Byudjet tashkilotlari va
byudjet mablag‘lari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish,
tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalar
” ga (O‘z.R AV. tomonidan
2018 yil 15 fevralda № 2971-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) asosan buxgalteriya
hisobotlari tuzilmoqda.
1.4. Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishda byudjet nazoratining o‘rni va
ahamiyati
Davlat moliyaviy nazorati byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining moliyaviy
nazorat obyektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga
oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorati:
respublika darajasida — O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining, davlat
maqsadli
jamg‘armalari
byudjetlarining
va
respublika
byudjetidan
moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg‘armalarining
shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan;
mahalliy darajada — Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
byudjetidan,
viloyatlar
va
Toshkent
shahar
mahalliy
byudjetlaridan
moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg‘armalarining
shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi.
14
Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat moliyaviy
nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish
yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi.
Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishga:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining;
davlat moliyaviy nazorat organiga byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi
faktlari to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushgan hollarda davlat moliyaviy nazorat
organlari rahbarlarining qarorlari asosida yo‘l qo‘yiladi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari: O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi,
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar
davlat moliyaviy nazorat organlaridir.
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining daromadlari
qismi bo‘yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida davlat soliq
xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorati printsiplari. Davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazishning
qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek davlat moliyaviy nazorati natijalarining
ishonchliligi va xolisligi davlat moliyaviy nazoratining printsiplaridir.
Byudjet ijrosi jarayoni xaqida axborotlar Byudjet hisobini tashkil qilish va yuritish
orqali shakllantiriladi. Bunda, belgilangan Byudjet tasnifi bo‘yicha Byudjet
daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar amalga oshiriladi. Byudjet hisobini alohida
xususiyatlaridan biri – Byudjet ijrosini to‘g‘ri tashkil etish, moliya Byudjet
intizomiga rioya qilish va nazorat funksiyasini amalga oshirilishidir.
Byudjet hisobi va nazoratini tashkil qilishning bir qator o‘ziga xos hususiyatlari
mavjud. Bular, avvalo, byudjet tashkilotining mulkchilik asosiga, davlat byudjetini
tuzish va ijro etish printsiplariga va boshqa bir qator omillarga bevosita bog‘liqdir.
Mazkur asosiy omillarni sxematik ko‘rinishda quyidagicha keltirishimiz mumkin (3-
chizma):
15
Do'stlaringiz bilan baham: |