“
BYUDJET HISOBI VA
NAZORATI
”
fanidan
MA`RUZA MATNI
2
I-MODUL. BYUDJET HISOBI VA NAZORATINING NAZARIY ASOSLARI
1-BOB. “BYUDJET HISOBI VA NAZORATI” FANIGA KIRISH. FANNING
MAZMUNI, PREDMETI VA USULLARI
REJA:
1. Byudjet hisobi va nazoratini tashkil qilishning maqsadi va vazifalari.
2. Byudjet hisobi va nazorati” fanining predmeti va usullari.
3. O‘zbekiston Respublikasida byudjet hisobi va nazoratini tashkil etish
va yuritish.
4. Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishda byudjet nazoratining o‘rni va
ahamiyati.
5. Byudjet nazoratining shakllari, turlari va usullari hamda nazorat
organlarining vakolatlari.
1.1.
Byudjet hisobi
va nazoratini tashkil qilishning maqsadi va vazifalari
Byudjet hisobi
va nazorati
-byudjet tizimi byudjetlarini ijro etishda hisobga
olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur
aktivlar va majburiyatlarni o‘zgartiruvchi operatsiyalarning holati to‘g‘risidagi
axborotni to‘plash, ro‘yxatdan o‘tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan
tizimidir.
Byudjet hisobi va nazoratini yuritishdan
maqsad
foydalanuvchilarga byudjet ijrosi
jarayoni bo‘yicha to‘liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni
shakllantirib berishdan iborat.
“Byudjet hisobi va nazorati” fanini o’qitishning maqsadi - talabalarga byudjet
tizimi byudjetlarida hisobni tashkil etish haqida nazariy bilimlar berish, ularda
mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning bugungi bosqichida
O’zbekiston Respublikasida byudjet sohasidagi siyosatining asosiy yo’nalishlari
va ularni hayotga tadbiq etish yo’llari hamda byudjet mablag’laridan samarali
foydalanish bo’yicha nazoratni tashkil etish borasida asosiy ko’nikmalarni hosil
qilishdan iborat.
3
Byudjet ijrosi jarayonida nazoratning maqsadi – Byudjet ijrosini amalga oshirish va
natijalarini shakllantirishni xaqqoniyligini aniqlash va tahliliy axborotlarni
shakllantirishdan iborat bo‘lib quyidagi vazfilarni o‘z ichiga oladi:
1.
Byudjet daromadlari va xarajatlarining rejalashtirilishi hamda uning
ma’lumotlari xaqqoniyligini aniqlash;
2.
Byudjet
ijrosi
jarayonida
muomalalarni
to‘liq
va
to‘g‘ri
xujjatlashtirilishini aniqlash;
3.
Davlat maqsadli jamg‘armalari Byudjeti daromadlari va xarajtlarini
rejalashtirish hamda uni ma’lumotlarini xaqqoniyligini aniqlash
4.
Byudjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisob hisobvaraqlarini yuritilish
holati va haraktini to‘g‘riligini aniqlash;
5.
Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga
oshirilishi va natijalarni shakllantirilishi to‘g‘riligini tekshirish;
6.
Mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy
natijalar to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirilishini tekshirish;
7.
Byudjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini to‘g‘ri
umumlashtirilishi va hisobtlarni xaqqoniyligini tekshirish;
8.
Tekshiruv natijalarini umumlashtirish.
Oksford lug‘atida keltirilishicha, Byudjet – ma’lum davr uchun daromad va
xarajatni hisoblash degan ma’noni anglatadi: Moliya Vaziri tomonidan yillik
daromad va xarajatlarni muntazam baholash ya'ni oldinga qo‘yilgan maqsadga
Byudjet so’zi 15-asrlarda paydo bo’lgan bo’lib, O’rta asrlardagi Fransuz
tilidan “bougette”, qadimgi fransuz tilidagi “bouje”, ya’ni “charm sumka,
hamyon, kichik charm sumka”, lotin tilidagi “bulga” so’zidan olingan bo’lib,
“charm sumka” degan ma’nolarni anglatadi. Zamonaviy moliyaviy ma’nosi
(1973) g’aznachilik vaziri fiskal rejalarini o’zining hamyonida saqlashi degan
tushunchani beradi. Boshqa ma'nosi 18-asrda “yangiliklar shodasi” bo’lib
ko’chdi, shu sababdan bu so’zni ishlatish ayrim gazetalar uchun sarlavha
sifatida ishlatilgan.
