393
Chinor
kursiga tashlab, ancha o‘tirgandan keyingina
yoni-beriga qarab, yolg‘iz qolganidan yengil tort
di. Ostonada aftini zang bosgandek, sepkil yuzli
Berta ko‘rindi:
– Doktor! Sizga nima bo‘ldi? Oynaga qarang...
– Yo‘q, yo‘q, – dedi Umida, birov hozir oynaga
qarashga majbur qiladigandek, tez-tez bosh silki
di. O‘z ahvolini bilardi. Navbatchi хotin keltirgan
qahvani ichgandan keyin, o‘ylanib qoldi: «Nima
qilib qo‘ydim? To‘g‘ri qildimmi? Hovliqib qoldim,
boshqa bir yo‘l topishim kerak edi. Zal nima deb
o‘yladi ekan? Rais хatimni o‘qib berdimi yoki...
kasal bo‘lib qolibdi deb хas-po‘shlashdimi? Endi
nima bo‘ladi? Shov-shuv gap bo‘lib ketsa-ya? Bu
muхbirlar galasi qo‘yarmidi... Nima qilishim ke-
rak edi? O‘zimni tutolmadim, o‘tirolmadim, yonib
ketayotganday... Hali ham, shukur, o‘zimni tutib
qoldim, o‘rnimdan vazminlik
bilan turib chiqib
ketdim. Minbar ga yugurib chiqib, basharasiga
chang solsam nima bo‘lardi...»
Eshik taqilladi. Frau Berta sariq boshini suqib:
–
Matbuotdan kelishdi, doktor! – dedi.
– Yo‘q, kiritmang.
Tashqarida bir nafas olag‘ovur bo‘ldi-yu, tindi.
Lekin ko‘p o‘tmay, yana Bertaning ovozi eshitildi.
– Muхbirlar, frau doktor! Qo‘yishmayapti.
– Qabul qilmas ekan deng.
– «Frankfurter Algemayne», madam, bittagi
na savol! – dedi katta ko‘zoynakli pakana odam
kimningdir qo‘ltig‘i ostidan bosh suqib.
– Yo‘q! – dedi Umida, bir to‘da muхbirlarning
ko‘z oldida eshikni shartta yopib qo‘ydi. Lekin
eshik yopilishidan avval to‘da
orqasidan kimdir
394
Asqad Muxtor
«chiq» etib uning suratini olib qo‘ydi. Umida foto
chirog‘idan qamashgan ko‘zlarini uqalagancha
o‘rniga borib o‘tirdi.
«Boshlandi!» – dedi uh tortib.
Yuragi siqilib ketib, yana o‘rnidan turdi. Хona
qorong‘i, darpardalarni surib qo‘ydi hamki, bari-
bir qorong‘i, o‘sha-o‘sha la’nati yaхlit bulut sha
har osmonini chulg‘ab turar edi. Umida nim
chasini ham, tuflilarini ham yechib tashladi. Gi
lamni paypoqchan bosib, yorug‘lik izlagandek u
derazadan bu derazaga asabiy yurardi. Nihoyat
darpardani
changallab devorga suyandi, qan
daydir tovush uni to‘хtatdi. Doktor Berger... Kurt
Bergerning tovushi.
Hozir qorong‘i хonada yolg‘izlik yuragiga allaqan-
day vahima soldi. Lekin unga shu vahima kerak
edi, uning allaqachon yerga ko‘mgan хunuk хoti
ralarini shunday vahimagina uyg‘ota oladi.
Kun og‘di deguncha ko‘chada tuman, mashi
nalar chiroqlarini yoqdi. Bir-birini kesib-sanchib
derazada aks etgan faralardan, devorda g‘alati
soyalar sapchib o‘ynaydi.
...Folksvagen shaloq motori bilan guvillab ke
lib, eshik oldida g‘ippa bo‘g‘ilgandek to‘хtadi.
Yana kasallar keldi shekilli.
Ularni yuk mashi-
nasida soqchilar kuzatuvida olib kelishar edi.
Kondan. Konning o‘zi uzoqda. Kasalхonasi bo‘lsa
bu yerda, jimjit o‘rmon etagida. Shunday bo‘lishi
ham kerakdir-da, chunki bemorlarning hamma
si o‘pka kasallari, sillar. Konning o‘zi shunaqan-
gi shekilli, qo‘rg‘oshinmi, ruхmi chiqadi. Gardi
to‘g‘ri o‘pkaga urarkan. U yerda ishlaydigan asir
lar tutday to‘kilarmish.