Davlat universiteti psixalogiya fakulteti psixalogiya bo


 Inson psixikasining ilmiy-tadqiqot metodlari



Download 291,33 Kb.
bet9/47
Sana10.07.2021
Hajmi291,33 Kb.
#114286
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
Bog'liq
Iroda nazariyasi

3. Inson psixikasining ilmiy-tadqiqot metodlari 
Yaqin va uzoq chet el psixologiyasi fanida inson psixikasini  tadqiqot qilish 
metodlarining  turlicha  klassifikasiyasi  (tasnifi)  berilgan.  Umumiy  psixologiya 
sohasi  bo’yicha  xilma-xil  ilmiy  asosga  qurilgan  nazariyalar  mavjud  bo’lib, 
ularning har qaysisi to’kislik va nuqsonli tomonlariga ega. quyida biz rus psixologi 
B.G.Ananev  tavsiya  qilgan  klassifikasiyaga  asoslangan  holda  metodlar 
xususiyatini yoritib beramiz. 
B.G. Ananev psixikani  o’rganish  metodlarining tashkiliy, empirik  (amaliy), 
olingan  natijalarni  qayta  ishlash  yoki  statistik  hamda  natijalarni  harshlash  deb 
nomlab,  ularni  to’rtta  katta  turkumga,  guruhga  ajratgan.  Mazkur  metodlar  guruhi 
o’z  navbatida  uning  maqsadi  va  vazifasiga  binoan  yana  bir  nechta  toifa  hamda 
turlarga  bo’linadi.  Navbatdagi  fikrda  ana  shu  metodlarning  umumiy,  xususiy  va 
o’ziga xos xususiyatlariga hamda qiyosiy tavsifiga to’xtalamiz. 
Tadqiqot metodlarining birinchi guruhi tashkiliy deb nomlanib, u o’z ichiga 
qiyoslash,  longityud  (uzluksiz),  kompleks  (ko’pyoqlama)  deb  ataladigan  turlarni 
qamrab  oladi.  qiyoslash  metodi  umumiy  psixologiya  (turli  guruhlarni  o’zaro 
solishtirish), sosial psixologiya (katta yoki kichik guruhlar hamda ularning har xil 
toifalarini  o’zaro  taqqoslash),  medisina  psixologiyasi  (sog’lom  va  bemor 
kishilarning  psixik  xususiyatlarini  qiyoslash,  sport  psixologiyasi  (sportsmenlar 
holati,  ularning  uquvchanligi  va  ishchanligini  o’zaro  chog’ishtirish)  kabi  fanlarda 
unumli foydalaniladi. 
Umumiy  psixologiyasi  fanida  qiyoslash  metodi  turli  yoshdagi  odamlarning 
bilish  jarayonlari,  shaxs  xususiyatlari,  bilimlarini  o’zlashtirish  xossalari,  aqliy 
qobiliyati,  saloshiyati,  taraqqiyoti  dinamikasi,  shaxs  jinsiy  tafovutlari  va  o’ziga 
xosligi, individual-tipologik holatlarini o’rganishda tatbiq etiladi. Rus psixologlari 
L.S.Vigotskiy, 
P.P.Blonskiy, 
A.A.Smirnov, 
B.G.Ananev, 
D.B.Elkonin, 
P.Ya.Galperin  singari  olimlar  va  ularning  shogirdlari  tadqiqotlarida  qiyoslash 
metodidan  foydalanilgan.  Keyingi  yillarda  xalq  ta'limi  va  oliy  ta'lim  tizimida 
hamda ishlab chiqarishda XX asrning 70- yillaridan e'tiboran to Hozirgi davrgacha 
"inson omili" muammosining mushokamaga qo’yilishi, vaqt taqchilligi, ishchanlik 
imkoniyati,  qobiliyati,  psixologik  moslik  masalalarining  aloshida  ahamiyat  kasb 
etishi mazkur metodni keng qo’lamda qo’llashni taqozo etmoqda. Bundan tashqari,  
tajribada olingan miqdoriy ma'lumotlar ishonchlilik darajasini oshirish uchun ham 
iyoslash  metodi  ishlatiladi.  Ayniqsa,  sinaluvchilardagi  o’zgarishlarni  ko’ndalang 
kesim  holatda  olib  qarash,  tadqiqot  bosqichini  kesib,  ya'ni  vaqtincha  to’xtatib, 
loshida  tashlil  qilish  ushbu  metodga  borgan  sari  diqqat-e'tibor  tobora  ortib 
borayotganligidan  dalolat  beradi.  Masalan,  tajribaning  birinchi  bosqichining  turli 
yoshdagi  va  jinsdagi  odamlarga  ta'sirini  aniqlash  va  hokazolar  shular 
jumlasidandir. 
Umumiy  psixologiyada  qiyoslash  metodi  bilan  bir  qatorda  longityud 
(uzluksiz)  metodi  ham  keng  qo’lamda  qo’llaniladi.  Ushbu  metodning  boshqa 
metodlardan  farqli  tomoni  shundan  iboratki,  uning  yordamida  bir  yoki  bir  necha 

sinaluvchilar  uzoq  muddat,  shatto  o’n  yillar  davomida  (A.Termenning  50  yillik 


uzluksiz tajribasi shozircha rekord shisoblanadi) tekshiriladi. Longityud metodidan 
AqShlik A.Termen, nemis psixologi V.Shtern, fransuz R.Zazzo va Sh.Byuler, rus 
psixologlari  N.A.Menchinskaya,  A.N.Gvozdev,  N.S.Leytis,  V.S.Muxina  va 
boshqalar ko’p davrlardan beri unumli foydalanib keladilar. 
Mazkur metod orqali har xil jinsli egizaklar (Shasan-Shusan, Fotima-Zushra) 
yoki aralash jinsli (Shasan-Zushra, Fotima-Shusan) qo’shaloqlar kuzatilgan.  
Shuning 
uchun 
bir 
talay 
tadqiqotlarning 
"ona 
kundaligi" 
(N.A.Menchinskaya,  V.S.Muxina)  deb  nomlanishi  bejiz  emas.  Uzoq  muddat 
davomida  muayyan  bir  shaxsni  (kichik  guruhni)  kuzatish  sinaluvchida  yangitdan 
paydo  bo’layotgan  fazilatlarining  taraqqiyot  dinamikasi,  uning  xulq-atvoridagi 
illatlar  (me'yordagi  xatti-harakatdan  chetga  og’ish)  va  ularning  oldini  olish 
muammolari  yuzasidan  material  yig’ish,  shuningdek,  murakkab  psixologik 
munosabatlar,  ichki  bog’lanishlar,  qonuniyatlar,  mexanizmlar  to’g’risida 
mukammal, ishonchli, barqaror ma'lumotlar to’plash imkonini yaratadi. 
Longityud  metodi  yordamida  sub'ektiv  omillarning  o’ziga  xosligidan 
tashqari,  sinaluvchiga  ob'ektiv  (tabiiy)  hart-haroitlarning,  ijtimoiy  psixologik 
mushitning  ta'siri  ham  o’rganiladi.  Chunonchi,  egizaklarning  o’zaro  o’xshashligi 
va  ularning  tafovutlanishi,  ta'sirlanishi,  shis-tuyg’ularining  o’zgarishi,  shaxslar 
o’rtasidagi  individual  farqlar  (ishchanligi,  temperamenti,  oliy  nerv  faoliyati 
sistemasi  va  hokazolar)  yuzasidan  olingan  ma'lumotlar  longityud  metodining 
harofati bilan ro’yobga chiqadi. 
XXasrning  ikkinchi  yarmida  XXI  asrning  boshlarida  fan  va  texnikaning 
taraqqiyoti  psixologik  tekshirishlarning  ilmiylik  darajasini  yanada  oshirish  uchun 
(sub'ektiv  omillar  ta'sirini  kamaytirish  maqsadida)  kompleks  programma  asosida 
boshqa  fanlar  (medisina,  fizika,  fiziologiya,  biologiya,  sosiologiya,  kibernetika, 
statistika, filosofiya, logika) bilan birgalikda tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo 
qilmoqda.  Bu  voqelik  fan  olamida  integrasiya  (qo’shilish,  uyushish)  jarayoni  yuz 
berayotganligi  ko’rsatkichi  ifodasidir.  Amaliy  xususiyatga  molik  ilmiy-tekshirish 
ana  shu  ko’pqirrali  (kompleks)  yondashishni  talab  etmoqda.  Psixologiya  sohalari 
(psixofiziologiya,  kosmos,  tibbiyot  psixologiyasi,  mushandislik  yoki  aviasion 
psixologiya)  o’rtasida  esa  tadqiqot  ob'ektiga  tizimli  yondashish  prinsipi  amalga 
oshirilmoqda.  Ushbu  ijtimoiy  psixologik  voqelik  sohalar  diffensiyasidan 
(ajralishidan)  dalolat  bermoqda.  Kompleks  metod  yordamida  o’rganilayotgan 
ob'ektdagi  o’zgarishlar  turli  sohaviy  nuqtai  nazaridan  tashlil  qilinadi  yoki  ularga 
har  xil  yondashiladi.  Masalan,  shaxsning  muayyan  bilimlarni  egallash  xususiyati 
psixologik 
jishatdan 
tekshirilayotgan 
bo’linsa, 
kompleks 
(ko’pyoqlama) 
yondashish ta'sirida ana shu o’zgartirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy, 
biologik  xususiyatlari  ochib  beriladi.  Aytaylik,  keksayishning  biologik  omillarini 
o’rganish  qari  kishidagi  psixologik,  fiziologik,mantiqiy  jishatlarining  ochilishiga 
xizmat  qiladi.  Kompleks  (ko’pqirrali)  programma  (dastur)  yordamida  amalga 
oshirilgan  tadqiqotning  natijasi  ilmshunoslik  uchun  muhim  ahamiyatga  molik 
bo’lib,  insonshunoslik  muammolarini  shal  qilishda  ham  aloshida  ijobiy  rol 
o’ynashiga shak -shubsha yo’q. 

Ilmiy-tadqiqot  metodlarining  ikkinchi  guruhi  amaliy  (empirik)  metodlar 


majmuasidan  iborat  bo’lib,  uning  tarkibiga  kuzatish  (o’zini  o’zi  kuzatish), 
eksperiment  (tabiiy,  laboratoriya),  test  (sinash),  anketa  (varaqa),  so’rov, 
sosiometriya,  sushbat,  intervyu,  faoliyat  jarayoni  va  mashsulini  tashlil  qilish, 
tarjimai  shol  (biografiya),-shaxsiy  guvoshnoma,  shujjat,  turmush  faoliyati 
voqealarini  tashlillash  kabilar  kiradi.  Amaliy  metodlar  sinash,  tekshirish,  diagnos 
(tashxis) va prognoz (bashorat) qilish vazifalarini bajaradi. Insonning tug’ilishidan 
tortib  to  umrining  oxirigacha  davr  oralig’ida  sodir  bo’ladigan  psixologik 
o’zgarishlarni chuqurroq, ob'ektiv ravishda tadqiq etish uchun navbati bilan amaliy 
(empirik) metodlar guruhidan foydalanish samarali natija beradi. Chunki bir metod 
ikkinchisini  to’ldirishga  xizmat  qiladi.  Ilmiy-tadqiqot  metodlarining  uchinchi 
guruhi  olingan  natijalarni  qayta  ishlashga  mo’ljallangan  bo’lib,  statistik  (miqdor) 
va  psixologik  sifat  tashlili  turlarga  ajratiladi.  Psixologik-pedagogik  tadqiqotlarda 
ko’pincha quyidagi statistik metodlardan foydalaniladi. 
 

Download 291,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish