Davlat byudjetining obyektiv zaruriyati. Kirish. Asosiy qisim. I bob. Davlat byudjetning obyektiv zaruriyati va ni davlat asosiy funksiyalari bilan bog’liqligi. Davlat byudjetining ahamiyati



Download 155,54 Kb.
bet3/12
Sana08.02.2022
Hajmi155,54 Kb.
#435792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Davlat byudjetining obyektiv zaruriyati

1.1 Davlat asosiy funksiyalari.

Har bir mamlakatning normal ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanishi uchun samarali faoliyat qiluvchi davlat zarur. Davlat jamiyatga va mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat qilishi uchun me’yoriy va institutsional tuzilmalarning qonuniy asoslarini yaratish va shu bilan o’z fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun moddiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi. Shu vazifalardan kelib chiqqan holda, davlatning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat (1.1-rasm):


Davlat yuqorida bayon qilingan o’z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun, shuningdek, mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida dolzarb bo’lgan strategik maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o’z qo’lida to’plamog’i obyektiv zaruriyatdir. Aynan shu obyektiv zaruriyatning mavjud bo’lishi davlat byudjetining mavjud bo’lishini va amal qilishini taqozo etadi.

1.1-rasm. Davlatning asosiy funksiyalari
Iqtisodiy ilm ahllari orasida o’zining teran ilmiy qarashlari, moliya, soliq, sug’urta, davlat byudjeti kabi kategoriyalarning mazmun-mohiyati, funksiyalari, kishilik taraqqiyotidagi o’rni, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi ahamiyati, amaliyotda namoyon bo’lish shakllari to’g’risidagi fundamental tadqiqotlari va o’quv-uslubiy ishlanmalari bilan tanilgan o’zbek iqtisodchi olimlari T.Malikov va N.Xaydarovlarning “Davlat byudjeti” nomli o’quv qo’llanmalarida “davlat byudjeti” tushunchasi haqida quyidagi fikrlar keltirilgan: “Davlat byudjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo’lgan bo’lib, uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog’liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy belgilari davlat faoliyatining va byudjetning taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab beradi”1.
Turli davrda va turli iqtisodiy maktab vakillari tomonidan yaratilgan darslik va ilmiy adabiyotlarda “davlat byudjeti” tushunchasining turlicha talqini keltiriladi. Ayrim adabiyotlarda davlat byudjetiga “davlat daromadlari va xarajatlari yozilmasi” sifatida ta’rif berilsa, boshqalarida “davlatning asosiy moliyaviy rejasi” deb ta’riflanadi, uchinchilari esa “markazlashgan pul fondini shakllantirish va ishlatish shakli” deb qaraydilar.
Yuqorida keltirilgan ta’riflarning har biri davlatning ma’lum funksiyalarini bajarish maqsadida markazlashgan pul fondlarini shakllantirish va ularda jamlangan moliyaviy resurslarni sarflash bilan bog’liq munosabatlarning u yoki bu jihatini aks ettiradi.
Davlat byudjetining mazmunini yoritishga turli davr va turli yo’nalishdagi iqtisodiy maktablar vakillari bo’lgan iqtisodchi olimlar turlicha yondoshganlari haqida yuqorida fikr yuritgan edik. Masalan, nomi keltirilgan o’quv qo’llanmada “Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo’shilishini tushunmoq kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon bo’lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi”2, - deb izohlangan.
Agar xorijiy adabiyotlardagi “davlat byudjeti” tushunchasining talqiniga nazar tashlasak, masalan, “Public budgeting systems”3 nomli qo’llanmada keltirilishicha, “davlat byudjetining kelib chiqishi, rivojlanishi va isloh qilib borilishi davlat boshqaruvidagi rasmiy shaxslarni o’z xatti-harakatlari uchun javobgarlik va mas’uliyatga chaqirishga bo’lgan intilish bilan bog’liq”4. “Demokratik jamiyatda byudjet – bu hukumatning kuch va imkoniyatlarini cheklash, bir qolipga solish vositasi sifatida qaralishi mumkin”.

  • davlat byudjetining mohiyati, zarurligi va funksiyalari, byudjet tizimi, byudjet tuzilishi, byudjet siyosatining mazmuni, vazifalari, rivojlanish bosqichlari, byudjet tizimini boshqarish va tartibga solish asoslari, xorijiy mamlakatlar byudjet tizimi va byudjet jarayoni, byudjet daromadlari va xarajatlari tarkibi va tuzilishi, byudjet daromadlarining shakllanish manbalari, byudjet xarajatlarining tarkibi va tuzilishi, respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar o’rtasidagi byudjetlararo munosabatlarning shakllari, byudjet munosabatlarini tashkil etish shakllari haqida tasavvurga ega bo’lishi;

  • davlat byudjeti rivojlanishining qonuniyatlarini, davlat byudjeti holatini baholash va tahlil qilishni, byudjet istiqbolini belgilash asoslarini, byudjet jarayonining tashkil etilishi va o’ziga xos xususiyatlarini, O’zbekiston Respublikasining moliya-byudjet qonunchiligi asoslarini, byudjetning g’azna ijrosini tashkil etish nazariyasi va amaliyotini, byudjet tizimini tashkil etish tamoyillarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • byudjet ko’rsatkichlarining prognoz hisob-kitobini tuzish, byudjet ijrosi yakunlarini tahlil etish, byudjet tizimi va byudjet tuzilishi, byudjet nazorati, byudjet mablag’lari oluvchilar va byudjet tashkilotlari majburiyatlarini bajarish, byudjet tizimi byudjetlari faoliyatini tartibga solish, byudjet ijrosi va byudjet tashkilotlari smetalari ijrosi bo’yicha hisobotlarni tuzish va tahlil etish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi;

  • davlat byudjeti ijrosi bo’yicha hisobotlarni tuzish va tahlil etish, ijro natijalarini hisob-kitob qilish, byudjet munosabatlarini tashkil qilishda axborot tizimlaridan foydalanish, byudjet amaliyotiga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlardan maqsadga muvofiq foydalanish, davlat byudjetining rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash maqsadida ilmiy tadqiqotlarni o’tkazish bo’yicha malakalarga ega bo’lishi kerak.kerak.




Download 155,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish