uyga vazifa beriladi.
Ko’rildi: _________________________17. 11.2016
IBM mudiri:____________ A. Mamataliyev
V “A” “B” “D” sinf Ona tili № 58/7
DIALOG VA ULARDA TINISH BELGILARINING ISHLATILISHI
Darsning maqsadi:
Ta'limiy maqsad - dialog haqida ma'lumot berish;
Tarbiyaviy maqsad - zukkolik va bilimdonlikka targ'ib qilish;
Rivojlantiruvchi maqsad - mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Darsning jihozi: dialoglar tushirilgan plakat.
Darsning rejasi:
Dialog haqida ma'lumot.
Dialogda tinish belgisi.
DARSNING BORISHI:
I.Tashkiliy qism:
A)Salomlashish.
B) Davomatni aniqlash.
D) o`quvchilarni darsga tayyorlash
O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH
1. Muallif gapi ko'chirma gapdan oldin kelganda qanday tinish belgilari ishlatiladi? Keyin kelganda-chi?
2. Ko'chirma gapni muallif gapi ichida keltirib misollar tuzing.
3. Muallif gapi ko'chirma gap ichida kelganda, qanday tinish belgilaridan foydalanamiz?
4.Ko'chirma gap so'roq va his-hayajon gap bo'lsa, qanday tinish belgilari ishlatiladi?
III. YANGI MAVZU BAYONI.
1-topshiriq. Ikki kishi o'rtasidagi suhbatni daftaringizga yozing. Qanday tinish belgilari qo'yganingizni ayting.
2-topshiriq. Quyida berilgan suhbatning tinish belgilarini tushuntiring.
-Isming nedur, chirog'im? -Alisher.
-Kimning o'g'lidursen? -G'iyosiddin Kichkinaning.
Ikki kishi o'rtasidagi suhbat dialog sanaladi. Dialogdagi har bir gap tire bilan boshlanadi. Bir kishining nutqi monolog sanaladi.
MASHQLAR BAJARISH
202-mashq. Hikoyani o 'qing. Nuroniy chol va bola o'rtasidagi dialogga diqqat qiling. Unda ishlatilgan tinish belgilariga e'tibor bering.
Nuroniy chol ko'chada o'tirgan yosh bolani ko'rib so'radi:
-Hoy yaxshi bola, oting nima?
-A?-dedi bola anqovlanib.
-Oting nima deyapman!
-A, otimmi?
-Ha, oting!
-A... - o'ylanib qoldi bola.
-Oting anqov ekan!-dedi chol xafa bo'lib.
(Shukur Sa'dulla)
203mashq. «0'quvchi xandasi»ni o'qing. Dialoglar va ularda ishlatilayotgan tinish belgilariga e'tibor bering.
Ona:
-Rustam, devorga nima deb yozyapsan? O'g'il:
-Devorga yozmang, yomon bo'ladi,-deb...
(«Gulxan»dan)
204-mashq. «Uyda», «Kutubxonada», «Ko'chada» kabi mavzularda dialoglar tuzing. Ularning qurilishiga alohida diqqat qiling.
MUSTAHKAMLASH
Savol va topshiriqlar
1. Dialog deganda nimani tushunasiz?
2. Dialogni tashkil etgan har bir gap qanday tinish belgisi bilan boshlanadi?
V. O`quvchilarni baholash:
VI. UYGA VAZIFA:
205-mashq. Uyga topshiriq. «Dadam bilan suhbat» mavzusida dialog tuzib, daftaringizga yozing.
Ko’rildi: _________________________18. 11.2016
IBM mudiri:____________ A. Mamataliyev
V “A” “B” “D” sinf Ona tili № 59/8
Do'stlaringiz bilan baham: |