Darsning borishi.
1. Izohli diktant. Matndan ko'chirma gap va muallif gaplarini aniqlab, undagi tinish belgilarini aytish, muallif gapi ko'chirma gapning qaysi o'rinlarida kelishi izohlanadi.
Matn namunasi:
Yelkasi chiqib, munkillagan qari bobom, hassasini dukillatib, bitta-bitta bosib boradi.
- "Qayoqqa boramiz, buva, Mirahmad buvaning oldigami? yaxshi
ko'raman-da o'rtog'ingizni", - deyman bobomning oldida pildirab.
"Ha, barakalla, bilasan o'zing", - javob beradilar bobom kulimsirab.
"Tez-tez yuring, buva, muncha sekin yurasiz" - deyman to'xtab. Bobom, qotib kuladilar-da oppoq soqollarini silab, deydilar:
- «Qanday qilay, bolam, qarib qoldim, misoli bir quruq daraxtman-
da...» (Oybek).
Izohli diktant matni ko'chma sinf taxtasida oldindan yozib qo'yilgan bo'lishi yoki monitorda namoyish etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |