Davlat universiteti psixalogiya fakulteti psixalogiya bo


 Reorientasiya psixologik muammo sifatida



Download 291,33 Kb.
bet17/47
Sana10.07.2021
Hajmi291,33 Kb.
#114286
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47
Bog'liq
Iroda nazariyasi

6. Reorientasiya psixologik muammo sifatida 
Psixologiya  fanida  kasb  tanlashga  yo’llash  (proforientasiya)  atamasi  qadim 
zamondan  qo’llanilib  kelinadi.  Lekin  ijtimoiy  shayotning  keyingi  davrlarida 
boshqa bir atama fanimizga kirib keldi, u reorientasiya (qayta yo’llash) deb atalib, 
insonni yangi bir moslashmaga (ko’nikmaga), kasbga yo’naltirishni bildirib keladi. 
qayta  kasbga  yo’llash  (reorientasiya)  o’ta  insonparvarlik  (gumanistik)  g’oyani 
kasbini  o’zgartiruvchi  yoki  ishsiz  qolgan  shaxs  ruhiyatiga  singdirishni  anglatadi. 
Ishlab chiqarishga avtomat qurilmalarning (elektron moslamalarning, robotlarning) 
kirib kelishi ish o’rinlarining qisqarishiga olib keladi. Muassasa, tashkilot, korxona 
rentabelligining  pasayishi  ham  xodimlarga  nisbatan  eshtiyojning  kamayishini 
keltirib  chiqaradi.  Ma'lumki,  bozor  iqtisodiyoti  raqobatga  asoslanadi,  shuning 
uchun  testlarga  bardosh  beruvchi,  yuqori  malakali,  mashoratli,  bilimdon,  komil 
insongina  sinovlardan  muvaffaqiyatli  o’ta  oladi,  xolos.  o’rtamiyona  darajadagi 
mutaxassislar esa ish o’rnini yo’qotib, vaqtincha ishsizlar ro’yxatiga kiradi. 
Ishsizlik,  ish  o’rnini  yo’qotish  ayollarda  o’kinchli  (ayanchli)  shis-tuyg’ular 
qobig’iga  o’ta  murakkab  kechadi,  go’yoki  tragediya,  shalokat,  judolik  vujudga 
kelganda  ham  ekstravertlik,  ham  introvertlik  xususiyatlari  uyg’unlashganday  yuz 
beradi. Erkaklar esa bunday vaziyatlarga matonat bilan, iloji boricha shissiyotlarga 

berilmasdan,  aql-zakovat  maromlariga  tortilganlik  to’yg’usi  ustuvorligida 


namoyon  bo’ladi.  Erkaklarda  achinish,  xafaxonlik  kechinmalari  tarzida  shukm 
surishi,  asta-sekin  uning  ta'sir  kuchi  pasayishi  kuzatiladi.  Bunda  insonning  ruhiy 
kechinmalari keskin o’zgarishining asosiy omillari sifatida uning ish davri va yoshi 
ijtimoiy muammo maydoniga chiqadi. Yoshning ulg’ayishi yangi mushit, o’zgacha  
haroit,  notanish  jamoa  va  uning  nufuzi  kabi  masalalar  yechimiga  salbiy 
munosabatni  keltirib  chiqaradi.  Mazkur  ob'ektga  uzoq  davr  mehnat  faoliyatini 
bag’ishlash  ham  frustrasiya  holatini  harakatlantiruvchi  safida  asosiy  rol  o’ynashi 
mumkin.  Xullas,  har  ikkala  omil  ham  frustrasiyaning  manbai  vazifasini  o’taydi 
(bajaradi),  noxush  muvaqqat  kechinmalar  vujudga  kelishi,  kechishi,  rivojlanishi 
jarayonlarini uzluksiz ravishda bajarib turadi. 
Hozirgi  zamon  mehnat  birjalarida  reorientasiya  (qayta  kasbga  yo’llash) 
ishlari  olib  borilishi  markazlashtirilgan.  maxsus  xodimlar  kompyuter  xotirasiga 
joylashtirilgan  shahar,  tuman  bo’yicha  ixtisoslar  bo’yicha  yoki  ixtisoslararo 
mutaxassislar  ro’yxati  (zaruriyati,  eshtiyoji,  talabi)  bilan  ish  izlab  kelgan  mushtoj 
shaxs  tanishtiriladi.  Aksariyat  mehnat  birjalarida  psixologlar  yetishmaganligi 
tufayli  tasodifiy  xodim  ish  bilan  ta'minlash,  bo’sh  o’rinlarni  to’ldirish  bilan 
shug’ullaniladi, xolos. Aslida esa bu xizmat qator omillarni tekshirish, o’rganishni 
taqozo  etadi,  ilmiy  psixologik  qonuniyatlar  asosida  ish  yuritishni  talab  qiladi, 
chunonchi: 
1. 
Shaxsning fazilatlari, xarakterologik xislatlari. 
2. 
Shissiy jabshalari va irodaviy sifatlari. 
3. 
Insonning kognitiv va regulyativ imkoniyatlari. 
4. 
Eshtiyoji, motivi, motivasiyasi, motivirovkasi. 
5. 
Kasbiy mayli, qiziqishi, layoqati. 
6. 
Professiogramma talablariga mosligi, kasbiy yarog’ligi. 
7. 
Iqtidori (iste'dodi), qobiliyati, saloshiyati. 
8. 
Kasbiy bilimlari, ko’nikmalari, malakalari, mashorati. 
9. 
Umumiy saviyasi, dunyoqarashi, maslagi (e'tiqodi). 
10. 
Salomatligi, jinsiy xususiyatlari, yoshi. 
11. 
Izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, innovasiyaga nisbatan munosabati. 
12. 
Ijtimoiy yetukligi, tashkilotchilik qobiliyati. 
13. 
Ekstravertligi va introvertligi. 
14. 
Yuksak insoniy tuyg’ularga (axloqiy, aqliy, nafosat, praksik) egaligi. 
15. 
Fidoiylik, altruistik, vatanparvarlik fazilatlari ustuvorligi va boshqalar. 
Yuqorida  sanab  o’tilgan  mezonlar  bo’yicha  tekshirish  ishlari  bir  necha 
metodlar, metodikalar orqali ko’p seriyali tajribalar negizida amalga oshiriladi.  
Buning  uchun  testlardan  qobiliyatga,  shaxsga,  ijodiyotga,  xotiraga 
shaxslararo  munosabatga  (oid),  maxsus  ishlab  chiqilgan  materiallardan,  maqsadli 
vaziyatlardan,  qiyinlashtirilgan  topshiriqlardan,  muammolardan,  psixologik 
treninglardan, psixodramalardan va boshqalardan foydalaniladi. 
Olingan  natijalar  sifat  va  miqdor  jishatdan  tashlil  qilingandan  keyin 
muayyan  xulosalar  chiqariladi.  Xulosalar  asosida  reorientasiya  sub'ekti  roziligida 
ishga  mushtoj  shaxs  taklif  qilingan  kasbga  yo’naltiriladi.  Ish  joyning  masofasi, 
uning ekologiyasi, sangigienasi, maoshi, istiqboli,  

muammoli  jishatlari  yuzasidan  mukammal  fikr  almashiniladi,  toki  hartnoma 


qonuniy  shujjat  ekanligi  (qiymatiga)  zarar  keltirmasin  (ba'zan  kelishuvdan  voz 
kechish  holatlari  ham  yuz  berib  turadi).  Psixologik  kuzatishlarning  ko’rsatishiga 
qaraganda,  reorientasiya  (kasb  tanlashga  yo’llash)  kabi  bosqichlardan  tashkil 
topgan  bo’lib,  ular  qisqa  fursatda  (muddatda)  o’tishi  bilan  o’zaro  muayyan 
darajada tafovutlanadi. Jumladan, kasbiy maorif, kasbga yo’llash, kasbga saralash, 
kasbiy  moslashish  tezkorlikda,  mukammal,  o’ziga  xos  xususiyatlari  bilan 
tavsiflanadi.  Ayniqsa,  kasbiy  moslashish  davri  o’ziga  xos  tarzda  kechadi,  bir 
bosqich ikkinchisi bilan silliq uzviy bog’lanib ketadi. Kasbning moddiy (iqtisodiy) 
tomoni,  ijtimoiy  faollik  (nufuzga  egalik),  ma'naviy  ta'minlanganlik  (ruhiy 
ko’tarinkilik shissiyotining ustuvorligi) insonning qaytatdan ijtimoiy shayotdan o’z 
o’rnini  topish  imkonini  yaratadi,  uning  umrini  uzaytiradi,  ruhiy  imkoniyatlari, 
zaxiralari, potensiyasi, rezervi ishga tushishiga puxta negiz shozirlaydi. 
Reorientasiya  (qayta  kasbga  yo’llash)  gumanistik  psixologiya  tamoyillarini 
turmushga  tatbiq  etishga  zarur  hart-haroitlar  yaratadi.  Inson  omilini  qadrlashga, 
butun imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga, ezgu niyat, orzu shavas, istak-xoshish 
ushalishiga  negiz  vujudga  keltiradi.  Ko’p  profilli  kasb-shunar  egalari  safini 
kengaytirishga  xizmat  qiladi,  komillikka  intilish  tuyg’usini  jonlantiradi,  zarur 
bilimlar, malakalar bilan qurollantirishga turtki beradi. 
Reorientasiya  inson  imkoniyatini  qaytatdan  sinashning  manbai  shisoblanib, 
o’zini o’zi kashf qilishi, o’zini o’zi boshqarishi, o’zini o’zi tashkillashtirish, o’zini 
o’zi basholash, o’zini o’zi refleksiyalash, o’zini o’zi indentifikasiyalash kabi shaxs 
fazilatlarini ro’yobga chiqarishga xizmat qiladi. 
 
  

Download 291,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish