yil oxirigacha respublikaning barcha hududlarida yerni hisobga olish ishlarini yakunlash, yer hisobini yuritish bo‘yicha yagona elektron bazani yaratish topshirildi.
Qayd etilganidek, unumdorlikni oshirishga, ko‘p yillik mevalar yetishtirishga intilishi uchun yer egalarining ertangi kunga to‘la ishonchi bo‘lishi kerak. Shu bois, prezident qonunchilikni qayta ko‘rib chiqib, yer ajratishning shaffof tizimi va yerga bo‘lgan huquqning kafolatlanishini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish hamda kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida:

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish