Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan


Paj — O`rta asr Yevropasida aslzoda sen`orlar, yirik feodallarga xizmat qiluvchi dvoryan  yigit, mahram.  Paladin



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/73
Sana10.11.2022
Hajmi0,73 Mb.
#863200
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Paj —
O`rta asr Yevropasida aslzoda sen`orlar, yirik feodallarga xizmat qiluvchi dvoryan 
yigit, mahram. 
Paladin
— O`rta asrlarda G’arbi Yevropada podsho saroyidagi amaldor, to`ra. 
Parlamentlar
— feodal Frantsiyasida oliy sud muassasalari va ma`muriy muassasalar. 
Dastlab qirolning sud va ma`muriy ishlar bo`yicha kengashi vazifasini o`tadi. Lyudovik IX 
davridayoq (XIII asr) yirik feodallar yustitsiyasi bilan kurashda qirol yustitsiyasini 
markazlashtirish va ko`chaytirish quroli bo`lib xizmat qildi. Filip IV CHiroyli 1303 yilda Parijda 
parlamentni bir yilda ikki marta yig’iladigan ancha muayyan tashkilotga aylantirdi. Parlamentlar 
taraqqiyoti o`rta asr dunyoviy yuristlarning, ya`ni legistlarning faoliyati bilan bog’langan. Parij 
parlamentlari bilan bir qatorda provintsiyalarda oliy sud bo`lib hisoblangan provintsial 
Parlamentlar ham paydo bo`ldi. Parlamentlarga a`zolik, Genrix IV (1589– 1610 yillar) 
zamonidan boshlab sotila boshladi va faoliyat xuquqi sifatida meros bo`lib o`ta boshladi. 
Parlament a`zolarining axvoli xususiy mulk xarakteriga ega bo`lgan xuquqni aks ettirgani uchun 
Parlamentlar ma`lum darajada mustaqillikka ega edilar va ular ba`zi qirol xukumati bilan qattiq 
nizolashib qolar edilar. 


36 
Magnatlar
— G’arbi Yevropada, ayniksa, feodal — krepostnoy Pol’shasi va 
Vengriyadagi yirik feodallarning nomi. 
Manufaktura
— kapitalistik ishlab chiqarishning yirik mashina sanoati paydo bo`lmasdan 
ilgari shakli. Amerikaning kashf etilishi va Xindistonga dengiz yo`li ochilishi dastlabki 
jamg’arish protsessini tezlashtirdi. Ishsiz qolgan juda ko`p ishchilarning mavjuddigi va 
mablarlarning jamg’arilayotganligi o`ziga xos kapitalistik ishlab chiqarish — manufakturaga 
o`tish uchun sharoit yaratib berdi. Manufaktura quyidagi asosiy belgilarga ega: 
a) kapitalistning ayrim ishchilar mehnatini bir korxonaga birlashtirishi
b) ishlab chiqarishda kul mehnatining ustunligi; 
v) korxonada mehnatning aniq taqsimlanishi. Manufakturada mehnat taqsimoti ishda 
chaqqonlik va tezlikni oshirish, ish vaqtidan to`la foydalanish va ish asboblarini maxsuslashtirish
orqali samarasi kapitalist tomonidan o`zlashtiriladigan mehnat ish unumdorligini oshirdi. 
Manufaktura maxsulot bahosini kamaytirish yo`li bilan ishchi kuchi bahosini pasaytiradi, ya`ni 
zaruriy mehnat ulushini kamaytiradi va kapitalist tomonidan o`zlashtiriladigan qo`shimcha 
mehnat ulushini ko`paytiradi. Mehnatning manufaktura taqsimoti individual ishchi mehnatini 
batamom kapitalistga bo`ysundiradi. Manufaktura ishlab chiqarishi keyinchalik aniq mehnat
taqsimoti, mehnat qurollarining maxsuslashuvi, malakali ishchilarning etishib chiqishi
bilan mashinalashgan yirik sanoatga aylana bordi. 
Patariya
— XI asrda SHimoliy Italiyada, ayniqsa, Milanda shahar aholisining 
kambag’allashib ketgan tabaqasining xalq harakati. Pataraiya SHimoliy Italiya shaharlarida 
.kommunalarning tashkil bo`lishiga yordam qildi. 
Perlar
— Frantsiya va Angliyada oliy aristokratlar namoyandalarining unvoni. 
O`rta asrlarda kelib chiqqan. TSirol hokimiyatining kuchayishi bilan perlarning ahamiyati 
pasayib ketdi, perlar unvoni Frantsiyada 1789 yilda bekor qilindi. Angliyada perlar unvoni 
saqlanib qoldi. Buni meros qilib olgan shaxslar lordlar palatasida qatnashish xuquqiga ega 
bo`ldilar. 

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish