MASHQLAR BAJARISH
Qoida tushuntirilgach, mustahkamlash uchun 141-mashq bajariladi. Uni vaqt va imkoniyatga qarab ikki bosqichda bajartirish mumkin. Av-val to'ldiravchining ostiga chizgan holda gaplar ko'chiriladi, so'ng to'ldiruvchi bog'langan so'z bilan birga alohida ko'chiriladi. Bunda to'ldiruvchi so'z birikmasida tobe so'z bo'lib kelayotganiga e'tibor qa-ratish kerak.
142-mashqda grammatik topshiriqlar bajarilgach, ilm qadri, ilmga chanqoqlik haqida suhbat uyushtiriladi. Suhbat so'ngida ilm mavzusida hadis, hikmat, maqollar keltiriladi. Boshqa alloma ajdodlarimiz hayo-tidan lavhalar so'zlanadi.
144-mashqdagi kataklarda quyidagi gap yashiringan:
Ayrilganni ayiq yer, bo'linganni bo'ri yer.
Do'stlaringiz bilan baham: |