Yangi mavzu bayoni:
Vatanparvarlik nima? O’z yurtini sevish,unga sadoqat bilan xizmat qilish,uning mustaqilligi,tinchligi va taraqqiyoti yo’lida jism-u jonini safarbar etish,fidoiylik ko’rsatib yashashga aytiladi.
.Najmiddin Kubro haqida nimalarni bilasiz?
Vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalash uchun nima qilmoq kerak? Ko’p o’qish,qishloq va mamlakat hayotida faol ishtirok etish, ma’raka va yig’inlarda qatnashish, odamlar bilan muloqot qilish, ularni o’rganish ham katta ahamiyat kasb etadi. Inson shular orqali o’z yurtini yanada yaxshiroq bilib oladi , unga bo’lgan muhabbati ortadi.
Vatanni qanday farzandlar dunyoga tanitadi?
Vatanni haqiqiy farzandlar dunyoga tanitadi,Vatan tuprog’I shunday jokuyar insonlar tufayli ulug’ va muqaddas bo’ladi.
Prezidentimizning siyosiy faoliyatlariga baho bering? Yurtimizda bugungi kunda mamlakatimiz rahbari sifatida doimo ma’naviy jasorat namunasini ko’rsatib kelayotgan Prezident Islom Karimovning nomini tilga olamiz.Chunki bizning mustaqillikka erishishimizning o’zi ma’naviy jasorat mahsuli bo’lgani kabi istiqlol yillaridagi barcha yutuq va marralarimiz ham ulkan ma’naviy jasorat namunasi. Davlat rahbarining vatanparvarlik fazilatlari xalq uchun, millat uchun nafaqat ibrat maktabi,balki ko’zlagan ezgu maqsadlarga erishishning hal qiluvchi omili hamdir.
Insonda ma’naviy jasorat tuyg’usi bo’ladi,bu tuyg’u insonni nimaga undaydi? Insonni butun vujudini harakatga keltirib, qahramonlikka undaydi.
Vatanparvarlik qaysi tuyg’uni ahglashdan boshlanadi? Vatan tuyg’usini anglashdan boshlanadi. Vatan manfaatlari yo’lida jasorat va qahramonlik ko’rsatib yashashga undaydi.
Vatanimiz sarhadlarini terrorchi guruhlardan himoya qilgan vatandoshlarimiz? Yurtimizda bugungi kunda ming-minglab vatanparvar yoshlar yetishib chiqmoqda. Vatanimiz sarhadlarini terrorchi guruhlardan himoya qilishda mardlik va matonat ko’rsatib, qahramonlarcha halok bo’lgan botir yigitlarning jasorati yoshlarning ajdodlarimizga xos vatanparvarlik an’analarini sadoqat bilan davom ettirayotgani,ona yurt, uning tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi bugungi navqiron avlod uchun ham eng muqaddas qadriyat bo’lib qolayotganini ko’rsatadi. Mahmudjon Jalilov, Alisher Salimov,Boburjon G’aniyev, Sayyor Sa’dinov, G’ofurjon Rajabov, Ma’rufjon Rajabov, Elomon Otajonov, Abduhalim Toshqulov, Yunus Oxunov, Ulug’bek Barnoyev,Doniyor Tojiboyev, Qahramon Madaliyev kabi jangchi va ofitserlarning nomi Vatan himoyasi yo’lida jon bergan qahramon ajdodlarimiz qatoridan joy oldi. Leytenat Bobur G’aniyevning onasi Munavvar opaning Vatan himoyasi yo’lida halok bo’lgan o’g’li haqida aytgan gaplari? “O’g’limning umri zoye ketmadi.Men unga bergan oq sutimdan roziman. Chunki bolam ko’cha-ko’yda bezorilik qilib, birov bilan mushtlashib olamdan o’tgani yo’q . U,Vatanini, xalqini himoyalash yo’lida jonini fido qildi”.
Yangi mavzuni mustahkamlash: Fidoiy bo`lish deganda nimani tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |