YANGI DARSNING BAYONI
1-topshiriq. Klub, tank, ayb so'zlarini qatorga sig'may qolsa, keyingi qatorga ko'chirib bo'ladimi?
2-topshiriq. 5"a" -sinf, BMT, D. Komilova so'zlari qatorga sig'may qolganda, qanday ko'chirasiz?
So'zlar qatorga sig'may qolganda bo'g'in ko'chirish qoidalari asosida keyingi qatorga olib o'tiladi.
Birinchi yoki oxirgi bo'g'in bir tovushdan iborat bo'lsa, ular yakka holatda qoldirilmaydi. Keyingi qatorga ibo-li, uka-si, ata-ma tarzida ko'chiriladi.
Sh, ch, ng harflar birikmalari birgalikda ko'chiriladi: pe-shana, Chir-chiq, ko'-ngil kabi.
2005, XXI, 5"b" -sinf, «Navro'z - 2002», BMT kabi so'zlar qatordan qatorga bo'lib ko'chirilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |