Dars usuli: Savol-javob
Darsning jihozi: savollar to'plami, gaplar yozilgan plakat
Darsning rejasi:
Tezyurar o'yini.
"Gapni o'zgartir" musobaqasi.
"Xatosini top" musobaqasi.
Zukkolar bellashuvi.
DARSNING BORISHI:
1.Tashkiliy qism:
a)salomlashish;
b)davomatni aniqlash;
d) she’riy daqiqalar.
2. Uy vazifasini so’rash va baholash.
3.Mustahkamlash.
1. His-hayajon gap deganda nimani tushunasiz?
2.His-hayajon gaplarning qanday belgilari bor?
3.His-hayajon gaplar oxiriga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
4.Yangi mavzu bayoni
Musobaqa shaklida o'tkaziladigan ushbu darsning tartibi darslikda berilgan. Sinf musobaqada to'rt guruhga bolinishi kerak. Guruhlarga bo'linishni o'qituvchi zinhor o'quvchilar ixtiyoriga berib qo'ymasligi kerak, chunki bir guruhda kuchli o'quvchilar, ikkinchisida kuchsiz, boshqalarida o'rtacha o'qiydiganlar to'planib qolishi mumkin. Unda oldindan musobaqa natijasi aniq bo'lib, o'quvchilarning qiziqishi, in-tilishi susayadi. Shuning uchun o'qituvchi avvaldan kuchlarni teng taqsimlagan. holda guruhlarga bo'lib qo'ygan bo'lishi va buni dars boshlanishida e'lon qilishi lozim.
1-bosqich «Tezyurar» o'yini uchun o'qituvchi har bir bolaga yeta-digan (hatto ortig'i bilan) savollar bankini yozib kelishi kerak. Savol-larni har bir bolaga uning bilimi, saviyasi, fikrlash qobiliyatidan kelib chiqib berish lozim. Har bir o'quvchiga qobiliyatiga qarab, kuchlilar-ga qiyinroq, kuchsizlarga osonroq savollar berish, ya'ni iloji boricha hammaning javob berishiga erishish kerak. Bu o'quvchilar ruhining ko'tarilishiga, faolligining oshishiga olib keladi. Yo'qsa guruhdoshlari ichida yuzi shuvut bo'lib, ruhi cho'kishi mumkin.
2-bosqich topshirig'ini o'quvchilar o'z guruhi bilan birga bajara-dilar. Sinfdagi o'quvchilarning imkoniyatidan kelib chiqib, vaqt bel-gilanadi. Topshiriqni bajarganda gapning ifoda maqsadlari o'zgarib, mazmuni saqlanib qolishiga o'qituvchi asosiy e'tiborni qaratishi kerak. Vaziyatdan kelib chiqib, qo'shimcha vaqt ham berish mumkin.
3-bosqichda xatosini tuzatish lozim bo'lgan gaplarning qiyinlik da-raj asi bir xil bo'lishi kerak. Aks holda qaysidir guruhda norozilik kay-liyati tug'ilishi ehtimoli bo'ladi. Gaplar quyidagicha bo'lishi mumkin:
Xasan bilan sodiq qatiq eshitilgan tovushdan cho'chip tushdilar? To'g'risi: Hasan, Sodiq, qattiq, cho'chib, nuqta (.)
Yurt boshimiz xama bolalar mening farzanlarim demaganmidi. To'g'risi: Yurtboshimiz, hamma, farzandlarim, so'roq belgisi (?)
Balan binodan kata kichik bolalar chiqip keldilar? To'g'risi: Bal-and, katta, chiqib, nuqta (.)
Ex, sobir siz uchin gular olibdi. To'g'risi: Eh, Sobir, uchun,'gullar, undov belgisi (!)
bola uyga berilgan sherni yot oliptimi! To'g'risi: Bola, she'rni, yod, olibdimi, so'roq belgisi (?)
Har bir guruh o'ziga berilgan gapni sinchkovlik bilan o'qib, qaysi so'zda qanday xato borligini topib, tahlil qilib berishi kerak.
To'rtinchi bosqichga har bir guruh o'z vakilini tavsiya etadi. Bu shart savodxonlikni targ'ib qilishning yaxshi usulidir.
Beshinchi bosqichda g'olib guruhning barcha a'zolari, qolgan gu-ruhlarning faol a'zolari «a'lo» baho bilan taqdirlanadi.
Uyga vazifa:
112-mashq. Uyga topshiriq. Berilgan so'zlarni ifoda maqsadiga ko'ra qanday gapning kesimi bo'lishini e'tiborga olib, jadvalga joylashtiring.
Darak gap So'roq gap Buyruq gap Istak gap
Ko’rildi: _________________________10. 10.2016
IBM mudiri:____________ A. Mamataliyev
V “A” “B” “D” sinf Ona tili № 30
Do'stlaringiz bilan baham: |