4
muvofiq kerakli pul mablag‘ini anglatadi. Merrayam-Vebster lug‘atiga ko‘ra,
Byudjet qanday qilib sarflanishi rejalashtirilganligiga bog‘liq holda sarflanishga
qodir bo‘lgan pul mablag‘i miqdoridir ya'ni, pul miqdorini qancha sarflanishi
mumkinligini va kelajakda qancha sarflanishidir. Bu hukumat tomonidan
belgilangan davr ichida qancha sarflanishi rejalashtirilganligi va xarajatlar uchun
qancha to‘lanishi haqidagi rasmiy ma’lumot. Rene Stourmning fikriga ko‘ra:
“Byudjet – davlatning yillik tushumi va xarajatlarini prognoz qiladi va
tasdiqlaydi”
1
.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va xududiy moliya organlari yuqoridagi
vaziflarni amalga oshirish chog‘ida davlat Byudjetining ijrosini nazorat qiladi va
quyidagilarga e’tibor qaratadi:
1.
Byudjetlar ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqadi;
2.
Byudjetlarga mablag‘lar tushumi to‘g‘risida soliq va bojxona
organlaridan, davlat maqsadli jamg‘armalari organlaridan axborotlar oladi;
3.
Byudjet tashkilotlaridan Byudjet va Byudjetdan tashqari mablag‘larning
tushumi va sarflanishi to‘g‘risida ma’lumotlar talab qilib oladi;
4.
Qonun xujjatlariga muvofiq banklardan Byudjet mablag‘lari harakati
to‘g‘risida ma’lumotlar oladi;
5.
Byudjet mablag‘larini oluvchilarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini
auditdan o‘tkazadi.
Keltirilgan vazifalarni bajarilishi umumiy maqsad, ya’ni Byudjet ijrosi jarayoni
ustidan nazoratni ta’minlab beradi. Tekshirish tasdiqlangan dasturga muvofiq
amalga oshiriladi. Tekshirishlarni o‘tkazishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
-
smeta-moliya hujjatlarini, bunda Byudjet mablag‘laridan qonunchilikka va
Byudjet mablag‘larining tejamli yo‘naltirilishiga qat’iy rioya etilishiga erishgan
holda, chuqur tahlil qilishni va har tomonlama o‘rganishni amalga oshirish;
-
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari,
idoralari, hokimiyatlarning tegishli boshqarmalari va bo‘limlarida xarajatlar
1
Makarand A.Paithankar. Public Budgeting theory and practice, CreateSpace USA, 2016.
p.2
5
smetasini ko‘rib chiqish, tasdiqlash va o‘z vaqtida tashkilotlarga etkazish bo‘yicha
ishlarni to‘g‘ri tashkillashtirishga erishish;
-
daromadlarning to‘liq hisobi, pul mablag‘larining o‘tuvchi qoldiqlari, bu
mablag‘lardan tejamli va samarali foydalanishni inobatga olgan holda, Byudjetdan
tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasining tuzilishining
qonuniyligi va rejalashtirishning asoslanganligini e’tiborga olish;
-
smetani rejalashtirishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda tezkor
holda chora-tadbirlarni qo‘llash, smeta xarajatlari bo‘yicha aniqlangan ortiqcha
ajratilgan mablag‘lar summasini bu haqda tashkilot rahbariga xabar bergan holda
o‘z vaqtida Byudjetdan moliyalashtirish miqdorini qisqartirish.
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari va idoralari,
hokimiyatning boshqarmalari va bo‘limlarida smetani rejalashtirish holatini
tekshirish natijalari bo‘yicha zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, tegishli
hokimiyatlarga axborot berilishi, qoida buzilishlarni yo‘qotish bo‘yicha takliflar
berilishi va aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag‘lar summasini xarajatlar smetasi
bo‘yicha tayinlash kamaytirilishi mumkin.
Tashkilotlarning smeta xarajatlarining to‘g‘ri tuzilishi, tasdiqlanishi va o‘z vaqtida
etkazilishi bo‘yicha tekshirish natijalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
va hududiy moliya organlarida muntazam umumlashtiradi va ko‘rib chiqiladi hamda
ushbu ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |