II. Paydo bo’lish usuliga ko’ra undoshlar tasnifi
Undosh tovushlar paydo bo’lish usuliga ko’ra (aytilish usuliga ko’ra, hosil bo’lish usuliga ko’ra) 3 ga bo’linadi: a) Portlovchi undoshlar b) Sirg’aluvchi undoshlar d) Qorishiq undosh
a) Portlovchi undoshlarni talaffuz qilganda ikki nutq a’zosi o’zaro bir-biriga jipslashadi, natijada havo oqimi ular orasidan zarb bilan portlab chiqadi. Portlovchi undoshlarga quyidagilar kiradi: b, p, d, t, j, ch, g, k, q, m, n, ng
b) Sirg’aluvchi undoshlarni talaffuz qilganda ikki nutq a’zosi o’zaro jipslashmasdan bir-biriga yaqinlashadi, natijada havo oqimi ular orasidan ishqalanib-sirg’alib o’tadi. Sirg’aluvchi undoshlarga quyidagilar kiradi: v,f,z,s,j,sh,g’,x,h,y,r,l.
d) Ch undoshini qorishiq undosh deyilishiga sabab t portlovchi undoshi bilan sh sirg’aluvchi undoshining qo’shiluvidan hosil bo’lgan undoshdir. Ch=t+sh Bu undoshni qorishiq deyilishiga sabab yarim portlovchi, yarim sirg’aluvchi undoshdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |