Yangi mavzuni mustahkamlash: ,,Aqliy hujum “ o`yini.
1.Chet elga bormoqchi bo’lgan fuqarolar o’zlari bilan birga qaysi hujjatlarini olishadi? Pasportini.
2.Nima uchun aynan pasportni? Insonning fuqaroligini tasdiqlaydigan hijjatdir.
3.Nima uchun biror davlat fuqarosi bo’lish insonga g’urur va iftixor bag’ishlaydi? Odamlarning biror davlat yoki xalqqa mansubligini o’sha davlat himoyasida ekanligini,o’z yurtiga munosib bo’lish majburiyatini bildiradi.
4.Qadimda fuqaro so’zining o’rnida qaysi so’zlar ishlatilgan? Tabaa, raiyat,
5. Ota-bobolarimz o’zlari haqida gap ketganda kamtarlik bilan qaysi so’zlarni ishlatganlar? Faqir-u haqir,faqiringizni afv etgaysiz,faqirlikda,bilmay qolibmiz.
6.Fuqaro so’zi bugungi kunda qanday insonga nisbatan ishlatiladi? Biror bir davlatga mansub bo’lgan,uning hududida o’sib ulg’aygan,qonuniy huquq va burchga , davlat va jamiyat oldidagi mas’uliyatga ega bo’lgan insonni bildiradi.
7.Biz qaysi davlat fuqarosimiz? O’zbekiston.
8.Nima uchun O’zbekiston fuqarosi bo’lish ulkan saodat?
9.O’zbekiston fuqaroligining huquqiy asoslari qaysi qonuniy hujjatlarda belgilangan? Konstitutsiyamiz va Fuqarolik kodeksiga,boshqa qonuniy hujjatlarda.
10.Fuqarolik hissi insonlarga qanday tuyg’ularni shakllantiradi? Vatan farzahdlarini birlashtiradi,ahil-inoq qiladi.
11.Fuqarolik hissini chuqur his qilgan odam nimalarga amal qiladi,qonunlarning har bandiga nimani ko’radi? Mamlakat qonunlariga amal qiladi, qonunlarning har bandiga xalqning irodasini ko’radi.
12. Haqiqiy fuqarolik hissi bilan yashagan odam nimaga also chidab turolmaydi? O’z xalqi va Vataniga qilingan nohaqlikka.
13.Fuqaro so’zi yana qanday ma’noni anglatadi? Vatanning chin farzandi,fidoyi inson.
14.Insoniyat tarixida o’z fuqarolik burchini o’z hayotining ma’no-mazmuni deb bilgan, ona Vatanga munosib bo’lish yo’lida qahramonlik ko’rsatgan zotlarga misol keltiring?
15.Toskentning rus qo’shinlari tomonidan egallanishi?
16.Solihbek dodho va uning tarafdorlari qalbida qanday tuyg’u bor ediki , qattiq jazo ham bu tuyg’uni so’ndirolmadi? Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’usi.
17. Orlean qizi Janna D’Ark haqida nimalarni bildingiz?
18.Jannani jasorati qaysi momomiz qahramonligiga o’xshab ketadi? To’maris.
19.Millati, tili va dinidan qat’iy nazar, dunyodagi barcha insonlarga xos hois? Fuqarolik hissi.
20. Fuqarolik hissi qanday harakat qilishni, qaysi manfaatlarni uyg’unlashtirishni taqozo etadi? Ongli va faol harakat qilishni,shaxsiy manfaatlarini Vatan va xalq manfaatlari bilan uyg’unlashtirishni.
21.Fuqarolik hissiga ega bo’lgan inson nimaga befarq bo’lolmaydi? O’z mahallasi,qishlog’I,mamlakat taqdiriga befarq bo’lolmaydi.
22.Prezidentimiz ushbu so’zlarni kimlarga nisbatan aytgan? ”Elim deb,Yurtim deb yonib yashamoq kerak”.
23.Fuqarolik qanday munosabatlarni tartibga soladi? Jamiyat va inson o’rtasidagi munosabatlarni.
24.Davlatning fuqarolar oldidagi majburiyati? Fuqarolarning haq-huquqlari,hayotining daxlsizligini ta’minlaydi.
25.Fuqarolarning davlat oldidagi majburiyatlari? Davlatga xizmat qilish,uning mustaqilligi,moddiy va ma’naviy boyliklarini himoya qilish bo’yicha tegishli majburiyatlarga ega bo’ladi.
26.Qanday fuqaroni ongli fuqaro deymiz? Nafaqat o’z manfaati,yoki o’zi mansub bo’lgan guruh,toifa manfaatini,balki xalq va Vatan manfaatini ko’zlab yashaydigan fuqaro.
27.Biz qanaqa davlat va jamiyat qurmoqdamiz?
28.Huquqiy davlat,demokratik jamiyat qanday fuqaroga tayanadi? Ongli fuqaroga.
29.Ongli fuqaro qanday harakat qiladi? O’z kuchi va imkoniyatiga tayanib.
30.Ongli fuqaro bo’lish uchun nima qilmoq kerak? Yoshlikdan ko’p o’qishi,irodasini tarbiyalab borishi.
31. Irodasini tarbiyalab borish deganda nimani tushunasiz? His tuyg’ulari va orzu-intilishlarini aniq bir maqsadga yo’naltirib,otkinchi istak va mayllarni yengib,ruhini va vujudini chiniqtirib borishdan iborat.Buning uchun doimiy mashq qilish,ko’p o’qib-izlanish,qiyinchiliklardan cho’chimaslik,ularni sabr-toqat bilan yengib borish lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |