Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo‘ladiki, korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan, bir qator omillar ishlab chiqarish o‘rtacha xarajatlarining pasayishiga ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Bu omillar quyidagilar: 1) mehnatning ixtisoslashuvi; 2) boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi; 3) kapitaldan samarali foydalanish; 4) qo‘shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi. Quyida bu omillarning har biriga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Ishlab chiqarish miqyosining o‘sishidan doimiy ravishda olinuvchi samara.Ba’zi
hollarda ijobiy miqyos samarasi ta’siri barham topuvchi ishlab chiqarish hajmi bilan salbiy miqyos samarasi kuchga kiruvchi ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi tafovut juda ahamiyatli bo‘lishi mumkin. Bu ikkala chegara orasidagi maydonda barcha resurslarning
10%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining ham mutanosib ravishda 10%ga ko‘payishiga olib keladi.
3. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi
Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga
qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi.
Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi.
Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi.
Tannarx – bu mahsulotning har bir birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir.
Iqtisodiy foyda va buxgalteriya foydasini o‘zaro farqlash lozim.
Iqtisodiy foyda umumiy pul tushumidan barcha ichki va tashqi xarajatlar, shuningdek, me’yordagi foydani chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan
ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
-
Buxgalteriya atamasi bo‘yicha
=
Buxgalteriya foydasi
Umumiy pul tushumi
Tashqi xarajatlar
-
-
Iqtisodiy atama bo‘yicha
-
Iqtisodiy =
foyda
Umumiy pul tushumi
Tashqi xarajatlar
Ichki xarajatlar
Me’yordagi foyda
Korxona umumiy pul tushumi tarkibidagi iqtisodiy va buxgalteriya foydasining farqlanishi
Korxona foydasining mutlaq miqdori uning massasini tashkil qiladi.Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
2. Ichki va tashqi xarajatlar o‘rtasidagi farq nimadan iboratligini misol orqali tushuntiring.
3. O‘rtacha doimiy, o‘zgaruvchi va umumiy xarajatlarning mazmuni hamda ularning ahamiyatini tushuntirib bering.
4. Foydaning mazmuni va manbaini tushuntiring.
5. Iqtisodiy foyda va buxgalteriya foydasining farqi nimada? Ularning shakllanish tartibini tushuntirib bering.
6. YAlpi foydaning taqsimlanish tartibini tushuntirib bering. Mulkchilik va
xo‘jalik yuritish ta’sir ko‘rsatadi?
6 MAVZU:MUKAMMAL BOZOR VA MONOPOLIYA.MANOPOLISTIK RAQOBAT VA OLIGOPOLIYA
Reja:
1. Monopolistik raqobat va oligopoliya mohiyati, shakllari va usullari
2. Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari
3. Oligopoliya sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari
1. Monopolistik raqobat va oligopoliya mohiyati, shakllari va usullari
Monopolistik raqobat o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‘nlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo‘yicha farqlantirish orqali uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.
Oligopoliya – tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning mavjud bo‘lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisi bo‘lib, qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin. Ko‘pchilik sanoat mahsulotlari – po‘lat, mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshin, temir va shu kabilar fizik ma’noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. Iste’mol tovarlari – avtomobillar, kir yuvish vositalari, sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi.
Oligopoliya sharoitida korxonalar o‘rtasidagi raqobat o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma o‘zining narx siyosatini mustaqil o‘zgartirishga botina olmaydi.
Biz qarab chiqqan raqobatning to‘rtta shaklining har biri milliy iqtisodiyotda
alohida-alohida, ya’ni sof holda uchramaydi. Iqtisodiyot sohalarini batafsil o‘rganish,
cheksiz ko‘p har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita bir xil tarmoqni topish qiyinligini ko‘rsatadi. Hozirda turli darajadagi monopolistik tuzilmalar rivojlanib borishi bilan ular o‘rtasidagi raqobatning shakllari ham turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib bormoqda. Jumladan, turli monopollashuv darajasidagi tuzilmalar o‘rtasida mavjud bo‘lishiga ko‘ra quyidagi raqobat turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) monopollashmagan korxonalar o‘rtasidagi raqobat;
2) monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat;
3) turli monopoliyalar o‘rtasidagi raqobat;
4) monopolistik birlashmalar ichidagi raqobat.
SHuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda g‘irrom va halol raqobatlashuv usullari ham ajratib ko‘rsatiladi. Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro‘siga putur etkazish va h.k.) usullaridan foydalanish g‘irrom raqobat deb yuritiladi. G‘irrom raqobat orqali firmalar o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Banklarni, moddiy resurs ta’minotchilarini kredit va materiallar etkazib berishdan voz kechishga majburlash, etakchi mutaxassislarni og‘dirib olish, narxni keskin pasaytirish g‘irrom raqobatning oddiy usullaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |