Davlat byudjetining obyektiv zaruriyati. Kirish. Asosiy qisim. I bob. Davlat byudjetning obyektiv zaruriyati va ni davlat asosiy funksiyalari bilan bog’liqligi. Davlat byudjetining ahamiyati



Download 155,54 Kb.
bet7/12
Sana08.02.2022
Hajmi155,54 Kb.
#435792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Davlat byudjetining obyektiv zaruriyati

Konfederatsiya - davlatlarning ittifoqi bo’lib, xalqaro-huquqiy xarakterga ega. Konfederatsiya yangi davlatning vujudga kelishiga olib kelmaydi. Jahon tarixida konfederatsiyalar vujudga kelib, ulardan federativ davlatlar ajralib chiqqanligi bilan bog’liq voqealar uchrab turadi. Ayrim davlatlar amalda federativ davlatlar bo’lsada (Shveytsariya, Kanada), o’z nomlarida konfederatsiya qo’shimchasini saqlab qolganlar. Yaqin o’tmishga qaraydigan bo’lsak, ayrim konfederatsiyalar tashkil etilib, uzoqqa cho’zilmaganligiga guvoh bo’lamiz (masalan, Senegambiya - Senegal va Gambiyaning 1981-1988-yildagi ittifoqi).
Konfederatsiya nisbatan kam tarqalgan davlat tuzilishi shaklidir. Konfederatsiya davlatlar birlashmasi yoki ittifoqi bo’lib, uni tashkil etuvchi davlatlar o’z mustaqilligini to’la saqlab qoladi, o’zining hokimiyat, boshqaruv va adliya organlariga ega bo’ladi. Konfederatsiyaga a’zo davlatlar o’z faoliyatini muvofiqlashtirish uchun qo’shma organlar tuzadi. Mazkur organlar qat’iy belgilangan sohalarda faoliyat ko’rsatadi va qat’iy belgilangan (iqtisodiy, siyosiy, harbiy va b.) maqsadlarni ko’zlaydi. Konfederatsiyaga ba’zan davlatlarning federatsiyaga birlashish sari tutgan yo’lidagi oraliq bo’g’in deb ham qaraladi. Konfederatsiya alomatlari Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH)da ham mavjud.
Byudjet tuzilishi mamlakatning davlat byudjetini, uning bo’g’inlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tashkil qilish shakllarini, byudjet tasnifini, byudjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi byudjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, byudjet tizimi byudjetlari tarkibi va tuzilmasini, byudjet mablag’larini shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi (3.2-rasm).

3.2-rasm. Byudjet tuzilishining tarkibi17


Byudjet tuzilishining asosini mamlakatning davlat tuzilishi shakli, amaldagi qonun hujjatlari, davlat byudjetining iqtisodiyot va ijtimoiy hayotdagi o’rni belgilab beradi.
Unitar davlatlarda, odatda ikki pog’onali byudjet tizimi amal qiladi:

  • davlat byudjeti (bu bo’g’in turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan, davlat byudjeti, markaziy byudjet, respublika byudjeti, hukumat byudjeti kabi);

  • mahalliy (munitsipal) byudjetlar.

Federativ asosda tarkib topgan davlatlarda uch pog’onali byudjet tizimi shakllangan bo’lib, quyidagi bo’g’inlarni o’z ichiga oladi:

  • federal byudjet (turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan: davlat byudjeti, markaziy byudjet, federal byudjet);

  • federatsiya subyekt(a’zo)larining byudjetlari;

  • mahalliy (munitsipal) byudjetlar.

Jahon amaliyotida davlat tuzilishining shakllariga mos ravishda bir qancha byudjet tuzilishi modellari shakllangan:

  • markazlashmagan (nomarkazlashgan) model;

  • markazlashgan model;

  • aralash model.

Byudjet qurilishining markazlashmagan (nomarkazlashgan) modelida markaziy va mahalliy byudjetlar avtonom (mustaqil) bo’lib, ularning har biri o’z xarajatlarini to’liq qoplay oladigan daromad manbalariga ega bo’ladi.
Markazlashgan model barcha darajadagi byudjetlarni yagona davlat byudjetida birlashtirishni nazarda tutadi, bunda markaziy byudjet barcha mahalliy byudjetlar uchun (daromadlilik darajasini) tartibga soluvchilik vazifasini bajaradi.
Byudjet qurilishining aralash modeli barcha darajadagi byudjetlarni yagona davlat byudjetida birlashtirishni nazarda tutadi, lekin bunda har bir mahalliy byudjetning o’z xarajatlarini qoplashga mo’ljallangan o’z daromad manbalari mavjud bo’lgani holda, har bir yuqori turuvchi byudjet o’zidan quyi turuvchi byudjetlarning daromadlilik darajasini tartibga solish vazifasini o’taydi.
Byudjet tuzilishining har qanday modeli byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tashkil etish shakli sifatida, quyidagi uchta holatning mavjudligiga asoslanadi: birinchidan, hokimiyatning barcha darajalarida xarajat vakolatlarining aniq chegaralanishi; ikkinchidan, bu vakolatlarni to’liq bajarish uchun har bir darajadagi hokimiyatning yetarli fiskal resurslar bilan ta’minlangan bo’lishi; uchinchidan, byudjet tizimidagi vertikal va gorizontal nomutanosiblikni byudjet transfertlari yordamida tekislash va shu asosda mamlakatning barcha hududlarida davlat xizmatlarining bir xildagi standartini ta’minlash.

Fiskal federalizm – federal hukumat va hududiy hokimiyatlarning moliya sohasidagi vakolatlarining o’zaro taqsimlanishi.


Download 155,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish