O’tilgan mavzuni yodga olish: .
1.Qadriyat deb nimaga aytiladi?
2.Milliy qadriyat deganda nimani tushunasiz?
3.Umumbashariy qadriyat qanday sharoitda rivojlanadi?
4.Siz ko’proq qaysi milliy qadriyatlarni yoqtirasiz?
5.”Navro’z”bayrami va uning tarixi haqida nimalarni bilasiz?
Yangi mavzu bayoni:
Fuqarolik huquqiy jihatdan biror davlatga mansublikni bildiradi. Biz -O’zbekiston fuqarosimiz deganimizda har safar qalbimiz quvonchga to’ladi. O’zbekiston fuqaroligining huquqiy asoslari mamlakatimiz Konstitutsiyasida, Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida belgilab berilgan.Fuqarolik hissi Vatan farzandlarini birlashtiradi,ahil va inoq qiladi. Fuqaro so’zi Vatanning chin farzandi,fidoyi inson kabi ma’nolarni anglatadi.Fuqarolik hissi bilan yashash hamisha ongli va faol harakat qilishni, shaxsiy manfaatlarni Vatan va xalq manfaatlari bilan uyg’unlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |