MASHQLAR BAJARISH
443-mashq. Daftaringizga avval bir bo'g'inli, so'ngra ikki, uch, to'rt bo'g'inli so'zlarni ko'chirib yozing.
Sholi, qand, jonbaxsh, sinf, jimirlamoq, laylak, amalparast, dard, lazzat, bog', suvsizlik, a'lochi, qoloqlik, jimjimador, hashamatli.
444-mashq. «Davom ettiring» o'yinini tashkil qiling. Sinf taxtasiga yozilgan so'zga nechta bo'g'in qo'shish mumkin? Namuna: sabr-siz-lik-dan.
445-mashq. Avval faqat ochiq bo'g'inli, keyin faqat yopiq bo'g'inli so'zlarni ajrating, farqini tushuntiring.
Latifa, g'alaba, san'at, sardor, qizg'in, kema, hujjat, uka, avj, a'lo.
Do'stlaringiz bilan baham: |